- Biror yarimo‘tkazgich kristalining bir tomonida n-turdagi, ikkinchi tomonida p-turdagi yarimo‘tkazgichni hosil qilaylik
- Yarimo‘tkazgichning o‘rta qismida erkin elektronlar tezgina bo‘sh kovaklarni to‘ldiradi.
- Natijada yarimo‘tkazgichning o‘rta qismida zaryad tashuvchilar bo‘lmagan soha hosil bo‘ladi. Bu sohaning xususiyati dielektriknikiday bo‘ladi.
- Shunga ko‘ra bu soha bundan keyin elektronlarning p-sohaga, kovaklarning n-sohaga o‘tishiga to‘sqinlik qiladi. Shu sababli uni berkituvchi qatlam deyiladi.
- Mazkur yarimo‘tkazgichni tok manbayiga ulaylik. Dastlab yarim o‘tkazgichning p-sohasini manbaning manfi y qutbiga, n-sohasini manbaning musbat qutbiga ulaylik.
- Bunda elektronlar manbaning musbat qutbiga, kovaklar manbaning manfi y qutbiga tortiladi. Natijada berkituvchi qatlam kengayadi.
- Yarimo‘tkazgich orqali deyarli tok o‘tmaydi. Bunday holat teskari p–n o‘tish deb ataladi. Endi yarimo‘tkazgichning p-sohasiga manbaning musbat qutbini, n-sohasiga manbaning manfi y qutbini ulaylik. Bunda elektronlar n-sohadan itarilib p-sohaga tortiladi.
- Kovaklar esa p-sohadan itarilib, n-sohaga tortiladi. Natijada berkituvchi qatlam torayadi va undan zaryad tashuvchilar o‘ta boshlaydi.
- Yarimo‘tkazgichdan tok o‘tadi. Bunday holatni to‘g‘ri p – n o‘tish deyiladi.
- To‘g‘ri p–n o‘tishda yarimo‘tkazgichning elektr qarshiligi, teskari p–n o‘tishga nisbatan bir necha marta kichik bo‘ladi. Yarimo‘tkazgichda p–n o‘tish tufayli tok faqat bir yo‘nalishda o‘tadi. Uning bu xususiyatidan yarimo‘tkazgichli asboblarda foydalaniladi.
- Yarimo‘tkazgichli diod
- Yarimo‘tkazgichlarda p–n o‘tishni hosil qilish uchun p va n o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lgan ikkita yarimo‘tkazgichni mexanik ravishda ulash yetarli bo‘lmaydi. Chunki bu holda ulardagi oraliq katta bo‘ladi. p va n o‘tishdagi qalinlik atomlararo masofaga teng bo‘ladigan darajada kichik bo‘lishi kerak.
- Shu sababli donor aralashmaga ega bo‘lgan germaniy monokristali yuzalaridan biriga indiy kavsharlanadi. Diffuziya hodisasi tufayli indiy atomlari germaniy monokristali ichiga kiradi. Natijada germaniy yuzasida p-turdagi o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lgan soha hosil bo‘ladi.
- Germaniy monokristalining indiy atomlari kirmagan sohasi avvalgidek n-turdagi o‘tkazuvchanlikka ega bo‘ladi.
- Oraliq sohada p–n o‘tish hosil bo‘ladi (9.11 a-rasm). Bitta p–n o‘tishga ega bo‘lgan yarimo‘tkazgichli asbobga
Do'stlaringiz bilan baham: |