Reja: Joylashgan o’rni


Qora metallurgiya sanoati


Download 1.02 Mb.
bet5/8
Sana24.03.2023
Hajmi1.02 Mb.
#1290416
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Germaniya-тотал

Qora metallurgiya sanoati- Germaniyaning eng muhim ixtisos lashgan tarmog'idir.
Mamlakat cho'yan, po'lat quyish va prokat ishlab chiqarish bo'yicha G'arbiy Yevropada yetakchi o'rinda va dunyoda beshinchi o'rinda turadi. Quyiladigan po'latning deyarli hammasi kislorod-konvertor va elektrpo'lat quyish usuli orqali ishlab chiqariladi. Asosiy metallurgiya zavodlari Rur va Quyi Reynda joylashgan. Saar rayoni, Quyi Saksoniya va Bremenda to'liq siklda ishlovchi zavodlar ishlab turibdi.
Rangli metallurgiya- asosan import va ikkilamchi xom-ashyo asosida ishlaydi. Rangli metallurgiya korxonalarining joylashuvida energiya resurslari bilan yetarli ta'minlanganligi va xom-ashyoni tashib keltirishning qulayligi bosh omil hisoblanadi.
Germaniya alyuminiy quyish bo'yicha G'arbiy Yevropada faqat Norvegiyadan keyinda turadi. Asosiy korxonalar Shimoliy Reyn-Vestfaliya. (Essen, Norf, Fyorde), shuningdek Gamburg va Bavariya (Tyoging) yerlari hududlarda joylashgan.
Mashinasozligi va metallni qayta ishlash sanoati- Germaniyadagi eng rivojlangan sanoat tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Mamlakat mashinasozlik sanoatiga jami sanoat mahsulotlari va eksportning yarmiga yaqini to'g'ri keladi. Shu bilan birga jami mashinasozlik mahsuloti eksport hajmida 40 foizni tashkil etadi. Mamlakatda mashinasozlikning Myunxen, Nyurnberg, Erlangen bilan Mangeym, Berlin, Leypsig, Gamburg kabi yirik markazlari shakllangan. Mamlakat federal yerlar orasida Baden-Vyurtenberg va Shimoliy Reyn-Vestfaliyada umumiy mashinasozlik ishlab chiqarishi rivojlangan. Elektrotexnika tarmoqlarining rivojlanishida Bavariya yetakchilik qiladi. Shuningdek mamlakatda mashinasozlikning Myunxen (Siemens konserni), Berlin, Shtutgard, Kyoln, Gamburg, Frankfurt-Mayn kabi yirik markazlari ishlab turibdi. Germaniya avtomobil ishlab chiqarish bo'yicha jahonda Yaponiya va AQShdan keyinda turadi. Avtomobillarni «Folksvagen», «Mersedes Bens», «BMV», «Ford Verke», «Opel» firmalari ishlab chiqaradi. Mamlakatda mashinasozlikning Volfsburg, Shtutggart, Kyoln, Ryusselsxaym, Myunxen kabi yirik markazlari shakllangan.
Mamlakatda dengiz kemasozligining asosiy markazlari Kil, Gamburg, Bremen, Emden, Rostok daryo kemasozligining markazi Duysburg hisoblanadi.
Germaniyada optika-mexanika sanoati korxonalari Boden-Vyurtemberg va Tyuringiya yerlarida joylashgan. Aerokosmik sanoatning yirik markazlari-Myunxen, Augsburg, Gamburg va Bremenda joylashgan.
Ximiya sanoati.
Shimoliy Reyn-Vestfaliya yeri Germaniya ximiya sanoatining bosh rayoni hisoblanadi. (jami ximiya sanoati mahsulotining 40 foizi to'g'ri keladi). Mamlakatda ximiya sanoatining Leverkuzen (Vauyer konserni), Kyoln, Dormagen, Frankfurt-Mayn (Hoechst konserni), Lyudvigsxafen (BASF) kabi yirik markazlari shakllangan. Sharqiy yerlarda esa (Germaniya birlashuvidan keyin) ximiya sanoati chuqur iqtisodiy krizis holatiga tushib qoldi.

Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling