3. 3-mavzu: G’arbiy Yevropa mamlakatlarining iqtisodiy geografik tavsifi


Download 59.44 Kb.
bet2/4
Sana19.06.2023
Hajmi59.44 Kb.
#1604756
1   2   3   4
Bog'liq
3.3-мавзу

Yillar

Maydoni (km2)

Aholisi (ming)

Poytaxti

Baden – Byurtenberg

35751

10300

Shtutgart

Bavariya respublikasi

70554

12000

Myun Xen

Berlin

884

3500

Berlin

Brandenburg

20059

2500

Potsdam

Bremen

404

684

Bremen

Gamburg

755

1700

Gamburg

Gessin

21114

6000

Vibaden

Meklenburg-Old Pomeraniya

23838

1800

Shverin

Quyi Saksoniya

47338

7800

Gannover

Shimoliy Reyn-Vestfaliya

34071

17700

Dyusselvdorf

Reynland-Pfaliz

19849

4000

Maynez

Saar

12570

1100

Saar-bryukken

Saksoniya respublikasi

18337

4600

Drezden

Saksoniya Angalt

20455

2800

Magdeburg

Shlezvig-Golshteyn

15729

2700

Kil

Tyurinniya respublikasi

16251

2500

Yerfurt

2. Qisqasi tabiiy sharoiti, tabiiy resurslari va ularni iqtisodga ta’siri. Germaniyaning tabiiy sharoiti xilma-xil bo’lib, past va baland tog’ tizmalarida oralarida yassitog’liklar, o’r-qirlar, ko’llar, keng va ochiq tekisliklar uchrab turadi. Iqlimi mo’’tadil, dengiz iqlimi yanvarning o’rtacha temperaturasi past tekislikda 1,50 dan tog’larda – 6oS gacha, iyulning o’rtacha temperaturasi pasttekislikda 18odan janubiy vodiylarda 20o gacha. Yillik yog’in miqdori 600-800 mm, tog’larda 1000-2000 mm gacha. Asosiy daryolariga Elba , Reyn, Dunay, Mayn, Vezer, Shire kabi daryolari kiradi.
Germaniya G’arbiy Yevropa davlatlari orasida o’zining toshko’miri va qo’ng’ir ko’miri bilan ajralib turadi. Toshko’mirning asosiy konlari Rur, Saor va Axen havzalarida joylashgan, ko’mirning 2/3 qismi yuqori sifatli kokslanadigan ko’mirdir.
Germaniya ko’mir zahiralari bo’yicha jahonda 5chi, ko’mir ishlab chiqarish va undan foydalanish bo’yicha esa 4 – o’rinda. Tabiiy gaz konlari (340 mlrd. m3) mamlakatning shimolida to’plangan. Shimoliy Germaniya pasttekisligida tosh tuzining katta qatlamlari joylashgan. Oz miqdorda temir rudasi, neft, tabiiy gaz bor. Uning tabiiy resurslari og’ir industriya negizi bo’lmish energetika, metallurgiya sanoatlarining rivojlanishiga, metallurgiya bazasida esa, mashinasozlikning rivojlanishiga imkon berdi. Ko’mirdan yoqilg’i va Kime xom ashyosi sifatida foydalaniladi. IESlar ko’mir havzalarida joylashgan.
3. Aholisi va davlat tizimi. Ikki nemis davlati birlashganidan so’ng mamlakat aholisi keskin ko’paydi va hozir 82 mln. kishini tashkil etadi. Milliy tarkibiga ko’ra 90% dan ko’prog’i nemislar; qisman (daniyalik)Lar va gollandlar yashaydi. Aholining o’rtacha zichligi 1km2ga 300 nafarga bo’lib, mamlakatning Rur ko’mir havzasida esa aholi zichligi 1 km2ga 1000-3000 kishi to’g’ri keladi. Urbanizatsiya darajasi jihatdan Germaniya dunyoda oldingi o’rinda turadi. Aholining 90% ga yaqini shaharlarda yashaydi. Aholining tabiiy o’sishi past darajada. Davlat tili-nemis tili. Dindorlar-protestantlar (lyuterantlar, 50%dan ziyod) va katoliklar. Mamlakatda 7,2 mln. chet elliklar ham yashaydi. Aholi soni shu muhojirlar hisobiga oshmoqda. Ular umumiy aholining 8,9%ini tashkil etadi. Yirik shaharlariga Berlin (3438000), Bamburg (1661000), Myunxen (1237000), Keln (1004000), Frankfurt-Mayn (647000), Dort munt (600000) kabi shaharlari kiradi.
GFR davlat tuzimiga ko’ra federativ respublikasi. Amaldagi kostitutsiyasi 1949 yil 23 mayda qabul qilingan, unga 1954, 1956, 1990, 1993 va 1994 yillarda qo’shimchalar kirtilgan. Davlat boshlig’i-federal prezident. U maxsus chiqariladigan federal majis tomonidan 5 yil muddatga saylandi va Yana faqat bir marta saylanishi mumkin. Qonun chiqaruvchi organ parlament, u ikki palata: bundestag va bundesratdan iborat. Bundestag aholi tomonidan 4 yil muddatga saylanadi. Ijroni hokimiyat federal kanslar boshchiligidagi federal hukumat qo’lida. Federal konslar bundestogda prizidentning taklifiga binoan ko’pchilik ovozi bilan saylanadi. Vazirlar federal kantslerning taklifi bilan prezident tomonidan tayinlandi. Har bir yerning o’z konstitutsiyasi, parlament va hukumati bor.

Download 59.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling