1-Мавзу: Etnomadaniyat fanining predmeti, maqsad va vazifalari


Download 0.74 Mb.
bet9/58
Sana10.03.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1257548
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   58
Bog'liq
15. Etnik va ijtimoiy xotira.Toponimika - etnos ongning tarkibiy qismi.

Paxta mahallasi — Toshkent shahridagi mahallaning nomi. Paxta mahallasi deyilishiga sabab, hozirgi mahalla o’rnida paxta zavodi bo’lgan. Bu joylar allaqachon Toshkent shahriga qo’shilib ketgan va yangi imoratlar qurilib, katta bir mahalla tashkil topgan. Mahalla hozir ham Paxta mahallasi deb yuritiladi.
Qashqar — Toshkent shahar mahallalaridan biri. Bu joyni o’tgan asrning 40- yillarida Sharqiy Turkistondan qochib kelgan qashqarliklar obod qilgan. Manjurlardan yengilib qaytgan Qo’qon xoni Madalixon bilan birga kelishgan. Ular Qo’qon xonligining Toshkentdagi tayanchi hisoblangan. Keyinchalik Oqqo’rg’on darvozasi ham Qashqar darvozasi nomini olgan. Qashqar mahallasi 1966 yilgi Toshkent zilzilasidan eng ko’p zarar ko’rgan joylardan biri bo’ldi. Hozir bu yerda ko’p qavatli zamonaviy binolar qad ko’targan.
Qurama — Toshkent viloyatidagi tog’ va qishloqning nomi. Qurama so’zi va quramalarning kelib chiqishi masalasini professor V. V. Reshetov ancha batafsil yoritib bergan. Qurama haqiqatan ham «aralash — quralash» degan so’zdir. V. V. Reshetov bir qancha lingvistik, tarixiy dalillardan, vaqf hujjatlaridan foydalanadi. Xo’ja Ahrorning vaqf hujjatlarida (hijriy 860 y.) qurama degan joy nomlari tilga olinadi. Demak, qurama degan so’z va qurama xalqi XV asrdayoq mavjud bo’lgan. V. V. Reshetov quramalar Ohangaroi vohasiga kelib o’rnashgan davrda tarkib topgan, ular turkiy, Mo’g’ul va boshqa elatlarning’ chatishib ketishidan vujudga kelgan, XV — XVI asrlarda esa quramalarga so’nggi marta ko’chmanchi o’zbeklar, undan keyin esa qozoqlar kelib qo’shilgan, degan xulosa chiqaradi. Ohangaron vohasidan boshqa yerlarda ham quramalar bo’lgan. V. V. Reshetovning yozishicha, Toshkent bilan Xo’jand orasidagi xalqlar qurama deb atalgan. Karki shahri xalqi ham qurama deyilgan. Arkin urug’ining ma’nosi ham aslida qurama degan so’zni anglatadi. Samarqand viloyatining Xatirchi tumanida, Andijon viloyatining Jalolquduq tumanida Qurama degan qishloqlar bor.
Qurbaqaobod - Toshkentning shimoli-g’arbidagi guzar-mahalla. N. G. Mallitskiyning ma’lumotlariga ko’ra, bu joy zah sizot bo’lganligidan qurbaqalar ko’p bo’lib, Qurbaqaobod degan kulgili nom olgan. Hozir bu joyga eng zamonaviy binolar qurilib, Birlik dahasi deb nom berilgan.

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling