1-Мавзу: Etnomadaniyat fanining predmeti, maqsad va vazifalari


Download 0.74 Mb.
bet19/58
Sana10.03.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1257548
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   58
Bog'liq
15. Etnik va ijtimoiy xotira.Toponimika - etnos ongning tarkibiy qismi.

Mir Arab madrasasi — shaxdrning markaziy qismida ikkita gumbaz atrofidagi imoratlardan ajralib turadi (1530 yil). Ulardan biri — Shimoliy gumbaz tiklanib, unga yarim moviy koshin bilan qoplangan bezak berilgan, Janubiy gumbaz esa bezatilmay qolib ketgan.
Madrasaga hashamatli baland peshtoqdan kiriladi. Madrasadagi binolar xuddi Ulug’bek madrasasidek joylashtirilgan. Faqat darsxona o’rnida go’rxona bor. Bu yerda yamanlik shayx Abdulla (Mir Arab) va uning qarindoshlari dafn qilingan. YOdgorlik shuning uchun hdm Mir Arab nomi bilan atalgan.
Madrasa hovlisining chor atrofini ikki qavatli hujralar o’rab turadi. Hujralar qatorini to’rtta peshtoq ajratib turibdi. Bir vaqtlar peshtoqlar juda baland bo’lgan.
Ulug’bek madrasasi (1417 yil). Bu madrasa Temurning nabirasi: buyuk astronom Ulug’bek qurdirgan uch madrasa-ning eng avvalgisidir. To’g’ri to’rtburchak shaklida qurilgan bu binoning hovlisi va bezatilgan baland peshtoqi bor. Madrasaning old tomoni ikki qavat qilib qurilgan, kiraverishdagi miyonxonaning bir tomonida darsxona, ikkinchi tomonida masjid, ikkinchi qavatida kutubxona bo’lgan.
Madrasaning ustki qismini Ismoil ibn Tohir Isfahoniy qurgan. 1585 yilda bu bino qayta tiklangan. Keyingi yillarda ham u tez-tez ta’mir qylinib turgan. Naqshlarning tarkibida yulduzsimon elementlar ko’pchilikni tashkil etadi. Buni astronom Ulug’bekning kasbi-koriga bog’lash mumkin.
Ulug’bek madrasasi darvoza tavaqalariga «Bilim olish har bir muslim va muslimaning burchidir» degan ibora o’yib yozilgan. MadrasaO’z chiroyi va naqshlarining juda go’zalligi bilan kishini hayratda qoldiradi. Bu bino O’rta Osiyo me’morchiligining ravnaq topganligini ko’rsatadigan yodgorlikdir.
Abdulazizxon madrasasi (1652 yil). Bu madrasa badiiy bezaqlarga juda boy bo’lib, o’z ahamiyati jihatidan O’rta Osiyo me’morchiligida alohida o’rin tutadi. Bu bino Ulug’bek madrasasi ro’parasida qurilgan bo’lib, nafis me’morchiligi va bezatilishi jihatidan go’yo Ulug’bek madrasasi bilan raqobat qilayotgandek tuyuladi. Holbuki, har ikki yodgorlik qurilishi o’rtasida ikki asrdan ortiq vaqt o’tgan.
Abdulazizxon madrasasi oddiy geometrik, yulduzsimon va o’simliklarni tasvirlaydigan bezaklar o’rniga ancha murakkab va xilma-xil naqshlar bilan ishlangan. Bu yerda ajdar va semurg’ qushning surati bor. Madrasada ikki masjid bor, yozgisi hovlida; darvoza yo’lagining g’arbiy burchagida esa qishki masjid bor. Ikkala masjidning ham devor va shiplari juda serhasham qilib bezatilgan.
Madrasa xalq me’mori usta Shirin Murodov ishtirokida ta’mirlangan (1930 yil).

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling