1-мавзу: доривор ўсимликларни ўрганиш


Download 1.16 Mb.
bet14/49
Sana07.01.2023
Hajmi1.16 Mb.
#1082607
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   49
Bog'liq
2 5328174902287537448

Efir moylari о‘simliklarning hamma organlarida tо‘planadigan bir qancha moddalarning murakkab birikmasidan tashkil topgan, genetik jihatdan о‘zaro uzviy bog‘langan organik moddalar yig‘indisidir. Efir moylarining komponentlariga uglevodorod, spirt, aldegid, keton, fenol, lakton, efir, xinon, kislota, azotli birikmalar va bir qancha moddalar kiradi. Tibbiyotda efir moylaridan turli xastaliklarni davolashda qо‘llaniladigan dori-darmonlar ishlab chiqariladi. Bu dori-darmonlar og‘riqni qoldirish, asab sistemasini tinchlantirish, oshqozon-ichak faoliyatini yaxshilash xususiyatiga ega. Efir moylari atir-upa, farmatsevtika hamda oziq-ovqat sanoati tarmoqlari uchun asosiy xomashyo manbai hisoblanadi.
Fitonsidlar о‘simlik organlarida tо‘planib, mikroorganizmlarni qirib tashlash xususiyatiga ega bо‘lgan murakkab tuzilishdagi organik moddalardan hisoblanadi. Bu moddalarni о‘simlik antibiotigi yoki fitonsidi deyiladi. Fitonsidlar alkaloid, efir moyi, antotsian kо‘rinishlarida bо‘lishi mumkin. О‘simliklardan ayrim fitonsidlar toza holda ajratib olingan. Masalan, allitsin fitonsidi sarimsoqdan ajratib olingan bо‘lib, allin aminokislotalaridan tashkil topgan. U bakteritsidlik xususiyatiga ega. Fitonsidlar bakteriyalarni qirib tashlaydi va о‘sishi hamda kо‘payishi oldini oladi. О‘simliklardan olingan fitonsidlar tibbiyotda antibiotiklar sifatida ishlatiladi. Ayniqsa yuqumli kasalliklarni davolashda qо‘llaniladi.
Kraxmal polisaxaridlarga mansub bо‘lib, murakkab tuzilishga ega. U organizmni tetiklashtiradi hamda quvvatini oshiradi. Tirik organizmda undan glyukoza hosil bо‘ladi. Kraxmaldan tibbiyotda oshqozon-ichak hamda teri kasalliklarini davolashda qо‘llaniladigan dori-darmonlar tayyorlanadi. Shuningdek, kraxmal sanoatda, uy-rо‘zg‘or ishlarida keng kо‘lamda ishlatiladi.
Polisaxaridlar о‘simliklarning barcha organlarida, ayniqsa meva, tugunak, ildiz hamda piyozlarida kо‘p bо‘ladi. Polisaxaridlar murakkab tuzilishga ega bо‘lib, uglevodlar yig‘indisidan tashkil topadi. Ular kundalik ehtiyoj uchun zarur bо‘lgan moddalardan biri hisoblanadi.
Alkaloidlar о‘simliklarning turli organlarida tо‘planadigan azot saqlovchi va ishqor xususiyatiga ega bо‘lgan juda murakkab organik birikmalardan tashkil topgan moddalardir. Bu moddalar о‘ziga xos fiziologik ta’sirchanlik xususiyatiga ega. Alkaloidlardan morfin, papaverin, xinin, kofein, kodein kabi turli xil dori-darmonlar ishlab chiqariladi. Ular tibbiyotda turli xastaliklarni davolashda keng kо‘lamda qо‘llaniladi.

Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling