1-Мавзу: Etnomadaniyat fanining predmeti, maqsad va vazifalari
Download 0.74 Mb.
|
15. Etnik va ijtimoiy xotira.Toponimika - etnos ongning tarkibiy qismi.
No’g’ayqo’rg’on — Toshkent shahridan oqib o’tgan Solorning Jo’n ariqqa quyiladigan joy atrofida o’rnashgan qishloq. Hozir shahar hududiga qo’shilib ketgan. Bu yerda dastlab no’g’aylar kelib o’rnashgani uchun shunday nom olgan. O’tgan asrning boshlarida Toshkent Qo’qon xonligi tarafidan bosib olingandan keyin Toshkentga ko’chib kelgan tatarlarga joy beriladi. Qo’qon xoni Madalixon yoki Muhammadalixon (1822 — 1842 yy.), g’arbda Jo’yi tarxon (hozirgi Darhon) arig’idan sharqda to Qorasuvgacha, undan janubda Sovuq-buloqqacha, shimolda Solor arig’igacha bo’lgan yerlarni tatarlarga in’om etib, oliq-soliqlardan ozod qiladi.
Obdon — Toshkent viloyati Pskent hududidagi tog’. Tojikcha — ob va don so’zlaridan olingan bo’lib, «suvxona», suv ko’p joy ma’nosini bildiradi. Suv inshooti, sardobaning kichikroq turi ham obdon (ovdan) deyiladi. O’rta Osiyo va Ozarbayjonda obdon inshootlari ko’p bo’lgan. Pasra — (fasra). Toshkentning Shayxontahur dahasidagi mahallalardan birining nomi (shahar tashqarisidagi ekin joyi). Solor arig’ining chap sohilida Chirchiqqa ketadigan temir yo’l yonida bo’lgan kichik ekin maydoni. Ozroq ekin ekib olish pasra deyilgan. Ba’zan tomorqani ham pasra deyishadi. Qashqadaryo viloyati, YAkkabog’ tumanida hdm Pasra nomli qishloq bor. Rudak — Toshkent shahrining oltin kamari, deyarli shaharni oralab o’tuvchi Solor arig’ining eski nomi. Rud — fors-tojik tilida «katta ariq» degan so’z. Ba’zan daryo ham rud deyiladi. Bu atama eski asarlarda, jumladan «Boburnoma»da uchraydi. Rudxona so’zlari ham shu atamadan olingan. Rudxona — daryo o’zani. YA. G’. G’ulomovning ma’lumotlariga qaraganda, Xorazmda rudxona atamasi ishlatilgan. Shunday qilib, Rudak nomining birinchi qismi, ya’ni Rud «ariq» suv degan so’z, «ak» esa toponim yasovchi affiksdir. Buyuk tojik shoiri Rudakiy tug’ilgan qishloq ham shu nom bilan ataladi. Sarog’och — (Sariog’och) — Toshkent yaqinidagi qishloq. Qozoqlar Sarmagash, ya’ni «sariq daraxt» ham deyishadi. Sariog’och toponimi qurib, sarg’ayib borayotgan daraxt (O’simlik) nomidan kelib chiqqan. Teyit — Yuqori Chirchiq tumanidagi qishloq. Teyit so’zi qirg’iz — qipchoqlar urug’ining nomi. Andijon viloyati Xo’jaobod tumanidagi Qorateyit, Teyit, Sariteyit qishloqlarining nomi ham ana shu etnonimlar bilan bog’liqdir. Turkman — Toshkentdagi sobiq «turkman bozori». O’zbekistonda joy nomi bilan uchraydigan etnonim. Ba’zi birovlar (V. G. Mogakova) Samarqand va Buxoro viloyatidagi turkmanlarni turkman millatiga mansub etnik guruh deb hisoblaydilar. K. Shoniyozov esa bu turkmanlar o’zlaricha mustaqil etnik guruh bo’lib, o’zbek millati tarkibiga kiradi, deb hisoblaydi. Xonariq — Toshkent yaqinidagi To’ytepadan boshlanadigan ariq (kanal). Bu ariq o’tgan asrning 40- yillarida Qo’qon xoni Madalixon (Muhammadalixon) davrida qazilgan va xon sharafiga shunday nom berilgan. Chotqol — Chirchiq daryosining bosh irmoqlaridan biri. Talas Olatovlaridan boshlanadi. Chotqol qadimgi fors-tojik tilida «qayin» demakdir. Chotqol daryosi bo’yida tojiklar yashaydi, shuning uchun shu nom bilan ataladi. O’simlik va hayvonlarning eski nomlari hech qanday qo’shimchasiz ham toponim shaklida uchraydi (So’kso’k, Do’lta, Qo’lon va hokazolar). Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling