1-Мавзу: Etnomadaniyat fanining predmeti, maqsad va vazifalari
Download 0.74 Mb.
|
15. Etnik va ijtimoiy xotira.Toponimika - etnos ongning tarkibiy qismi.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Darsning
Kaffoli Shoshiy maqbarasi
Bu me’moriy obyda Zarqaynar ko’chasida Hazrati Imom (Xastimom) nomi bilan mashhur bo’lgan imom Abu Bakir Muxdmmad ibn Ali ibn Ismoil al-Kaffol ash-Shoshiyga atab qurilgan. Dastlabki maqbara saqlanmagan. Kaffol Shoshiy maqbarasi me’mor G’ulom Husayn tomonidan 1541 — 1542 yillarda qurilgan. eshik tepasidagi kitoba va gumbazning pastki qismidagi yozuvlar saqlangan. Maqbara tarxi chortoq bo’lib, o’rtadagi katta xona qo’sh qavat gumbaz bilan yopilgan. Maqbara burchaklarida ikki va uch qavatli sakkiz yoqli va to’rtburchak hujralar bor. Katta xonaning uch tomoni peshtoqli Maqbaraning janubiy tomonidan qadimgi qabrli hovliga chiqiladi. Maqbaraning tashqi tomonlari bezaksiz. Maqbara 1960 yilda ta’mirlangan. Hazrat imom kompleksiO’z davrining o’qimishli kishilaridan biri bo’lgan imom, Abu Bakr Muhdmmad ibn Ali ibn Ismoil al-Kaffol al-Shoshiy (904 —976)ning qabri asos qilinib bunyod etilgan obida. Qabr va uning atrofida vujudga kelgan qabriston hamda me’morchilik yodgorliklari kompleksi (Kaykovus bog’i bilan birga) Hazrati imom nomi bilan ataladi. Dastlab, XVI asrning 30h yillarida ikkita maqbara qurilgan, kattasi Toshkentning shayboniylar sulolasidan bo’lgan Xoni Suyunchxo’jaxon maqbarasi, deb taxmin qilinadi. XVI asrning 50- yillarida bu binolar Barakxon madrasasi me’morchilik yodgorliklari tarkibiga qo’shilgan. O’sha davrda Hazrati imom qabri ustida Kaffol Shoshiy maqbarasi buntyod etilgan. XVI asr oxirlarida uning qarshisida «Qo’sh» uslubida Kaffol Shoshiyning’ avlodi, Boboxoji maqbarasi qurilgan (bu bino 1939 yili buzib tashlangan). XVI asrda Xastimom kompleksida sayrg’oh bog’ bo’lgan (asriy chynorlar, qayrag’och va boshqa daraxtlar, hovuz va ayvonlar mavjud edi), xalq sayillari o’tkazilgan. XIX asr o’rtalarida Barakxon madrasasi ro’parasida Namozgoh, (tillashayx), Mo’yi muborak madrasasi, Jome masjidi (saqlanmagan) qurilgan. XX asr boshlarida 6 ustunli 12 gumbazli Tillashayx masjidi qayta qurilgan. Hazrati imom kompleksida Movarounnahr musulmonlari idorasi joylashgan. Shunday qilib, biz Toshkent shahri va vohasidagi toponimlarni ilmiy asosda, tarixiy hujjatlar, manbalarga suyanib, turli-tuman nomlarning bir guruhininggina tarixini o’rganib chiqishga muvaffaq bo’ldik. Agar sizlar ham o’z jonajon maktabingiz, kolxoz, sovxozingiz, qishloq va tumaningiz hududidagi nomlarning kelib chiqishi bilan qiziqsangiz mana shunday toponimik ma’lumotlarga ega bo’lasiz. Bu esa jonajon o’lka tarixini o’rganishda, uni sevishda, olgan bilimla-ringizni chuqurlashtirish va rivojlantirishda, ijodiy izlanishingizda sizga yaqindan yordam beradi. 3. Buxoro, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari toponimikasini o’rganish Darsning maqsadi: o’quvchilarga arablar hukmronligining oxiri va IX asrda Somoniylar davlatining tashkil topishi va bu davlatni boshqarish hamda xo’jaligining yuksalishi, feodal shaharlarning ravnaqi, savdo aloqalarining kengayishi haqida tushuncha beriladi. Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling