1-Мавзу: Etnomadaniyat fanining predmeti, maqsad va vazifalari
Download 0.74 Mb.
|
15. Etnik va ijtimoiy xotira.Toponimika - etnos ongning tarkibiy qismi.
Baytqo’rg’on — Qibray tumanidagi qishloq. Chirchiq daryosining o’ng qirg’og’iga joylashgan. Keksalarning so’zlariga qaraganda, qishloq atrofi qamishzor va to’qayzorlardan iborat bo’lib, faqat bu yerda Baytiboy degan bir qozoq boyning qo’rg’oni bo’lgan. Keyinchalik Qibray va Toshkentdan dehqonlar ko’chib kelishib, uylar solishib, u yerni obod qilishgan va Baytiboy nomi bilan Baytiqo’rg’on bo’lib qolgan deyishadi. Ayrimlari Baytiqo’rg’onga shahardan olimlar kelib, g’azalxonlik, ya’ni baytxonlik qilishgan, shuning uchun shunday nom berishgan deyishadi.
Yunusobod — Toshkent shahrining yangi dahalaridan biri. Bu joy 1917 yildan keyin tashkil topgan. Usha qishloqni barpo qilishda ishtirok yetgan keksa kosib Abdulla ota Nu’monov va o’tkir ota Hoshimovlar 1919 yilda taxtapullik kosib Yunus ismli kishi o’sha joyda chayla qurib, atrofidagi bo’sh yotgan yerlarni o’zlashtirib olgan. Keyinchalik ko’pgina taxtapullik kishilar qatori biz ham ko’chib kelganmiz va yangi yer ochib dehqonchilik qilganmiz, deydilar. O’shalarning aytishlaricha, birinchi bo’lib qo’riq yer ochgan Yunus akaning nomi bilan Yunusobod bo’lib qolgan. B. A. Ahmedovning fikricha 1784 yili Toshkent hokimi Yunusxo’ja bu joylarni obod qilganligi sababli, uning nomi bilan Yunus obod deb atalgan. Yalang’och — Toshkent shahridagi qishloqlardan biri. Hozir bu yerlar Toshkent agrar dorilfununi va bir qator zamonaviy binolar qurilgan obod joylardan biri. Bu nomning kelib chiqishi haqida keksalar shunday deydilar: «Ilgarilari bu yerda na daraxt, na bir odam yashagan, shuning uchun bu yerni yalang’och, ya’ni hech narsa yo’q» ma’nosida ishlatganlar, ba’zilari bu yerda bir odam yashagan, u kiyimsiz, yalang’och yurgan, hatto yoz oylarida ham o’t (olov) yoqib isinib o’tirgan, uni odamlar yalang’och devona yoki yalang’och eshon ham deyishar edilar, asta-sekin devona so’zi tushirib qoldirilib, yalang’och bo’lib qolgan deyishadi. Qonqus — Toshkent shahrini oralab o’tuvchi Anhor o’z suvini hozirgi kunda ham ikkiga, ya’ni «Qonqus» va «Chala» ariqlariga bo’lib beradi. Qonqus arig’ining nomi bilan ataluvchi qishloq hozirgi Zangiota tumanidagi kolxozning idorasi joylashgan hududni o’z ichiga oladi. Qishloq tarixi shunday hikoya bilan boshlanadi: «Qadim zamonlarda shu qishloqda yalang oyoq, yozin-qishin bir xil qiyinchilikda yashaydigan bir kambag’al birovlarning yerida ketmon chopib, tirikchilik qilgan. Kunlardan bir kuni qishloq oqsoqollari kel, shu bechora kambag’al ham bir parcha yeriga ega bo’lsin, umid bilan oramizda katta bo’ldiku deydilarda, qishloqning bir chetidan qo’riq yer beradilar. Bundan yigitning boshi osmonga etadi. Biroq yerni ishlashga hech narsasi yo’q, hamyoni quruq bu yigit shaharga tushib ikki yil mardikorlik qiladi, choyxonada choy tashiydi, Nihoyat, 5 — 10 tanga pul topib beliga tugib, ikki qop qattiq nonni elkasiga ortib, qishlog’iga keladi va yerga mehr bilan qaraydi, qish va yoz demay ishlaydi, ariq qaziydi, lekin yigitning yeriga suv bermaydilar, har kim kambag’alning suvini yo’ldan to’sib, o’z yerlarini sug’oraveradi. Bahor o’tib yoz keladi, hamma yerlar ko’m-ko’k, lekin yigitning yeri qaqrab yotadi. Yigit yeriga zo’rg’a suv olib keladi, yil bo’yi ariq qazib, bir ho’plam suv uchun yurak bag’ri ezilgan yigitning yeriga tasodifan silqindi paynak suv yetib borib qoladi. Fig’oni falakka ko’tarilgan yigit: «xudoga shukur, yerimga suv keldi, mehnat suvimdan bir ho’play» deb qorni bilan yerga yotadi. Issiq kunda entikib, lablari qaqragan yigitning chanqoqligidan lablari loy suvga tegadi-yu, yigit og’zidan laxta-laxta qon ketib, shu ondayoq jon beradi». Shu suv uchun qon qusib, jon bergan yigitning voqeasidan so’ng bu qishloqning nomi Qonqus bo’lib qolgan ham deyishadi. Faqat bugina emas butun Qonqus arig’idan suv ichuvchi mehnatkashlarning 1917 yilga qadar umumiy suv va sug’orish uchun tortgan azob-uqubatlari yigit tortgan azob-uqubatlardan qolishmas edi. Qonqus qishlog’ida istiqomat qiluvchi 1903 yilda tug’ilgan Xolmat ota Rahimovning hikoyasi ham diqqatga sazovor. «Rahmatli otam vafot yetganda men 12 yoshli bola edim. Bu voqea 1915 yilning ko’klamida sodir bo’ldi. Otam Rahim Cho’ng’aev degan boyning yerida korandachilik qilib, tirikchilik o’tkazar edi. Otam ekin ekadigan boyning yeri ham shu Qonqus arig’idan suv ichar edi. Yerni sug’orish maqsadida otam uydan ertalab chiqib ketadilar. U endigina Qonqus arig’idan o’z ekiniga suv ochadigan ariq boshiga borib, suvga tushib ariqqa suv ochayotganida Zangi ota volostining mingboshisi Burxonboy kelib qolib, ha nega so’roqsiz suv ochding yalangoyoq, deb haqorat qila boshlaydi. Otam indamaydi. Nega indamaysan, karquloq, deb otdan tushib, otamni qamchi bilan qattiq savalaydi. Mingboshi qo’lidan otamni ajratib ololmaydilar, mingboshi ketgach, otam kaltak zarbidan bir necha kun o’tgach vafot etadi» deydi. Xulosa qilib aytganda, bu ariqdan yerlarni sug’orish shunchalik qiyin bo’lganki, undan suv olib kelib mehnatkash dehqonlar o’z ekinlarini sug’orguncha qon qusib yuborganlar. Shu boisdan ham mehnat ahli bu ariqqa Qonqus deb nom berganlar. Aslida qonqus so’zi qishloq arig’i degan ma’noni bildiradi. Masalan: Ugom, Chotqol, Pskom so’zlaridagi gom, qol, kom — qo’shimchasi suv degan ma’noni ifodalaydi. Demak, Qonqusdagi qon so’zi — suv, qus — so’zi esa qishloq degan ma’noni bildiradi. Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling