1-mavzu. Dunyo mamalakatlari tipologiyasi


-mavzu. Chexiya davlatiga iqtisodiy-geografik tavsiFilippin


Download 117.4 Kb.
bet22/34
Sana24.06.2023
Hajmi117.4 Kb.
#1653557
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   34
Bog'liq
Mustaqil ta\'lim ishlari

22-mavzu. Chexiya davlatiga iqtisodiy-geografik tavsiFilippin


Rasmiy nomi — Chexiya Respublikasi. Poytaxti — Praga. Hududi – 78,9 ming km.kv. Aholisi – 10,1 mln kishidan ortiq (2012-yil). Davlat tili — chex. Dini — katolik (65%), protestantlar (15%), pravoslavlar (13%). Pul birligi — chex kronasi.
Geografik joylashuvi va tabiati. Markaziy Yevropadagi davlat. Shimolda — Polsha (chegara uzun­ligi — 658 km), shimolda va g‘arbda — Germaniya (646 km), janubda — Avstriya (362 km), sharqda — Slovakiya (214 km) davlatlari bilan chegaradosh. Chegarasining umumiy uzunligi — 1880 km. Mamlakat hududini shartli ravishda ikkiga bo‘lish mumkin: g’arbda — Bogemiya, sharqda — Moraviya. Hududining g‘arbiy qismi past tog‘lar bilan o‘ralgan tekisliklar, tepaliklar va yassitog‘liklardan iborat. Bu hududlarda ruda tog’lari, Chex o‘rmoni, Shumava joylashgan. Sudetdagi Snejka tog‘i (1602 m) mamlakatning eng baland nuqtasi hisoblanadi. Sharqiy hududlar tepaliklardan iborat. Asosiy daryolari — Vltava, Morava, Laba (Elba), Oder. Asosiy tabiiy boyliklari — ko‘mir, kaolin, grafit.
Iqlimi — mo‘tadil kontinental. Tog’larida ignabargli o’rmonlar, tekis hududlarida eman, zarang, qoraqayin o‘sadi. Qo‘ng‘ir ayiq, tulki, to‘ng‘iz, bo‘ri, sernalar hayvonot olamini tashkil etadi.
Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari. Davlat tuzilishi — respublika. Mamlakat 8 ta o‘lkaga bo‘lingan. Chexiya 1993-yil 1-yanvarda Chexoslovakiyaning parchalanishidan so‘ng mustaqil davlatga aylandi. Milliy bayramlari — Kirill va Mefodiy kuni, 6-iyul — Yan Gus yondirilgan kun, 28-oktabr — Chexoslovakiya ozod etilgan kun. Davlat boshlig‘i — prezident, ijro etuvchi hokimiyat rais boshchiligidagi hukumatga tegishli. Qonun chiqaruvchi hokimiyat Senat (yuqori palata) va Deputatlar palatasi (quyi palata)dan iborat parlamentga tegishli. Yirik siyosiy partiyalari: Fuqarolik demokratik partiyasi, Chexiya va Moraviya kommunistik partiyasi, Chexoslovak xalq partiyasi, Fuqarolik demokratik alyansi, Chexoslovak sotsial-demokratik partiyasi.
Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. Chexiya sobiq sotsialistik blok davlatlari orasida iqtisodda sezilarli o‘zgarishlarga erishgan davlatdir. Sanoati- ning eng rivojlangan tarmoqlari: yoqilg‘i-energetika, mashinasozlik, kimyo, to‘qimachilik, oziq-ovqat. Mashinasozlik va transport uskunalari, yoqilg‘i, kimyo- viy moddalar, minerallar, metallar, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksport qilinadi. Rivojlangan qishloq xo‘jaligi Chexiyaga oziq-ovqat mahsulotlari bilan o‘z ehtiyojlarini qondirish imkonini beradi. 2012-yil YIM miqdori 225,5 mlrd AQSH dollarni (aholi jon boshiga – 21,8 ming AQSH doll.) tashkil etgan. Asosiy savdo hamkorlari: Germaniya, Slovakiya, Avstriya, Italiya, Rossiya.
Temiryo‘llarining umumiy uzunligi — 9434 km, avtomobil yo‘llari — 55890 km.
Tarixi. М. a. V asrda kelt qabilalari o‘mashgan hozirgi Chexiya hududi V-IV asrlarda slavyan qabilasi chexlar tomonidan egallanadi. IX asrda Kirill va Mefodiy tomonidan xristianlik tarqatilgan Bogemiya IX asrning oxirlarida Buyuk Moraviya qirolligi tar­kibiga kiradi. Chex qirolligi o‘zining qudrat cho‘qqisiga Muqaddas Rim imperiyasi imperatori Karl X hukmronligi davrida chiqadi. XV asrning boshlarida Praga universitetining rektori Yan Gus katolik cherkovini reformatsiya qilish tashabbusi bilan chiqa­di, lekin 1415-yil 6-iyulda inkvizitsiya tomonidan yoqib yuboriladi. 1620-yilda Bogemiya o‘zining avtonomiyasini yo‘qotib, gabsburglarga tobe bo‘ladi. 1918-yilda Avstriya — Vengriya imperiyasi parchalangandan so‘ng mustaqil Chexoslovakiya Respublikasi e’lon qilinadi. 1939-yilda Sudet viloyati Germaniya tomo­nidan bosib olinadi, mamlakatning qolgan hududlari Germaniya protektorati deb e’lon qilinadi. Mamlakat nemis qo‘shinlaridan ozod etilgach, kommunistlarning ta’siri kuchayadi va 1948-yilda ular hokimiyatni o‘z qo‘llariga olishadi. 1968-yilda Chexoslavakiya kom­munistik partiyasining birinchi kotibi A. Dubchek «odambashara sotsializm» qurish to‘g‘risida e’lon qiladi, lekin mamlakatni liberallashtirish 1968-yil 21-avgustda Varshava Shartnomasi (Ruminiyadan tashqari) davlatlarining qo’shinlari tomonidan to‘xtatiladi. Parlament raisligiga A. Dubchek, Respublika prezidentligiga V. Gavel saylanadi. Mamlakat aholisi 1992-yilgi referendumda Chexoslovakiyaning ikki davlatga bo’linishi uchun ovoz beradi va 1993-yil 1-yanvarda Chexiya Respublikasi tashkil topadi. Kichik o'lchamiga qaramay, Chexiya geografik jihatdan xilma-xil davlatdir. Bu erda siz o'rmonlar, dalalar va tekisliklar bilan qoplangan tog'lar va tepaliklarni topishingiz mumkin. Mamlakat dengizga chiqish imkoniga ega emas. Gʻarbiy va sharqiy qismlari asosan adirli va togʻli. Markaziy - asosan tepalikli tekislik. Eng baland cho'qqisi - Snejka tog'i (1602 m). Chexiya hududidan bir nechta katta daryolar oqib o'tadi - Vltava, Odra, Laba, Morava. Chexiya Respublikasining tabiati juda go'zal - qishloq xo'jaligi erlari bilan kesishgan bargli va ignabargli o'rmonlar bilan qoplangan tepaliklar va past tog'lar. Baland adirlar va qoyalarda qasr va qal’alar qad ko‘taradi – o‘tmishdan qolgan meros. Elik va bug‘ular dalada o‘tlab, to‘xtagan zahoti qochib ketishadi.
Chexiya hududining katta qismi Chexiya togʻlarida joylashgan. Uning atrofida oʻrtacha balandlikdagi Shumova, Chexiya oʻrmoni, Rudali togʻlar (KrushneGori), Krkonoshe togʻlari (eng baland joyi 1602 m, Snejka togʻi) bor. Chexiya togʻlarining ichki qismi – Chexiya soyligi tepaliklar va ularni ajratib turuvchi past toglardan iborat. Moraviyada ham tepalik va past togʻlar koʻp. Chexiyaning janubiy va markaziy kismida ChexiyaMoraviya qirlari bor. Chexiyada kumir, temir rudasi, grafit, kaolin konlari mavjud.
Iklimi moʻʼtadil iklim. Gʻarbdan sharqqa va ichki soyliklarda kontinentallashib boradi. Tekisliklarda oʻrtacha temperatura yanvarda –2° dan –4° gacha, togʻlarda –8° dan – 10° gacha, iyulda 19–20°, togʻlarda 4–8°. Yillik yogʻin tekisliklarda oʻrtacha 500–700 mm, togʻlarda 1600–2100 mm. Mamlakatjanubiy va gʻarbida uncha katta boʻlmagan koʻllar bor. Asosiy daryolari – Laba (Elba), Vltava. Togʻ yon bagʻirlari aralash va igna bargli oʻrmonlar bilan qoplangan. Hayvonlardan togʻlarda qoʻngʻir ayiq, tulki, kiyik, yovvoyi echki, tekisliklarda kemiruvchilar, kaltakesak va qushlarning koʻp turlari bor.
Chexiya – industrialagrar mamlakat. Milliy daromadda qishloq xoʻjaligi 5%, sanoat 33%, xizmat koʻrsatish tarmogʻi 61,2% ni tashkil etadi.
Sanoatida yoqilgʻienergetika va qora metallurgiya (Ostrava rni), kimyo, mashinasozlik, yengil va oziq-ovqat sanoati rivojlangan. Qoʻngʻir kumir va toshkoʻmir qazib olinadi. OstravaKarvina toshkoʻmir, Shimoliy Chexiya va Sokolov qoʻngʻir koʻmir havzalari, temir ruda konlari mavjud. Yiliga oʻrtacha 58,7 mlrd. kVtsoat elektr energiyasi hosil qilinadi. Asosiy sanoat markazlari – Praga, Plzen, Ostrava, Brno.
Qishloq xoʻjaligida, asosan, qand lavlagi, bugʻdoy, javdar, arpa, yemxashak ekinlari, kartoshka va boshqa ekiladi. Bogʻdorchilik va sabzavotchilik rivojlangan, koʻp miqdorda qulmoq (xmel) yetishtiriladi. Goʻshtsut chorvachiligiga asosiy eʼtibor beriladi (choʻchqa, qoʻy, qoramol, parranda boqiladi). Suv havzalarvda baliq yetishtiriladi.
Chexiya Respublikasi Markaziy Yevropada joylashgan davlat hisoblanadi. Shimolda Polsha, shimoli-gʻarb va gʻarbda Germaniya bilan, janubda Avstriya bilan va sharqda Slovakiya bilan chegaradosh. Chegaralarining umumiy uzunligi – 1880 kmga teng. Mamlakatning nomlanishi chex qabilalari nomidan kelib chiqqan. Poytaxti boʻlmish Praga shahri turistlar tashrif buyuradigan va mamlakatning eng katta shaharlaridan biridir. Chexiya 2 ta tarixiy hudud – Sileziya va Moraviya hududlarining qoʻshilishidan tashkil topgan. Chexiya 13 ta oʻlka (viloyatdan) iborat. Maydoni 78,9 ming km² ni tashkil qiladi. Landshaftlari turli xil koʻrinishga ega. Gʻarbiy qismida (Bogemiya) mamlakatning eng baland nuqtasi 1602 m balandlikdagi Snejka togʻi joylashgan. Sharqiy qismi – Moraviya ham anchagina adirlarda va asosan Marx daryosi qoʻynida joylashgan hamda Oder daryosi irmoqlarini oʻz ichiga oladi. Dengizga chiqa olmaydigan Chexiya hududidan daryolar 3 ta dengizga borib quyiladi: Shimoliy, Boltiq va Qora dengizlar. Chexiya aholisining asosini etnik chexlar va gʻarbiy slavyan tillari guruhiga mansub chex tilida gaplashuvchilar tashkil qiladi. Chet ellik fuqarolar mamlakat aholisining 4 % ini tashkil qiladi. Chexiyada immigrantlar orasida eng koʻp diasporani ukrainlar tashkil qiladi. Undan keyingi oʻrinlarda slovaklar, Vyetnam, Rossiya va Polsha fuqarolari turadi. Boshqa etnik guruhlarga esa nemis, sigan, vengr va yahudiylar kiradi. Chexiya va Slovakiya oʻrtasidagi chegara sobiq Chexoslovakiya fuqarolari uchun ochiq. Mamlakatdagi yagona megapolis shahar Praga hisoblanadi.


Download 117.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling