1-Mavzu: elektr yurituvchi kuch


MAVZUGA OID IBORALARNING IZOHLI LUG’ATI


Download 47.9 Kb.
bet5/5
Sana05.01.2022
Hajmi47.9 Kb.
#233927
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-Mavzu elektr yurituvchi kuch

MAVZUGA OID IBORALARNING IZOHLI LUG’ATI

Elektrkimyo – fizikaviy kimyoning energiyasini elektr energiyaga (galvanik elementlarda) va buni aksi elektr energiyani kimyoviy energiyaga (elektroliz) aylanishini o’rganadigan bo’limidir.

Elektrod potentsial – metall bilan eritma orasida potensiallar ayirmasining hosil bo’lishidir. Agar metall suvga botirilsa, u hamma vaqt manfiy zaryadlanadi, metallga yaqin suyuqlik qavati esa musbat zaryadlanadi, natijada potentsiallar ayirmasi vujudga keladi.

Qo’sh elektr qavat – metall plastinka suvga tushirilganda, metall ionlari suvga o’ta boshlaydi. Musbat ionlarning bir qismini yo’qotgan metall ortiqcha elektronlarga ega bo’lib qolib manfiy zaryadlanadi, metalldan eritmaga o’tgan ionlar metall yaqinida joylashib musbat qavatni hosil qiladi va bu qavat metallga tortiladi, bunday holatga qo’sh elektr qavat deyiladi.

Nernst formulasi – metall bilan eritma o’rtasida hosil bo’ladigan elektrod potentsial miqdori mazkur formula yordamida aniqlanadi:



Е – elektrod potentsiali, volt,

Е0 – normal (standart) potentsial,

R – universal gaz doimiyligi,

Т – mutlaq harorat, N – ion zaryadi (valentligi)

Ђ – Faradey soni, 96500 kulon

– metall ionlarining eritmadagi konsentratsiyasi

Normal elektrod potentsial – metall shu metallning konsentratsiyasi С=1g– ioni bo’lgan eritmasiga tushirilganda hosil bo’ladigan potentsialdir.

Metallarning kuchlanishlar qatori – metallarning potentsiallari ortib borishi tartibida ketma – ket joylashtirilgan qatoridir. Kuchlanishlar qatorida chapda turgan metall o’zidan keyingi metallarni birikmalaridan siqib chiqara oladi.

Galvanik elementlar – kimyoviy reaksiya natijasida elektr energiyasi ishlab chiqaradigan, ya‘ni kimyoviy energiyani elektr energiyasiga aylantirib beradigan asboblar bo’lib, bunday elementni tuzish uchun o’zaro tegib turgan (o’zaro sifon orqali tutashtirilgan) ikki elektrolit eritmasiga ikki xil metall tushirilib, bu metallarning uchlari bir – biriga ulanadi.

Elektr yurituvchi kuch – galvanik element qaytar holatda ishlanganda hosil bo’ladigan potentsiallarning maksimal farqidir.

Yakobi – Daniel elementi – qaytar galvanik element bo’lib, masalan, bunda rux plastinka rux sulfat ZnSO4 eritmasiga, mis plastinka CuSO4 eritmasiga botirilgan bo’ladi, bunda uning sxemasi quyidagicha yoziladi:

(+) Cu | CuSO4 | ZnSO4 | Zn (–)

Veston elementi – elektr yurituvchi kuchni o’lchash uchun etalon sifatida ishlatiladigan galvanik elementdir. Bu elementda kadmiyning oksidlanishi va simobning qaytarilishi hisobiga elektr oqimi hosil bo’ladi.

Cd + Hg2SO4 = CdSO4 + 2Hg

Korroziya – metallarning, umuman, turli moddalarning tashqi muhit bilan kimyoviy yoki elektrkimyoviy ta‘sirlanishi natijasida buzilishi va yemirilishidir.

Kimyoviy korroziya – yuqori haroratda metallga elektrolit suyuqlik yoki gazlar ta‘sir qilganda kimyoviy reaksiya natijasida sodir bo’ladigan korroziya bo’lib, bunga yuqori haroratda temirning havoda zanglashi misol bo’la oladi.

Elektrkimyoviy korroziya – metallar elektrolit eritmalari muhitida sodir bo’ladigan korroziya bo’lib, natijada oksidlar va gidroksidlar hosil bo’ladi. Korroziya mexanizmi galvanik element hosil bo’lishidan iborat.
Download 47.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling