Reja: Joylashgan o’rni
Download 1.02 Mb.
|
Germaniya-тотал
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Iqtisodiy-siyosiy geografik orni.
Germaniya Reja: Joylashgan o’rni Qishloq ho’jaligi Sanoati, iqtisodiyoti Transporti va tashqi aloqalari Poytaxt Berlin Rasmiy til(lar) Nemis tili Hukumat Parlamentlik Respublika • Prezident Joachim Gauck • Kansler Angela Merkel Mustaqillik • Germaniya imperiyasi birlashishi 18-yanvar 1871 • Germaniya Federativ Respublikasi: G`arbiy Xarbiy zonasidan 23-may 1949 • GDR: Sharqiy Xarbiy zonasidan 7-oktabr 1949 • G`arbiy van Sharqiy Germaniya birlashishi 3-oktabr 1990 Maydon
• Suv (%) 2,24 Aholi • 2012 roʻyxat 81 903 000 (16- oʻrin) • Zichlik 229/km² YaIM (XQT) 2011- yil roʻyxati • Butun AQSh$3,089 trln. (5-) • Jon boshiga AQSh$37,814 Pul birligi Yevro (EUR) Vaqt Mintaqasi (UTC+1 yozda +2) • Yoz (DST) Qisqartma De Internet domen .de Telefon prefiksi +49 U ikki palata: bundestag va bundesratdan iborat. Bundestag aholi tomonidan 4 yil muddatga saylanadi. Bundesrat esa yer hukumatlari oʻz orasidan 4 yil muddatga tayinlaydigan vakillardan iborat. Ijroiya hokimiyat federal kansler boshchiligidagi federal hukumat qoʻlida. Federal kansler bundestagda prezidentning taklifiga binoan koʻpchilik ovoz bilan saylanadi. Vazirlar federal kanslerning taklifi bilan prezident tomonidan tayinlanadi. Har bir yerning oʻz konstitutsiyasi, parlament va hukumati bor. Germaniya manzarasi benihoya xilma-xil va jozibador. Past va baland togʻ tizmalari oralarida yassitogʻliklar, oʻrqirlar, koʻllar, keng va ochiq tekisliklar uchrab turadi. Shimoldan janubga tomon Germaniya 5 landshaft zonasiga boʻlinadi: Shimoliy Germaniya payettekisligi, oʻrtacha balandlikdagi togʻ ostonasi, Janubi-gʻarbiy Germaniya burma poydevorli oʻrta togʻligi, Janubiy Germaniya Alpoldi yassitogligi va Bavariya Alp togʻlari. Shimoldagi payettekisliklarda koʻllar, qirli, qum va tuproqli platolar, yaydoq yerlar va torfli botqoqlar koʻp. Oʻrta togʻ ostonasidan shimoliy tomondagi yerlar (Quyi Reyn, Vestfaliya va Saksoniya-Tyuringiya havzasi) serhosil. Janubda Sharqiy Alp togʻlari qad koʻtargan (eng baland nuqtasi SugShpitse togʻi, 2962 m). Shimoliy dengiz bilan Boltiq dengizi oraligʻidagi past-baland qirgʻoqlarda „Golshteyn Shvey-sariyasi“ joylashgan. Germaniya yer ostida tosh-koʻmir, qoʻngʻir koʻmir, tuzlar juda koʻp. Oz miqdorda temir rudasi, neft, tabiiy gaz bor. Iqlimi moʻtadil, dengiz iqlimi, gʻarb va shimoli-gʻarbdan janubi-sharqqa tomon dengiz iqlimidagi moʻtadil-kontinental iqlimga oʻta boradi. Aholisining 90 % dan koʻprogʻi nemislar; qisman dan (daniyalik)lar va gollandlar yashaydi. Shahar aholisi 85 % dan ortiq[2]. Rasmiy tili — nemis tili[3]. Dindorlar — protestantlar (lyuteranlar, 50 % dan ziyod) va katoliklar[4]. Aholi zichligi bir km2ga 229 kishi toʻgʻri keladi[5][6]. Mamlakatda 7,2 mln. chet elliklar ham yashaydi. Ular umumiy aholining 8,9 % ini tashkil etadi. Yirik shaharlari: Berlin, Hamburg, Myunxen, Kyoln, Frankfurtmayn, Dortmund, Shtutgart, Dyusseldorf, Gannover, Nyurnberg, Leypsig, Drezden[7]. 1. Iqtisodiy-siyosiy geografik o'rni. Germaniya Markaziy Yevropada joylashgan. Mamlakat quruqlik orqali Niderlandiya, Belgiya, Lyuksemburg, Fransiya, Shveysariya, Avstraliya, Chexiya, Polsha va Daniya bilan chegaradosh. Germaniyaning siyosiy va iqtisodiy ijtimoiy rivojlanishida uning siyosiy va iqtisodiy geografik o'rni muhim rol o'ynaydi. Mamlakatning Yevropa markazida joylashgan o'rni va iqtisodiy rivojlangan davlatlar orasida kenglik va meridional yo'nalishda transevropa magistral yo'lining kesib o'tganligi katta qulayliklarni yaratadi. Germaniyaning dengiz bo'yi o'rni va qo'shni davlatlar yirik shahar portlariga yaqinligi (Rotterdam, Antperven va boshqalar) uning katta imkoniyatlaridan biridir. Germaniyani shimoldan Boltiq va Shimoliy dengiz suvlari o'rab turadi. Ushbu dengizlarda uning Niderlandiya, Belgiya, Fransiyaning yirik portlaridan keyinda turuvchi Gamburg, Bremen, Vilgelmsxafen, Rostok kabi portlari joylashgan. Download 1.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling