1-Мавзу: Etnomadaniyat fanining predmeti, maqsad va vazifalari


Download 0.74 Mb.
bet21/58
Sana10.03.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1257548
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   58
Bog'liq
15. Etnik va ijtimoiy xotira.Toponimika - etnos ongning tarkibiy qismi.

Buyonqulixon maqbarasi (XIV asr). Bu maqbara 1358 yilda Samarqandda o’ldirilgan Mo’g’ul xoni chingiziy Buyonqulixon qabri ustiga qurilgan. Maqbara katta va kichik xonaga bo’lingan. Maqbaraning to’rt tomonida naqshinkor ustunlar bor. Devor ichidan qorong’i va tor yo’lak o’tadi. Maqbaraning ichki va tashqi tomoni rang-barang bo’yoq bilan bezatilgan. Bu yerda zangori, ko’k, binafsha rang va oq bo’yoqlargina ishlatilgan. Bo’yoqlar g’oyat toza va tiniq. O’sha zamonda peshtoq ham qurilgan. Faqat u binodan alohida qurilgan. Maqbara peshtoqi ham koshin bilan bezatilgan.
1926 yilda maqbara ta’mir etildi. Uning baland supa ustiga qurilganligi yaqinda aniqlandi.
Zindon — XVII asr oxirlarida Shahristonning shimoli-g’arbiy burchagidagi tepalikda (hozirgi kolxoz o’rnida) qurilgan. Bino ko’rimsiz bo’lib, baland g’isht devor bilan gir aylantirib o’rab olingan. Zindonga janubiy devordagi pastak peshtoqdan kirilgan. Kichkina hovli ikki qanotli tosh binoga olib boradi. O’ng qanotning boshidagi xonaga qarzini uzolmagan kishilar qamalgan. Binoning chap qanotidagi to’rtinchi xona kishida og’ir taassurot qoldiradi. U qorovulxona orqasidagi 5 metrli chuqur yerto’ladir. yer ustidagi qismi darchali qubba, yerto’laga katta teshikdan tushiladi.
Zindon hovlisidan mahbuslar «pirining» qabri hamda zindonning sharqiy va shimoliy tomonlaridan o’tadigan baland tor yo’lak bor. Hozirgi vaqtda zindonga Buxoro o’lkashunoslik muzeyining eksponatlari qo’yilgan.
Sitorai mohi xosa saroylari — shahardan 4 kilometr narida, shaharning shimol tomonida ikki saroy bor. Ulardan biri Buxoroning eng oxirgi amiri Said Olimxonning saroyidir. Bu saroy bir qavatli bo’lib «G» harfi shaklida qurilgan. Bunda garchi xalq ustalari o’yma ganchkorlikda va devorlarga surat solishda ajoyib mahorat namunalarini ko’rsatgan bo’lsalarda, amirlarning meshchanlik did-farosatlari, ularning bir-biriga zid dabdabali, hashamatli suratlarga o’chligi o’z aksini topgan. Amir saroyni bezattirishda Yevropa me’morchiligiga taqlid qilgan. Butun shu dabdaba-yu hashamatlarga taqlid qilib ishlangan surat va naqshlar orasida Sitorai mohi xosadagi «Oq saroy» («Oq zal») ga berilgan pardozlar xalq san’atkorlari hunarini ko’z-ko’z qilib turadi. Bu zalni iste’dodli san’atkor usta Shirin Murodov bir guruh Buxoro ustalari bilan qurgan. Hozirgi vaqtda Sitorai mohi xosaga Buxoro viloyati o’lkashunoslik muzeyi bo’limining ekspozitsiyalari joylashtirilgan. Saroy hududida sanatoriy ochilgan.
Sitorai mohi xosada amirning otasi Ahmad qurdirgan ikkinchi saroy ham bor. Bu bino saroy hayotining yodgorligi bo’lib, tamoman boshqacha rejalashtirilgan va bezatilgan. Hozir bu ikkinchi saroyga bolalar sanatoriysi joylashgan.
Qo’sh madrasadan janubda, zamonaviy binolar qurilishi olib borilayotgan joyda unchalik katta bo’lmagan Baland masjid (XVI asr) qad ko’tarib turibdi. Masjidning qishki binosi bilan yog’och ustunli ayvoni joylashgan poydevori baland bo’lganligi uchun Baland masjid deb nom olgan.
Imoratning barcha me’morchilik boyligi hozirgi paytda uning ichki tomoni hisoblanadi. Oltin suv yugurtirilgan nafis gulli yaltiroq katakcha tosh taxtachalardan iborat baland och-yashil panel’ kishini zavqlantiradi. Peshtoqchalardagi serhasham o’simlik suratidagi bezak IV asrning «guldor» gilamlariga juda o’xshaydi.

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling