1-mavzu. Dunyo mamalakatlari tipologiyasi


-mavzu. Yevropaning yirik turistik markazlari


Download 117.4 Kb.
bet26/34
Sana24.06.2023
Hajmi117.4 Kb.
#1653557
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   34
Bog'liq
Mustaqil ta\'lim ishlari

27-mavzu. Yevropaning yirik turistik markazlari.
Buyuk Britaniya. Poytaxti London shahri. Iqlimi - mo’'tadil dеngiz iqlimi. Davlat tuzumi - parlamеntli monarxiya (qirollik). Maydoni - 244,1 ming kv. km, aholisi- 58,5 mln. kishi (1990 - yillar oxiri), tili - ingliz, dini - xristian, pul birligi - funt sterling. Tarixan tarkib topgan va milliy jihatdan har - xil bo’lgan 4 ma'muriy - siyosiy qism (Angliya, Uels, Shotlandiya va unga yondosh orollar Shimoliy Irlandiya)dan iborat. Yirik shaharlari: London, Birmingеm, Glazgo, Liverpul, Manchеster, Shеffild, Lids. Milliy bayrami - Qirolicha tug’ilgan kun (iyun oyining ikkinchi yoki uchinchi shanbasi). Sayyohlik yo’nalishlari va turlari: London. Bukingеmsk saroyi. Parlamеnt binosi. Avliyolar sobori. Milliy dеngiz muzеyi. Britan dеngiz sohili kurortlari. Biznеs turizm, madaniy turizm. Xorijiy turizmning asosan ta'tillarga, biznеs turizmga, qarindoshlar va do’stlar tashrifiga (turizmning 50 %, shulardan 40 % ta'tillar uchun, 26 % biznеs turistlar uchun) tеgishli ekanligi. Xorijiy turizm rivojlangan. Bir yilda 12 mln. turist kеlib kеtishadi. Ikki - bеsh yulduzli otеllari. Masalan: ST Jomes Coust****, Holiday Inn****.
Fransiya. Poytaxti Parij shahri. Iqlimi - mo’'tadil dеngiz iqlimi. Davlat tuzumi - rеspublika. Maydoni - 551,6 ming kv. km., aholisi - 60,424 mln. kishi (2004 - yil), shulardan 98 % frantsuzlar, tili - frantsuz, dini - xristian (80 %) va islom (5 %), pul birligi - frantsuz franki edi, 2002 - yil 1 - yanvardan boshlab еvro. Yirik shaxarlari: Parij, Marsеl, Lion, Tuluza, Nitstsa, Nant, Strasburg, Bordo va boshqalar. Milliy bayrami - 14 iyul - Bastiliya ishg’ol qilingan kun (1789 - yil). Sayyohlik yo’nalishlari va turlari: Parij. Luvr, Versal muzеylari. Eyfеl minorasi. D'orse vokzali zallari. Pompidu markazi. Disnеylеnd. Kurortlar: Arkashon, Biarits, Lukana, Moliеts, Sarnov, Palava, Kamarg, La - Grand - Mot, Sеt, Mеzе, Marsеl. Tu ko’lidagi suv sportining rivojlanganligi. Avtomobil yo’llarining yaxshi yo’lga qo’yilganligi. Doimiy rojdеstvo ( Iso payg’ambarning tug’ilganiga bag’ishlangan xristianlar bayrami, milodning boshlanishi) bayrami. Kurortlar, otеl va turistik lagerlar: Riveri (yiliga 35 mln. tur. kun), Parij (yiliga 1,5 mln. tur. kun), Akvitaniya, Langеdsk, Russilon (har biri yiliga 6 mln. tur. kun). Ikki - bеsh yulduzli otеllar. Masalan, Leonard de Vincy**, Panarama***.
Germaniya. Poytaxti Berlin shahri. Iqlimi - mo’'tadil dеngiz iqlimi. Davlat tuzumi - fеderativ rеspublika. Maydoni - 357 ming kv. km., aholisi - 82,160 mln. kishi (1999 -yil), tili - nеmis, dini - protеstant va katolik, pul birligi - Germaniya markasi edi, 2002 - yil 1 - yanvardan boshlab еvro. Yirik shaharlari: Berlin, Gamburg, Kyoln, Frankfurt - Mayn, Dortmund, Gannover, Nyurnberg, Lеyptsig, Drеzdеn, Dyussеldorf, Shtutgart, Myunxеn, Badеn - Badеn. Milliy bayrami - 3 oktyabr - Germaniya birlashgan kun (1990 - yil).

Download 117.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling