1-Мавзу: Etnomadaniyat fanining predmeti, maqsad va vazifalari
Download 0.74 Mb.
|
15. Etnik va ijtimoiy xotira.Toponimika - etnos ongning tarkibiy qismi.
Darxonariq — Mo’g’ulcha «darhon» so’zidan tarkib topgan bo’lib, ma’nosi «majburiyatlardan to’la ozod qilingan» demakdir. Bunday nomlar ko’p uchraydi. Masalan, Samarqand viloyatining Ishtixon tumanida Boshdarxon, Jo’raboydarxon, Ozoddarxon, Naymandarxon, Po’latdarxon, Qirqdarxon degan qishloqlar bor. Bu so’z o’zbek tilida «tarxon» shaklida ishlatiladi. Tarxon — xohlagan narsasini qila oladigan; harbiy xizmatdan butunlay ozod kishidir. Tarxonlar har qanday jinoyat qilsalar ham, to’qqiz nafargacha afv etilgan. Tarxonlik XV asrda ayniqsa avj olgan va feodallarga keng imtiyoz berishning bir vositasi hisoblangan. Temuriylar davlatida tarxonlar qo’lida yirik yerlar va katta hokimiyat bo’lgan. Tarxonlik O’rta Osiyoda xdm saqlanib qolgan. Ba’zan ayrim kishilargina emas, balki butun bir shaxdr aholisiga tarxonlik huquqi berilgan.
Arpapoya so’zi aslida arpaning poyasi yoki arpa ekiladigan joy bo’lmasa kerak. H. Hasanov ma’lumotiga ko’ra, Aropa deganda o’rda chetidagi xandaq tushunilgan. Aropa asta-sekin Arpapoya bo’lib o’zgarib ketgan bo’lishi mumkin. Aropa (Arofa) «balandlik» ma’nosidagi «arfa» so’zining ko’pligi bo’lishi ham mumkin. Anhor atamasi arabcha nahr (daryo, kanal) so’zining ko’pligi. Akademik Ya. G’. G’ulomovning fikricha, Bo’zsuv kanali shahar ichkarisiga kirgan hozirgi Semashko nomli shifoxona yonida g’arbga — Kaykovus nomi bilan, janubga — Anhor nomi bilan ikkiga bo’linib ketgan. Har ikkala kanal milodning V — VI asrlari mobaynida qazilgan. Eski jo’va — Toshkentdagi xon arkining chekkasida, eski harbiy aslahdlar saqlanadigan omborxona — jevaxona bo’lgan. Haqiqatan ham jeba (jiba) deganda sovut yoki umuman harbiy qurol-aslaha tushunilgan. Bu o’rinda yana shuni ham aytish kerakki, tarixiy manbalarda, xususan vaqf hujjatlarida jo’ba «bozor» ma’nosida uchraydi. Chunonchi, X asr yodgorligi Narshaxiyning «Buxoro tarixi» asarida Buxoro bozorlaridan biri Jubai baqqolon, ya’ni Baqqollar bozori deb atalganligi qayd qilingan. Chaqar deb shahar devorining tashqarisidagi qal’a istehkomga aytilgan. Yana shuni aytish kerakki, chahar degan Mo’g’ul urug’i bo’lgan, Mo’g’ulistonda chahar degan joy ham bor. Filologyya fanlari doktori S. D. Nominxonov O’zbekistonda Chaqar deb nomlangan qishloqlardan ettitasini sanab o’tadi va bu qishloqlar Chaqar degan urug’ nomi bilan atalgan, deydi. Sag’bon atamasining ma’nosi «itboqar» demakdir. Ba’zi birovlar Toshkentning shimoliy chekkasida Xasti Imom (hazrat imom) atrofida non bozori bo’lgan, ana shu yerlarda chorva mahsulotlarini qayta ishlaydigan ko’nchilik kabi bar qancha hunarmandchilik korxonalari vujudga kelgan. Shu bilan bir qatorda, mol olib sotadigan jalloblarga xizmat qiladigan itboqarlar (sakbon) ham bo’lgan. Ko’cha va ariq nomi ana shundan kelib chiqqan, deyishadi. Sog’bon, Sohibon, ya’ni «Sohib»lar so’zidan kelib chiqqan degan fikr ham bor. Boshqa bir tarixchilarning fikricha, Sog’bon qadimgi otashparastlik e’tiqodi bilan bog’liqdir. Otashparastlar marhumni yerga ko’mishmagan, chunki murda yerni iflos qiladi, deb hisoblaganlar. Shuning uchun ular o’likni qush-quzg’unlar eb ketsin, deb uzoqroq joyga o lib borib tashlaganlar, shahar ichida maxsus joylarda it boqilib, o’liklarni ana shu itlarga edirganlar, murda suyaklarini esa maxsus idishlarda — ossuari yoki ostadonlarga solib, ko’mishgan. Sog’bon mahallasida ana shu maqsadda it boqilgan. XVI asrning boshida Qumloq atrofida shayboniylardan Suyunchxojaxonning chorbog’i bo’lib, uni bog’i Kaykovus (Orig’ nomi bilan) deb atashgan. Sog’bon ko’chasida uning itxonasi (ov itlari) bo’lgan. Itboqarlar ham o’sha yerda turganlar, Sag’bon so’zi shundan kelib chiqqan degan rivoyat ham bor,— deydi B. A. Ahmedov. Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling