Reja: Joylashgan o’rni


Tashqi iqtisodiy aloqalari


Download 1.02 Mb.
bet8/8
Sana24.03.2023
Hajmi1.02 Mb.
#1290416
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Germaniya-тотал

6. Tashqi iqtisodiy aloqalari.
Germaniya tashqi savdo umumiy hajmi bo'yicha dunyoda AQShdan keyin ikkinchi o'rinda turadi. (1994) yilda 767,7 mlrd dollarni tashkil etdi). GFR tashqi iqtisodiy aloqalarini rivojlangan mamlakatlar bilan birinchi navbatda Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan olib boradi. Ularga tashqi savdo aylanmasining 50 foizi va chetga chiqariladigan kapitalning asosiy qismi to'g'ri keladi. Yevropaning ko'pgina mamlakatlari uchun Germaniya bosh savdo sherik hisoblanadi. Elektronika sanoatida «Simens» avtomobilsozligida esa-Daymler-Bens kompaniyalarini misol keltirish mumkin.
Mamlakat organik ximiya mahsulotlarni eksport qilish bo'yicha dunyoda birinchi o'rinni egallaydi. Stanoklar va boshqa ishlab chiqarish jihozlari eksporti bo'yicha dunyoda birinchi o'rin uchun kuchli raqobat olib bormoqda. Germaniya avtomobillar va kemalar ishlab chiqarish bo'yicha dunyoda 3-chi o'rinni egallaydi. Shu bilan bir vaqtda Germaniya mikroelektronika va kompyuterlar, aerokosmik texnikalar ishlab chiqarish va eksport qilish bo'yicha AQSH va Yaponiyadan keyinda turadi.
Mamlakat import tarkibida tayyor mahsulotlar hissasi yuqori, biroq xom-ashyo va yoqilg'i hissasi ham ancha yuqori. Hozirgi Germaniya uchun Rossiya neft va tabiiy gaz yetkazib beruvchi asosiy mamlakatdir, Germaniya esa Rossiya uchun mashina va jihozlar, temir yo'l vagonlari, ximikatlar va oziq-ovqat mollari yetkazib beradi.

ICE tez yurar poezdi


Temir yoʻl uzunligi — 91,4 ming km, avtomobil yoʻllari uzunligi — 496,6 ming km. Eng katta aeroporti — Frankfurtmayn shahrida. Boshqa yirik aeroportlari: Berlin — Tegel, Berlin — Shenefeld, Bremen, Hamburg, Gannover, Drezden, Dyusseldorf, Kyoln /Bonn, Leypsig, Myunxen, Nyurnberg, Saarbryukken va Shtutgart. Suv yoʻllari uzunligi — 7467 km. Asosiy dengiz portlari: Hamburg, Bre-menBremerxafen, Vilgelmsxafen, Rostok[11].
Tashqi iqtisodiy aloqalari-Eksport va import

Germaniya dunyodagi tashki savdo aylanmasi hajmi boʻyicha AQShdan keyin ikkinchi oʻrinda turadi. Germaniya chetga asosan avtomobillar, stanoklar, mashinalar, kimyo mahsulotlari va elektr texnika buyumlari chiqaradi. Chetdan xom ashyo, elektr texnika va toʻqimachilik mahsulotlari oladi. Tashki savdodagi asosiy mijozlari: Fransiya, Italiya, Buyuk Britaniya, Niderlandlar, Belgiya, AQSh, Rossiya, Lyuksemburg. Pul birligi — nemis markasi.


ц

















Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling