1-mavzu. Dunyo mamalakatlari tipologiyasi


-mavzu. Eng kam rivojlangan mamlakatlar va ularning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini faollashtirish imkoniyatlari


Download 117.4 Kb.
bet24/34
Sana24.06.2023
Hajmi117.4 Kb.
#1653557
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   34
Bog'liq
Mustaqil ta\'lim ishlari

24-mavzu. Eng kam rivojlangan mamlakatlar va ularning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini faollashtirish imkoniyatlari.

25-mavzu. Turkiyaning iqtisodiy-geografik o‘rni, tabiiy resurslari, aholisi va xo‘jaligi.


Turkiya hududi dunyoning ikki qismida: Yevropa va Osiyoda joylashgan mamlakatlardan biri hisoblanadi. Uning asosiy qismi Anatoliya (hamma maydonning 97%) Osiyoda joylash­gan, shuning uchun Turkiya odatda Yaqin va O‘rta Sharq mamlakatlari guruhiga kiritiladi. Yevropa qismi-bu eng cheka Bo‘lqon yarimorolining janubiy-sharqida joylashgan (3%). Turkiyaning geografik o‘rni Yevropani Osiyo bilan Qora dengiz bo‘yi mamlakatlarini O‘rta dengiz bilan birlashtiruvchi muhim chorrahalar yo‘lida joylashganligi bilan xarakterlanadi. Marmar dengizi, Bosfor va Dardanell bo‘g‘ozlarini Qora dengizni Dunyo okeani bilan bo‘g‘lovchi muhim xalqaro yo‘l hisoblanadi. Turkiya orqali Yevropani Osiyoning ko‘pgina mamlakatlari bilan birlashtiruvchi temir yo‘l va shasse magistrali o‘tadi. Turkiya shimolda Qora dengiz suvlari bilan, g‘arbda Egey dengizi, janubda O‘rta dengiz suvlari bilan yuvulib turadi. O‘zining konfigu­rat­siyasiga ko‘ra kenglik yo‘nalishda cho‘zilgan to‘g‘ri to‘rtburchakni esla­tadi. G‘arbdan sharqqa uzunligi 1600 km, shimoldan janubga 550 km, janubda Suriya (chegara uzunligi 822 km) va Iroq bilan (331 km), sharqda Eron bilan (449 km), shimoliy-sharqda Armaniston(268 km), Gruziya (252 km) va Ozarbayjon (Naxachivan oblasti- 9 km) bilan, shimoliy- g‘arbda Bolgariya (240 km) va Gretsiya (206 km) bilan chegaradosh. Chegara­sining umumiy uzunligi 2627 km, sohilbo‘yi uzunligi 7200 km, mamla­katning umumiy maydoni 779,452 km2 (quruqlik maydoni -770760 km2). Turkiya Respublikasining poytaxti – Ankara. U NATO a’zosi. Turkiya to‘g‘li mamlakat. Ularning dengiz sathidan o‘rtacha balandligi 1000 m. Uni maydonining katta qismini Anatoliya yassi tog‘ligi tashkil qiladi, shimolda Pontiya tog‘lari, janubda esa Tavr tog‘lari ko‘tarilib boradi. Bu esa uni dehqon­chilik qilish imkonini cheklaydi.
Pontiya tog‘ligi 1000 km masofada Qora dengiz sohiliga parallel cho‘zilgan. Sharqda ular Kavkaz chegaralarigacha, g‘arbda Sakarya dar­yosi tekisligiga yetib boradi. Pontiya tog‘lari uzliksiz zanjir hosil qilmaydi va u chuqur tog‘ oralig‘i vodiylari bilan yoki sohilbo‘yiga parallel cho‘­zilgan bir qancha botiqlar zanjiri bilan ajraladi.
Shimolda Pontiya tog‘lari Qora dengiz tomon pasayib boradi, 5-10 km li tor sohilbo‘yi palasasi qoldiradi. Faqat Qizil Irmak, Yashil-Irmak va Sakarya daryolari bo‘yida sohilbo‘yi tekisligi 50-60 km gacha kengayadi.
Pontiya to‘g‘larining o‘rtacha balandligi 2500 m, tog‘ tizmasining sharqiy qismida balandlik ortib boradi. (Kachkar tog‘i 3937 metr) yon bag‘irlari juda tik, ochiq vodiylarning yo‘qligi bu tog‘larda yurushini qiyin­lashtiradi. Pontiya tog‘lari g‘arbga tomon passayib boradi. 900 metrgacha, maksimal balandlik 2000 metrdan oshmaydi.
Janubda O‘rta dengiz sohilbo‘yida murakkab tog‘ tizmasi Tavr cho‘zilgan. U uch qismga bo‘linadi: G‘arbiy, Markaziy, Sharqiy Tavr.
G‘arbiy Tavr –tog‘ tizmasi Anatolya pasttekisligi va ko‘rfazi tomon pasayadi. Eng baland tog‘ tizmasi (Bedag 3086 m, Elmali 3073 m) chuqur vodiylar bilan ajralgan. G‘arbiy Tavr tizmalari orasida, asosan uning shimolida bu rayonga “Turkiya ko‘llar mamlakati” nomini beruvchi ko‘llar va chuqur botiqlar guruhi joylashgan (chuchuk ko‘llar: Beyshexer, Egridir, Sugla; tuzli ko‘llar: Adjigel, Akshexir; Isparta botig‘i va boshqalar).
Markaziy Tavr bir muncha balandligi bilan va relyefining alp tipi bilan ajralib turadi. Bu yerdagi tizmalarning balandligi 3000 metrdan oshadi. G‘arbda va janubi-g‘arbda markaziy Tavr O‘rta dengiz sohiliga yaqin keladi, dengizga keskin pasayadi. Faqat ba`zi bir joylarda tor allyuvial tekisliklar bor, bu Anamura, Alanie, Silifke va Finike rayonida kuzatiladi. Mersin shahrida tog‘lar shimoli- sharqqa keskin burilib, o‘zidan janubda keng alluvial Adan tekisligini qoldiradi. Adan tekisligining janubi-g‘arbiy dengiz bo‘yi qismi Chukorova, shimoli-sharqiy qismi Yukariva deb nomlanadi.
Tavrning shimoli- sharqiy davomi Binbonga va Taxtali tizmalari bilan band, yana Antitavr nomi bilan mashur. Bu tizmalar janubi- g‘arbdan shimoli-sharqqa tomon pasayib, Uzunyayla yassi tog‘i bilan tutashadi.
Sharqiy Tavr janubda Murat daryosidan va Van ko‘lidan mamlakat­ning sharqiy chegarasigacha cho‘zilgan. Sharqiy qismi ancha baland, bu yerda tog‘ cho‘qqilari 4000 metrga yaqin keladi. Tizma chuqur Evfrat va Tigr daryolari daralari bilan ajralgan. Bu muhim aloqa yo‘li hisoblanadi. Sharqiy Tavrdan janubda Diyarbakir botig‘i joylashgan.
Tog‘lar oralig‘idagi Anatoliya yassi tog‘ligi Ichki va Sharqiy Anato­liyaga bo‘linadi.
Ichki Anatoliya yassitog‘likning ancha past qismi hisoblanadi. Ular bir qator suvsiz botiqlardan tashkil top`gan. Bu yerda balandlik g‘arbdan sharqqa 800-1200 metrdan 1500 gacha ortib boradi. Mana shunday platolardan birida, balandlik 850 m, Turkiya poytaxti Anqara joylashgan. Yassi tog‘likning janubiy qismida bir qator qadimgi vulqonlar ko‘tarilib boradi. Ichki Anatoliyaning markazi va janubida ko‘plab ko‘l va botiqlar bor, asosan tuzli. Yassi tog‘likning markazida balandligi 1000 metrli qismida Turkiyada ikkinchi o‘rinda turuvchi Tuz ko‘li joylashgan. Suvning o‘ta sho‘rligi bilan mashhur. Yozda ko‘l qurib, tuz qatlami bilan qoplanadi.
Sharqiy Anatoliya shimolda Pontiya tog‘i va janubda Tavr tog‘i orasida joylashgan. G‘arbda uni ichki Anatoliyadan Akdag tizmasi ajratib turadi. Sharqiy Anatoliya baland tog‘lar bilan band, o‘rtacha 1500 dan 2000 metrgacha. Tog‘lar orasida chuqur botiqlar bor. Armaniston chega­rasiga yaqin Katta Ararat tizmasi ko‘tarilib boradi. Bu yerda Turkiyaning eng baland nuqtasi 5165 m. Katta Ararat bilan bir qatorda Kichik Ararat ko‘tarilib boradi. (3925 m). Sharqiy Anatoliyada 1720 metr balandlikda tog‘lar bilan o‘ralgan Van ko‘li joylashgan.
Marmar dengizi janubiy sohilida tekisliklar zanjiri cho‘zilgan. Chuchuk ko‘llar: Apolont, Iznuk, Manyas, Sapandja joylashgan. Turkiya tabiiy resurslaridan turli xil foydali qazilmalarning katta zahirasi aniqlangan. Foydali qazilmalardan toshko‘­mir va qo‘ng‘ir, ko‘mir, neft, turli ruda qazilmalari: temir, go‘rg‘oshin, rux, magniy, simob, surma, molibden bor. Xrom zahirasi bo‘yicha ikkinchi o‘rinni egallaydi. Bu yerda boy volfram va mis konlari mavjud.
Norida qazilmalardan selitra, oltingugurt, marmar, dengiz ko‘pigi, osh tuzi bor. Tuz ko‘li Turkiyaning tabiiy tuz bilan ta`minlaydi. Hech vaqt qaram bo‘lmagan buyuk Turkiya davlati(XV-XVI asrlar) XIX asr oxiriga kelib G‘arbiy Evropa davlatlarining yarim mustamlakasiga aylandi.
1918-23-yillardagi burjua milliy inqilobidan keyin Kamol Otaturk rahbarligida islohotlar amalga oshirildi. Bunda davlatni kapitalistik yo‘na­lishga bosqichma-bosqich olib borish ko‘zda tutilgan edi. Turkiyaga II Jahon urushidan keyin AQSH va NATO mamlakatlarining ta’siri kuchay­di. 70-80-yillarda olib borilgan davlat sektoriga tayangan holda sanoat­lash­tirish siyosati mamlakatda sanoat tarmog‘i bazasini yaratishga olib keldi. Ya’ni, energetika, tog‘-kon, qora va rangli metallurgiya, kimyo, neftni qayta ishlash, avtomobilsozlik va boshqalar.
80-yillarda Turkiya qiyin iqtisodiy inqirozdan chiqish yo‘llarini izlayotgan bir vaqtda, o‘z kreditlarining talabi ostida rivojlanishning yangi strategiyasiga o‘tdi:
a) Davlat boshqaruv tizimini qayta ko‘rib chiqish va iqtisodiyotga davlatning to‘g‘ridan-to‘g‘ri aralashuvidan bosqichma-bosqich voz kechish;
b) Iqtisodiyotni butunlay bozor munosabatlariga o‘tkazish; uning raqobat qonunlariga bo‘ysunishi;
c) Chet el tovarlari va mablag‘larini erkin harakatlanishi uchun mamlakatni ochib berish;
d) Import o‘rnini bosa oladigan eksport uchun yo‘naltirilgan sanoat turlariga o‘tish;
Biroq Turkiyaning yangi iqtisodiy modeli davlatning rejalashtirishini inkor etmaydi. So‘nggi yillarda mamlakatning iqtisodiy o‘sishidagi ko‘rsatkichlari kuzatilmadi, lekin jahon xo‘jaligida jon boshiga to‘g‘ri keladigan YAIM ko‘rsatkichi bo‘yicha 50-o‘rinda (jon boshiga 6800 dollar), ichki tizimda siljishlarga erishdi. 90-yillarning oxirida milliy mahsulot ishlab chiqarishda sanoatning hissasi 25% ni, qishloq xo‘jaligi esa 18% ni tashkil etdi.
Turkiya ekologik iqlimi, yer sharoitlari shaklangan katta qishloq xo‘jaligi imkoniyatiga ega. Mana shunga bog‘liq ravishda Turkiya iqtisodiyotida qishloq xo‘jaligi muhim rol o‘ynaydi. Qishloq xo‘jaligininh bu jihatlari shu bilan izohlanadiki, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishda va ekasportda yuqori mavqega ega. Hosildor yerlar, suv manbalari va geografik qulayliklar Turkiyada tarixan aholining asosiy ehtiyojini qondiradi.
Ishlov beriladigan yerlarning katta qismi xususiylashtirilgan (90%). Davlat yer fondiga barcha o‘rmonlar, ishlov beriladigan yerlarning 10%i va bo‘sh yerlar kiradi.
Yirik yer egalari va mayda dehqonchilik xo‘jaliklari tashkil etilgan (60% xo‘jaliklarda 5 ga dan yer to‘g‘ri keladi). Agrar munosabatlarda hozirgacha kuchli feodal sarqitlari saqlanib qolgan. Qishloqlarda siyo­siy vaziyatni qayta ko‘rib chiqish va agrar qarama-qarshiliklarni yum­shatish maqsadida bir muncha kam yerli tumanlarda 1984-yilda sug‘o­riladigan yerlarda yer bilan ta’minlash qonuni qabul qilindi (qishloq xo‘jalik yerlarining 1/5 qismi sug‘oriladi). Natijada kam yerli va yersiz dehqonlar yangi tumanlarga ko‘chib kelishdi. Suvga, yoqilg‘i, o‘g‘itlarga davlat subsidiyalari faoliyat ko‘rsatadi, shuningdek bug‘doy, asosan texnika ekinlariga davlat harid narxlari belgilangan.


Download 117.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling