1-Mavzu: elektr yurituvchi kuch


ELeKTR O’TKAZUVCHANLIKNING


Download 47.9 Kb.
bet2/5
Sana05.01.2022
Hajmi47.9 Kb.
#233927
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-Mavzu elektr yurituvchi kuch

2. ELeKTR O’TKAZUVCHANLIKNING

AMALIY AHAMIYaTI

Eritmamalarning elektr o’tkazuvchanligini o’rganish amaliy jihatdan ham katta ahamiyatga egadir. Masalan, oz eriydigan tuzlarning eruvchanligini aniqlash, tuzlarning gidrolizlanish darajasini hisoblash kabi amallar eritmaning elektr o’tkazuvchanligini o’lchash orqali amalga oshiriladi.

Ishlab chiqarish jarayonlarida qo’llaniladigan xomashyo, tayyor mahsulotlar, kislota yoki ishqorlarni sinab ko’rish lozim bo’ladi. Bunday hollarda ba‘zan eritma loyqa bo’lganidan kimyoviy titrlash usullari foyda bermaydi, chunki indikator tiniq rangni hosil qilmaydi. Anashunday hollarda eritmaning elektr o’tkazuvchanligini aniqlab, to’g’ri natija olish mumkin. Eritmalarda Н+ va ОН- ionlar elektr maydonida barcha ionlarga qaraganda tez harakat qiladi. Shu sababli kislota va asos eritmalarining elektr o’tkazuvchanligi ularning tuzlariga qaraganda yuqori bo’ladi.

Masalan, NCl ning suyultirilgan eritmasini NaOH eritmasi bilan titrlash kerak bo’lsa, NCl eritmasining cheksiz suyultirilgandagi ekvivalent elektr o’tkazuvchanligi Н+ hamda Cl- ionlarning harakatchanliklari yig’indisiga teng bo’ladi:

= lk + la = 315 + 65,3 = 380,3

SHu eritmaga ishqor qo’shilganda kislotaning elektr o’tkazuvchanligi kamayadi. Eritma to’liq neytrallanganda, asosan Na+ va Cl- ionlari bo’ladi.

Bunda eritmaning ekvivalent elektr o’tkazuvchanligi quyidagicha bo’ladi:

= lk + la = 42,6 + 65,3 = 107,9

agar eritmaga yana ishqor qo’shilsa, elektr o’tkazuvchanligi ortib boradi. Bundan ko’rinadiki, to’liq neytrallash vaqtida eritmaning elektr o’tkazuvchanligi eng kichik qiymatda bo’ladi.

Bu usulda titrlash uchun indikator sifatida eritmaning elektr o’tkazuvchanligidan foydalaniladi. Shu kabi, titrlash usuli konduktometrik titrlash deyiladi.


Download 47.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling