Reja: Joylashgan o’rni


Tabiiy sharoiti va resurslari


Download 1.02 Mb.
bet2/8
Sana24.03.2023
Hajmi1.02 Mb.
#1290416
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Germaniya-тотал

2. Tabiiy sharoiti va resurslari.
Mamlakatda rudali foydali qazilmalar o'rtacha balandlikdagi tog'larda, neft va tabiiy gaz esa Shimoliy Germaniya pasttekisligida topilgan. Germaniya G'arbiy Yevropa mamlakatlar orasida toshko'mir va qo'ng'ir ko'mir zahiralari bo'yicha birinchi o'rinda turadi. Toshko'mirning asosiy konlari Rur, Saar va Axensk hovzalarida joylashgan. Ko'mir zahiralarining qismi yuqori sifatli kokslanuvchi ko'mirdir.
Mamlakatda topilgan qo'ng'ir ko'mir zaxiralarining katta qismi (80 mlrd.t.). Sharqiy Germaniyaning (Lauzis va O'rtagerman hovzasi)da, G'arbiy Germaniyada esa Kyolndan g'arbdagi (Qo'yireyn) hovzalairda joylashgan. Qo'ng'ir ko'mir ochiq usulda qazib olinadi. Tabiiy gaz konlari esa (340 mlrd m3) mamlakatning shimolida joylashgan. Germaniya temir ruda zahiralariga ham ega, lekin uning sifati past. Shimoliy Germaniya pasttekisligida tosh tuzining katta zahiralari topilgan. Shuningdek oyna sanoati va qurilish materiallari ishlab chiqarishi uchun xom-ashyo resurslarining katta zaxiralarga ega.
Germaniya iqlim sharoiti aholi yashashi va xo'jalik yuritishi uchun qulaydir. Mamlakat mu'tadil zonada joylashgan. Qishning sovuqligi dengiz qirg'oqlaridan uzoqlashgan sari oshib boradi, lekin kuchli sovuq kunlar kamdan-kam bo'lib turadi. Yuqori Reyn va uning irmoqlari vodiylarida (Mozel, Nae, Mayn) issiqsevar o'simliklar yetishtiriladi. (uzum va mevalar).
Mamlakatdagi eng yirik daryolarga Reyn, Elba, Vezer, Ems (Shimoliy va Boltiq dengizi hovzasi) va Dunay (Qora dengiz hovzasi) kabi daryolar kiradi.
3. Aholisi.
Ikkala german davlatining birlashuvidan keyin mamlakat aholisi soni ancha o'sdi ya'ni 80 mln kishiga yetdi. Mamlakat aholisi tabiiy ko'payishda o'limning tug'ilishga nisbatan yuqoriligi bilan xarakterlanadi. (Ayniqsa sharqiy yerlarda) Aholining o'rtacha zichligi har 1km2ga 200 kishidan ortadi.
Germaniya aholisining umumiy soni immigrant oqimlar hisobiga o'smoqda. (Turkiyadan, sobiq Yugoslaviya respublika laridan, Italiya, Portugaliya va boshqa mamlakatlardan). Mamlakatning birlashuviga qadar uning g'arbiy yerlarida 5 mln atrofida, sharqiy qismida esa-0,2 mln chet ellik immigrantlar bo'lgan. Hozirgi vaqtda ularning soni 7mln kishiga yetadi.
Germaniyada davlat tili-nemis tili hisoblanadi.
Mamlakatning asosiy dini-xristian dini hisoblanadi. Mamlakatda taxminan 58mln kishi e'tiqod qiluvchilardan 30mln kishi protestantlar, qolgan 28 mlni kishi katoliklar sanaladi. Bundan tashqari mamlakatda islom diniga e'tiqod qiluvchilar ham bor.
Mamlakat aholisining 87 foizi shaharlarda yashaydi. Ko'pgina shaharlar aglomerasiyalar yadrosini hosil qilgan, lekin aholisi 1mln dan ortiq shaharlar unchalik ko'p emas (Berlin, Gamburg, Myunxen).

Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling