1-Mavzu: elektr yurituvchi kuch


Download 47.9 Kb.
bet3/5
Sana05.01.2022
Hajmi47.9 Kb.
#233927
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-Mavzu elektr yurituvchi kuch

3. ELEKTRKIMYOVIY KORROZIYA

Metallar havo, tuz, suv, kislota va ishqor eritmalari ta‘sirida yemiriladi. Metallarning, umuman, turli moddalarning tashqi muhit bilan kimyoviy yoki elektr kimyoviy ta‘sirlanishi natijasida buzilishi va yemirilishiga korroziya deyiladi.

Korroziya xalq xo’jaligiga juda katta zarar yetkazadi.

Korroziya fizikaviy va kimyoviy tabiatiga ko’ra ikki xil bo’ladi: kimyoviy korrolziya va elektr kimyoviy korroziya.

Kimyoviy korroziya yuqori haroratda metallga elektrolit suyuqlik – gazlar ta‘sir qilganda kimyoviy reaksiya natijasida sodir bo’ladi. Yuqori haroratda temirning havoda zanglashi bunga misol bo’la oladi. Lekin, past haroratda yuqori tezlikda amalga oshadigan elektr kimyoviy korroziyalar ham mavjud, bunday korroziya xalq xo’jaligiga ayniqsa ko’p zarar yetkazadi.

Elektrkimyovyi korroziya metallar elektrolit eritmalari muhitida turganda sodir bo’ladi. Korroziya oqibatida oksidlar va gidroksidlar hosil bo’ladi. Korroziya mexanizmi galvanik element hosil bo’lishidan iborat.

Metallar ko’pincha sof ya‘ni toza bo’lmaydi, metall buyumlar asosan metall qotishmalaridan tayyorlanadi. Shuning uchun metall yoki metall buyum elektrolit eritmasiga tushirilsa yoki nam havoda qoldirilsa, galvanik elementlar hosil bo’ladi. Metallning o’zi bir qutb bo’lsa, undagi aralashma ikkinchi qutb bo’ladi va shu metalning o’zi qutblarni tutashtiruvchi o’tkazgich vazifasini bajaradi. Natijada galvanik elementlar ishlay boshlaydi. Oksidlanish jarayoni borayotgan qutb anod, qaytarilish jarayoni borayotgan qutb katod deyiladi. Shunga ko’ra, elektrolizda oksidlanish musbat qutbda va qaytarilish manfiy qutbda boradi, galvanik elementlarda esa aksinchadir. Shuning uchun ham elektrolizda manfiy qutb katod va musbat qutb anod bo’ladi, galvanik elementlarda aksincha manfiy qutb anod, musbat qutb esa katod bo’ladi.

Katodda eritmadagi Н3О+ ioni metalldan elektronni olib zaryadsizlanadi (qaytariladi):

2 Н3О+ + е  2Н2О + Н2

Natijada katod maydonida vodorod ajralib chiqadi. Elektron metall yuzasi bo’yicha harakat qiladi va yuqoridagi reaksiya natijasida yuzadan chiqib ketadi. Shunday qilib, korroziya metall yuzasidan elektron ketishi bilan boshlangan bo’ladi.

Demak elektr kimyoviy korroziya elektr oqimining vujudga kelishi bilan bog’liq bo’lib, korroziya tezligi elektr oqimining miqdoriga, bu esa element qutblaridagi potentsiallar ayirmasiga proportsional bo’ladi.



Download 47.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling