3. 3-mavzu: G’arbiy Yevropa mamlakatlarining iqtisodiy geografik tavsifi


Download 59.44 Kb.
bet4/4
Sana19.06.2023
Hajmi59.44 Kb.
#1604756
1   2   3   4
Bog'liq
3.3-мавзу

Qishloq xo’jaligi. Germaniya qishloq xo’jaligi yuqori darajada intensivligi bilan ajralib turadi. Qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalashtirish, elektrlashtirish jihatdan, u eng yuqori darajadadir. Germaniyada qishloq xo’jaligiga yaroqli 36 mln.ga yer bor. Qishloq xo’jaligi strukturasida chorvochilik yetakchi o’rin tutadi. GFR da cho’chqalar va qoramollar soni anchagina. Daromatning eng ko’pini sut va go’sht yetishtiruvchi xo’jaliklar beradi. Barcha tumanlarda chorvochilik bilan dehqonchilik birga qo’shib olib boriladi. Haydalgan yerlar mamlakatdagi barcha ishga yaroqli yerlarning 1/3 qismidan ko’prog’ini tashkil etadi. Biroq ekinlarning hosildorligi yuqori bo’lganidan yalpi hosil ko’p olinadi. Donli ekinlar orasida bug’doy va javdar, shuningdek ARPA va suli asosiy roluynaydi. Arpadan pivo qilinadi, pivo pishirish ayniqsa Bavarilda rivojlangan. c Germaniya hududining qariyib uchdan bir qismi (10,7 mln.ga) o’rmon bilan qoplangan. Mamlakatda har yili salkam 30-40 mln. kub metr yog’och tayyorlanadi. Shimoliy va Boltiq dengizlarida, Grenlandiya orli atroflarida baliq ovlanadi.
Transporti. Transport yo’llarining zichligi bo’yicha Germaniya jahonda oldingi o’rinlarda turadi. Transport tarmoqlarining barchasi rivojlangan.
GFRda temir yo’llarining uzunligi 91,4 ming km bo’lib, unda yuk tashish hajmi jihatdan Fransiyadan keyingi o’rinda turadi. Avtomobil transporti yo’llari 496,6 ming km. bo’lib, hozir yuk va yo’lovchilarni temir yo’liga qaraganda ko’proq tashimoqda. Daryo transportida mamlakat ichkarisidagi yukning 20% tashiladi va bu transportning mamlakatdan ahamiyati yuqori. Muhim transport tugunlari Gamburg,Myunxen, Leypsig shaharlardir. Eng yirik aeroport – Frankfurt Mayn shahrida joylashgan. Jami Germaniyada 16 ta xalqaro aeroportlar mavjud. Asosiy dengiz portlari: Gamburg, Bremen-Bremen xafen, Vilgelmsxafen, Rostok hisoblanadi.
5. Ichki tafovutlari va tashqi iqtisodiy aloqalari. Germaniyada ichki iqtisodiy – geografik tafovutlar ham mavjud G’arbiy qismi mamlakatning yirik industrial rayoni sifatida topilgan. Uning negizini Rur havzasi tashkil qiladi. Bu yer mamlakat hududini oz qismini tashkil qilsada, sanoat tarmoqlarining ko’p qismi shu yerda joylashgan. Shu jumladan og’ir sanoatning katta qismi to’plangan. Rurdagi shaharlarning sanoat tarmoqlari majmuasi bir-biriga o’xshab ketadi, faqat ayrim xususiyatlari bilangina farq qiladi. Masalan, Essenda mashitnasozlik va harbiy korxonalar ko’proq, Desburg xorijiy Yevropada eng katta metallurgiya markazi va daryo portidir. Rur havzasidan tashqarida Reyning yuqori oqimi bo’ylab joylashgan shaharlar o’z funktsiyalariga ko’ra ancha xilma-xildir. Masalan, Dyusselbdorfda ko’p tarmoqli sanoat mavjud u madaniy markazi hisoblanadi.
Germaniyaning janubiy qismida ko’mir (Sarda) va uran rudasi konlari mavjud. Aholining ko’pligi, Reyn va uning tarmoqlari vodiysidagi karvon yo’llari ustida joylashganligi, nihoyat qishloq xo’jaligi xom-ashyolarining mavjudligi bu yerda ishlov beruvchi turli xil sanoatning ko’plab markazlari vujudga kelishiiga sabab bo’lgan. Bu yerda metall sarflanadigan mashinasozlik-elektrotexnika, aniq mexanika va optika, elektron asbobsozlik, shuningdek Kime, to’qimachilik va oziq-ovqat sanoati ajralib turadi.
Germaniya dunyodagi tashqi savdo hajmi bo’yicha AQShdan keyin ikkinchi o’rinda turadi. Tashqi savdoning tovar va geografik tuzilishi mamlakatning xalqaro mehnat taqsimotidagi ishtirokini aks ettiradi. GFR avvalo sanoati rivojlangan davlatlarga, birinchi o’rinda Yevropa Kengashi bo’yicha sheriklariga qarab ish tutadi. Tashqi savdo aylanmasining asosiy qismi shu davlatlarga to’g’ri keladi. Germaniya chetga asosan avtomobillar, stanoklar, mashinalar, Kime mahsulotlari va elektr texnika buyumlari chiqaradi. Chetdan xom ashyo, elektr texnika va to’qimachilik mahsulotlari oladi.
Germaniya – jahondagi eng yirik investorlardan biri. U o’z sarmoyalarini ko’pgina davlatlarning sanaoati va xizmat sohasiga sarflamoqda. Germaniya bilan O’zbekiston Respublikasi o’rtasida rasmiy munosat 1992 yildan boshlangan. O’zbekiston respublikasining jami tovar aylanmasining deyarli 1/8 qismi hamda importning 1/7 qismi YeFR ga to’g’ri keladi. 1997 yil mamlakatimizning dunyo mamlakatlari bilan tashqi savdo hajmlari bo’yicha Germaniya 4-o’rinni (Rossiya, Koreya, Shveysariyadan keyin) egallaydi. 2000 yilda o’zaro savdo hajmi 291,9 mln. AQSh dollarini tashkil etdi. O’zbekistondan Germaniyaga paxta tolasi, miss va undan yasalgan buyumlar, boshqa rangli metallar yetkazib beriladi va turli xizmatlar ko’rsatiladi. Gemaniyadan O’zbekiston Respublikasiga asbob-uskuna, baliq mahsulotlari, qand-shakar va qandolat mahsulotlari, bug’doy uni, kimyoviy mahsulotlar, qora metall va undan tayyorlangan buyumlar, transport vositalari, saryog’ va o’simlik yog’i, optik asbob va apparatlar,sut mahsulotlari, qog’oz va karton, plastmassa va undan yasalgan buyumlar, uchish apparatlari va boshqalar yetkazib beriladi va turli xizmatlar ko’rsatiladi. Yengil sanoat, paxta va uning chiqitlarini qayta ishlash, tibbiyot va farmotsevtika priaparatlari ishlab chiqarish, qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlash, yuk va yo’lovchi tashish, avtoservis, ilmiy ishlanmalar, savdo-sotiq va boshqa sohalarda bir nechta qo’shma korxona faoliyat yuritayotir. O’zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi huzurida Germaniyaning 40 ta firma va kompaniyasi vakolatxonalari rasmiylashtirilgan.
Download 59.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling