3. 3-mavzu: G’arbiy Yevropa mamlakatlarining iqtisodiy geografik tavsifi


Download 59.44 Kb.
bet1/4
Sana19.06.2023
Hajmi59.44 Kb.
#1604756
  1   2   3   4
Bog'liq
3.3-мавзу


3.3-mavzu:G’arbiy Yevropa mamlakatlarining iqtisodiy geografik tavsifi



  1. Germaniyaning iqtisodiy geografik o’rni

  2. Qisqasi tabiiy sharoiti, tabiiy resurslari va ularni iqtisodga ta’siri.

  3. Aholisi va davlat tizimi.

  4. Xo’jalik tarmoqlarini geografik joylanish xususiyatlari:

4-1. Sanoat tarmoqlari;
4-2. Qishloq xo’jalik tarmoqlari;
4-3. Transport tarmoqlari;

  1. Ichki tafovutlari va tashqi iqtisodiy aloqalari.

1. Germaniyaning iqtisodiy geografik o’rni. Germaniya Federativ Respublikasi (GFR) – Markaziy Yevropadagi davlat Poytaxti – Berlin shahri. Maydoni 356 ming km2, aholisi – 82 mln kishi. Ma’muriy jihatdan 16 yer (viloyat) ga, yerlar okruglarga, okruglar tumanlarga, tumanlar jamoalarga bo’linadi. Germaniyani sharq tomondan Polsha va Chexiya, janubdan Shveysariya va Avstriya, janubi-g’arbdan Drapsiya, g’arbdan Belgiya va Gollandiya, shimolda esa Daniya davlatlari, Shimoli-sharqda Boltiq dengizi va shimoli-g’arbda Shimoliy dengiz o’rab turadi.


Germaniyaning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy rivojlanishida uning iqtisodiy va siyosiy-geografik holatining o’ziga xos xususiyatlari muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Yevropaning markazida, iqtisodiy jihatdan yuksak rivojlangan davlatlarga yaqin, transevropa bosh yo’lining keglik va uzunlikdagi kesishgan yerida joylashganligi Germaniya katta foyda keltirmoqda. Muhim afzalliklardan Yana biri – Germaniyaning dengiz yaqinida joylashgani va qo’shni mamlakatlarning yirik port (Rotterdagi, Aktverpen vr b.) ga yaqinligi bilan bog’langandir.
1989-yilning oktyabrida ikki davlat GFR vam GDR birlashganidan keyin Germaniya hozirgi chegaralariga ega bo’ldi. Natijada, GFR hududi 43%ga, aholisi esa 27% ga ko’paydi.


GFRning ma’muriy bo’linishi




Download 59.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling