Toshkent — Buxoro viloyati Qorako’l tumanidagi qishloq nomi. Qishloqqa toshkentliklar ko’chib kelib o’rnashgandan shunday nom olgan.
Toqi sarrofon — Buxoro shahridagi bozor. Toq so’zi qadimiy me’morchilik atamalaridan biri bo’lib, «arkli bino» ma’nosini anglatadi. Buxoro xonligida usti yopilgan bozor toq deyilgan. Masalan, Toqi telpakfurushon Telpak sotuvchilar toqi, Toqi sarrofon ham shunday bozor (rasta)lardan biridir. Sarrof — «pul maydalovchi» demakdir. O’rta asrlarda Buxoroning Kesh (Shahrisabz) darvozasi yaqinidagi bir mahalla Rasattoq (arabcha «ark boshi») deb atalgan. Bu maxdlla qadimda ana shu yerda bo’lgan gumbazli bozor nrmi bilan atalgan bo’lsa kerak, deydi tarixchi O. I. Smirnova.
Xumdonak — Buxoro viloyatidagi qishloq nomi. G’isht, sopol buyumlar pishiriladigan xumdon so’ziga kichraytirish affiksi «ak» qo’shilib yasalgan toponim. Xumdonak «xumdoncha qishloq» ma’nosini bildiradi.
Xoja Tabband — Buxoro guzarlaridan biri. Ma’nosi bezgakni bog’lovchi, yo’q qilib tashlovchi (davolovchi) demakdir. Jonli tilda Tabbat bo’lib ketgan. Guzarda xoja Tabband mozori bor. Rivoyatlarga ko’ra, xoja Tabband bezgakni davolagan. Guzar ana shu xoja Tabband nomi bilan atalib kelinmoqda.
Shoxrud — shahar arig’i, Buxoro shahrini suv bilan ta’minlaydigan ariq. Dastlab Rudi zar deb atalgan: Arab geograflari asarlarida Nauri zar shaklida qayd qilingan. Shayx Boharziyning vaqf hujjatlarida (XIV asr) Rudi shaO’ri Buxoro deb atalgan. Keyingi asarlarda Shohrud bo’lib ketgan. eronda hdm Shohrud degan ariq bor.
Sho’riston — Buxoro viloyati Shofirkon tumanidagi Qishloqning nomi. Sho’riston — «sho’r bosgan joy», «sho’rxok» ma’nolarini bildiradi.
Qulonxona — Buxoro viloyati Buxoro tumanidagi qishloq Bir zamonlar qulon ko’p bo’lganligidan shuiday nom olgan bo’lishi mumkin. Lekin qulon (qulontik) urug’i vakillari yashaydigan qishloq ham Qulonxona deb atalgan bo’lsa ajab emas.
Qo’tir buloq — Vobkent tumanidagi qishloq. Qishloq qo’tir kasalligiga davo bo’ladigan buloq yonida joylashganligidan shunday nom olgan.
G’ijduvon — Buxoro viloyatidagi shaxdr. Dastlab Narshaxiy asarida tilga olingan. Boshqa tarixiy manbalarda G’ijduvon shaklida ham qayd qilingan. Xalq og’zida Gijduvon so’zini G’uji devon — devlar, ins-jinslar ko’p ma’nosida deyilsa, ayrimlar G’uji dehkon — «Bir to’p qishloq» demakdir, deb taxmin qiladilar. To’p qishloq degani to’g’ri bo’lsa kerak. Har holda etimologiyasi aniq emas. Bahovuddin Naqshbandning ustozi Abdulxoliq G’ijduvoniy nomiga qo’yilgan degan fikrlar ham bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |