1-Мавзу: Etnomadaniyat fanining predmeti, maqsad va vazifalari
Download 108.5 Kb.
|
Etnomadaniyat va milliy g’oya mushtarakligi. (1)
13-Mavzu: Etnomadaniyat va milliy g’oya mushtarakligi. Reja: 1. Milliy g’oya mustaqilligimizni mustahkamlashning ilmiy-nazariy va g’oyaviy asosi. 2. Millatlararo totuvlik ilmiy va umuminsoniy qadriyat sifatida. Milliy istiqlol g’oyasi fan sifatida 2001 yil 18 yanvardagi Prezidentimiz farmoni bilan alohida mustaqil fan sifatida O’zbekiston Respublikasining barcha o’quv yurtlariga kiritildi. Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar nomi bilan kiritilgan o’quv fani mustaqilligimizni g’oyaviy – nazariy va ilmiy- amaliy ifodasi bo’ldi. Bu g’oya dunyo hamjamiyatidan munosib o’rin egallab borayotgan mamlakatimiz xalqining mustaqillik yillarida orttirgan tajribalari, bosib o’tgan murakkab va jonli yo’li, milliy tafakkuri va ma’naviyatimizdagi yuksalishlarning mantiqiy natijasi, xalq irodasining mujassam ifodasi sifatida shakllandi. Milliy istiqlol g’oyasi va mafkurasi O’zbekiston xalqining ezgu g’oya - Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish yo’lidagi asriy orzu-intilishlari, ulug’ maqsad-muddaolarini o’zida aks ettiradi. Bu g’oya xalqni –xalq, millatni-millat etadigan, uning shonli yo’li, sha’ni-sharafi, or-nomusi, ishonch-e’tiqodini ifodalaydigan g’oyalar tizimidan iborat bo’lib, jamiyatimizni o’ziga xos taraqqiyot yo’li, turmush tarzi, tub manfaatlarini ifodalaydi, ularni amalga oshirishga xizmat qiladi. Shu nuqtai nazardan, aytish zarurki, milliy g’oya, uning asosiy tamoyillari Prezident Islom Karimov tomonidan asoslab berilgan vazifani-yurtimizda ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etishga xizmat qiladi gan yaxlit va izchil ta’limotni yoshlarimiz qalbi va ongicha singdirish vazifasini bajaradi. Bu fan milliy istiqlol g’oyasining asosiy tushuncha va tamoyillari, tarixiy negizlari, ilmiy, falsafiy, dunyoviy ildizlari, o’ziga xos nomoyon bo’lish xususiyatlari va qonuniyatlari to’g’risida bilim beradi. Mamlakatimizni mustaqillik yo’lidan rivojlantirish xususidagi asosiy nazariy va amaliy xulosalar Prezidentimizning asarlarida o’zining teran ifodasini topgan. Ularda jamiyatimizning pirovard maqsadlariga yetish yo’llarini aniq ifodalaydigan yaxlit ta’limot-milliy istiqlol g’oyasini mohiyati mazmuni, tushunchasi va tamoyillari, o’ziga xos xususiyatlari ilmiy-nazariy jihatdan isbotlab berilgan. Prezidentimiz asarlarini o’rganish yurtimizda barpo etilayotgan jamiyatning ijtimoiy – ma’naviy poydevorini mustahkamlash, g’oyaviy bo’shliq paydo bo’lishiga yo’l qo’ymaslik, yot mafkuralar tojovuziga qarshi tura oladigan har tomonlama barkamol insonlarni voyaga yetkazish zaruriyati milliy istiqlol g’oyasini taqozo yetganligini yaqqol ko’rsatadi.1 Xalqimizni buyuk kelajak va ulug’vor maqsadlari sari birlashtirish, har bir fuqaroning yagona Vatan baxt-saodati va ravnaqi uchun doimo ma’suliyat sezib yashashiga, ajdodlarimizning bebaho merosi, milliy qadriyat va an’analarimizga munosib bo’lishga erishish, yuksak fazilatli va komil insonlarni tarbiyalash, ularni bunyodkorlik ishlariga da’vat qilish, shu muqaddas tuproq uchun fidoyilikni hayot mezoniga aylantirish-milliy istiqlol g’oyasining asosiy maqsadidir. Milliy istiqlol g’oyasini yaratishi mustaqqilligimizning mustahkamlashning obyektiv zaruriyati va ehtiyoji tarzida yaratildi. Bu g’oya mamlakatimizdagi barcha elatlar, millatlarning, ijtimoiy-siyosiy tashkilotlar, siyosiy partiyalar va uyushmalarning, tadbirkorlar, yoshlar, faxriylar, ayollar ehtiyoj va manfaatlarini o’zida uyushtiradi, aks ettiradi. Milliy istiqlol g’oyasining tarixiy va nazariy tahlili shuni ko’rsatadiki, unda g’oya va mafkura tushunchalari, ularning xalqlar va davlatlar tarixiga ta’siri, globallashuv jarayonlari shiddat bilan kechayotgan hozirgi sharoitda g’oya va mafkuraning o’rni kabi dolzzarb muammolarni terang anglashga yordam beradi. Prezidentimiz o’zining qator asarlari, nutq va maqolalarida milliy istiqlol g’oyasida ifodalanadigan ulkan bunyodkorlik, kelajak sari og’ishmay olg’a borish, xalqimizni mustaqillik tomon dadil qadamlar borishi to’g’risidagi g’oyalar muntazam ta’kidlab boriladi. Xalqimiz siyosiy mustaqillik va ozodlikli qo’lga kiritishi natijasida o’z taqdirining chinakam egasi, o’z taqdirining ijodkori, o’ziga xos milliy madaniyatning sohibiga aylandi. Ma’naviyatga yangicha munosabat davlat miqyosida rivojlantirila boshlandi. “Har bir avlod el-yurtining tarixini va obro’yni o’zining farzandlik muhabbati va e’tiqodi, sadoqati va bunyodkorligi, matonati va mardligi bilan barpo etadi”1, degan tamoyilni oldinga suradi yurtboshimiz milliy g’oya va mafkura jamiyatimiz uchun naqadar zarur ekanligini, mafkuraviy bo’shliq jamiyat taraqqiyotiga to’liq bo’lishini, mafkurasiz odam, jamiyat va davlat o’z yo’lini yo’qotib qo’yishi mumkinligini alohida ta’kidlaydi. Milliy g’oya va mafkura jamiyatni, xalqni birlashtiruvchi, bunyodkorlik ishlariga safarbar etuvchi kuch bo’lishi, u xalqni-xalq, millatni millat etishi lozimligini, mafkura poligonlari yadro poligonlaridan kuchli ekanligini, mafkura o’tishi va kelajak o’rtasidan ko’prik vazifasini o’tashi lozimligini uqtiradi. Shu munosabat bilan ba’lim tizimini isloh qilish, uning yangi modellini ishlab chiqish, kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish to’g’risida nazariy va amaliy yo’l-yo’riqlarni ko’rsatib berdi.2 Milliy g’oyaning mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlashdagi ahamiyatini izohlashda qo’yidagi masalalarga jiddiy e’tibor berish zarur. Mustaqillik bu eng avvalo huquq, deydi Prezidentimiz. Bu lo’nda qilib aytilgan ta’rifda tom-tom ma’no mavjud. Darhaqiqat, mustaqillik sharofati bilan xalqimiz o’z taqdirini o’zi belgilash huquqiga; o’zining milliy davlatchiligini qurish huquqiga; yaxlit va yangi O’zbekiston deb ataluvchi mamlakatni jahon xaritasida tiklash huquqiga; yer osti va yer usti boyliklaridan o’z xalqi, millati manfaatlari yo’lida foydalanish huquqiga; milliy chegaralarini daxlsizligini ta’minlash huquqiga; xorijiy mamlakatlar bilan o’z milliy manfaatlari va maqsadlariga asoslangan holda xalqaro teng munosabatlar o’rnatish huquqiga; ona tili- o’zbek tiliga davlat tili berish huquqiga; qadimiy tarixiy yodgorliklarimizni asrab–avaylash va tiklash huquqiga; milliy boy madaniy ma’naviy merosimizni tiklash va unga egalik qilish huquqiga va boshqa ko’plab milliy, siyosiy, iqtisodiy, madaniy-ma’naviy huquqlarni qo’lga kiritdi. “Mustaqillik har bir O’zbekiston fuqarosi va vatan parvari uchun eng katta siyosiy, iqtisodiy hamda ma’naviy boylikdir, deb to’g’ri yozadi M.Abdullaev, - Mustaqillik Respublika xalqi, shu yurtning har bir fuqarosiga tinchlik, barqarorlik, hurriyat va ozodlik keltirdi, istiqlol tufayli o’zbek xalqi tarixiy qadriyatlar, ko’xna madaniyat va ma’rifat, an’ana va rasm-rusmlarga yana qayta ega bo’ldi, mamlakatimiz osmoni beg’ubor, baxt-saodat quyosh bilan porloq istiqlolga ega bo’ldi”.1 Milliy mafkura va milliy g’oyaning mustaqiligimizni mustahkamlashdagi beqiyos ahamiyatini yoritar ekan marhum, akademik H.Po’latov shunday deb yozgan edi. “Men o’zbeklarning milliy mafkurasi deganda milliy voqeligimizning mavjudlik qonuniyatlarimizdan kelib chiqadigan iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, siyosiy ehtiyojlari va manfaatlarini, tub ustuvor va salohiyatli muammolarini ilmiy asosda hal etib, rivojlanishimizning maqsadi va vazifalarini belgilash, ularni ro’yobga chiqarishda insonparvar yo’llar, adolatli usullar hamda vositalarni belgilovchi g’oya va fikrlar majmunni tushunaman”2. Mustaqillik natijasida ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy hayotda yuzaga chiqan barcha dolzarb muammolarni yangicha tafakkur orqali, falsafiy-nazariy mushohada qilgan va xulosa chiqargan holda mustaqillikni milliy mafkurasini yaratish lozim, zero ilmiy obyektivlik asosida mafkurani yangilash, yangilanish mafkurasini shakllantirish mamlakatimiz siyosiy va ma’naviy hayotini sog’lomlashtirishdir. Milliy g’oya hamma tarixiy davrlarda, ayniqsa tarixning burilish pallalarida ozodlik va mustaqillik uchun kurashning bayrog’i bo’lganligini, mustaqillikni qo’lga kiritgan millat yagona milliy g’oya bayrog’i ostida jipslashganligini tadqiqotchilar ta’kidlab o’tadilar. Milliy g’oya millatni yetaklovchi kuch hisoblanadi unda davlatning an’analari, shu zamin xalqlarining urf-odatlari, tarixi va ma’anaviyati mujassamlangan mustaqilligimizni asrashning ma’naviy-ruhiy asosi hisoblanadi. Yurtboshimiz: “Shuni alohida ta’kidlash lozimki, xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirishda milliy urf-odatlarimiz va ularning zamirida mujassam bo’lgan mehr-oqibat, insonni ulug’lash, tinch va osoyishta hayot, do’stlik va totuvlikni qadrlash, turli muammolarni birgalikda hal qilish kabi ibratli qadriyatlar tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu borada ma’naviy hayotimizning uzviy qismiga aylanib ketgan hashar odati istiqlol davrida yangicha ma’no-mazmunga ega bo’lib, umumilliy an’ana tusini olgan barchamizni mamnun etadi ”.1 Bu jarayon milliy g’oyaning o’z-o’zidan davlatimizning kelajagi bo’lmish yoshlar bilan qanchalik chambarchas ravishda to’ldiruvchi butunlik ekanligini isbotlaydi. Milliy g’oyaning amaliyotida qo’llanishi uning taraqqiyotini bildiradi. Bu o’rinda milliy g’oya ikki asosiy vazifani bajarib berishi bilan alohida ahamiyat kasb etadi. Birinchidan, shu Vatanga muhabbat ruhida, uning oldida doimo ma’suliyatni sezadigan, xalq, davlat manfaatlarini o’zinikidan ustun qo’yishga qodir bo’lgan yangi avlodni tarbiyalash uchun xizmat qiladi. Ikkinchidan, milliy g’oya yosh avlodni bugungi kunda “mafkuraviy xavf”larning oldini olish va ayniqsa, hissiyotga beriluvchan, ishonuvchan yosh avlodni o’ziga xos ravishdagi himoyasining ham amaliy-nazariy manba sifatida namoyon bo’ladi. Chunki mamlakatning kelajak poydevorlarining tom ma’nodagi me’morlari bu –yoshlardir. “Barchamizga ma’lumki, har qaysi davlat, har qaysi millat avvalo o’z farzandlari qiyofasida, unib o’sib kelayotgan yosh avlod timsolida shu xalqqa xos xususiyat va fazilatlarni namoyon etadigan, uning azaliy orzu-intilishlarini ro’yobga chiqaradigan buyuk kuchni ko’radi”1-deydi Yurtboshimiz. Mamlakatdagi ma’naviy, ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy sohalarlardagi yangilanishlar uchun davlatning bosh islohotchi ekanligi muhim. Milliy g’oyani davlat homiyligida va nazoratida avvalo ijtimoiy institutlarda, shuningdek, maktab ta’limi bilan bog’liq ravishda targ’ib qilishga qirishildi. Buning mohiyati yosh avlodni bugun, ayniqsa globallashuv va axborotlar xuruji oshayotgan paytda aniq maqsadga qaratilgan, millatparvar sifatida tarbiyalash, har qanday g’oya va mafkuralarga “ongsizlarcha”taqlidiy ergashish dardidan halos qilishdagi asosiy rolni bajarishi bilan belgilanadi. XXI asr boshlariga kelib, dunyo mamlakatlari o’rtasidagi o’zaro ta’sir shu qadar kuchayib kyetdiki, bu jarayondan to’la ihotalanib olgan birorta ham davlat yo’q, to’la ishonch bilan aytish mumkin. Hattoki, xalqaro tashkilotlardan uzoqroq turishga intilayotgan, ularga a’zo bo’lishni istamayotgan mamlakatlar ham bu jarayonki, undan chetda turaman, degan mamlakatlar ham bu jarayondan mutlaqo chetda emas. Globallashuv shunday jarayonki, undan chetda turaman degan mamlakatlar ham, uning ta’siriga tushib qolishi mumkin. Bunday g’ayri ixtiyoriy ta’sir mamlakatlar va xalqlar hayotiga salbiy ta’sir ko’rsatib kelmoqda. Globallashuvning turli mamlakatlarga o’tkazayotgan ta’siri ham turlicha. Bu hol dunyo mamlakatlarining iqtisodiy, axborot, ma’naviyat salohiyatlari va siyosati bilan bog’liq. Dunyoda yuz berayotgan jarayonlarning har bir mamlakatga o’tkazayotgan salbiy ta’sirini kamaytirish va ijobiy ta’sirini kuchaytirish uchun shu hodisaning mohiyatini chuqurroq anglash, uning xususiyatlarini o’rganish lozim. Bu hodisani chuqur o’rganmasdan turib, unga moslashish, kerak bo’lganda, uning yo’nalishini tegishli tarzda o’zgartirish mumkin emas. Globallashuv yana shunday jarayonki, uni chuqur o’rganmaslik, undan foydalanish strategiyasi, taktikasi va texnologiyasini ishlab chiqmaslik mamlakat iqtisodi va madaniyati, ma’naviyatini shiddatli selning kuchiga boshqaruvchisiz qayiqni topshirish bilan barobardir. Jamiyatning ma’naviy yangilanishi bevosita an’anaviy negizlarini asos qilib olgan holda, zamonaviylikni targ’ib qilish va uni qabul qilish uning mohiyatini keng ommaga yetkazib berish bugun globallashuv jarayonlari avjiga mingan zamonda alohida ahamiyat kasb etadi. Avvalo, bu jarayonda har bir axborot va ma’lumotlarni yetarli asoslab berishga qaratilishi jarayonni bir yo’nalishda rivojlanishini ta’minlaydi. Turli ta’sirlarga moyil va qiziquvchan xususiyatga ega va hali hayotning “achchiq” tajribalaridan bexabar yoshlarni chidamli, o’z fikriga va dunyoqarashiga ega qilib tarbiyalash milliy g’oya targ’ibotining asosiy vazifalaridan biridir. Aynan yosh avlodimizni milliy g’oyani asrovchilari va keyingi avlodga yetkazuvchi ekanliklari bu jarayonni nechog’lik muhim ekanligini yana bir bor isbotlab beradi. “Tabiiyki”, -deb yozadi Prezident I.A.Karimov “ommaviy madaniyat” degan niqob ostida axloqiy buzuqlik va zo’ravonlik, indivudalizm, egotsentrizm g’oyalarini tarqatish, kerak bo’lsa, shuning hisobidan boylik orttirish, boshqa xalqlarning necha ming yillik an’ana va qadriyatlari turmush tarzining ma’naviy negizlariga bepisandlik, ularni qo’porishga qaratilgan xatarli tahdidlar odamni tashvishga solmay qo’ymaydi”.1 Mustaqillik yillarida mamlakatimiz olimlari o’tkazgan va o’tkazayotgan tahlili bu sohada ishlar endigina boshlanganidan dalolat beradi. Globallashuv milliy ma’naviyatga ham ta’sirini o’tkazadi. Uning ta’siri kirib kelgan jamiyatning barcha sohalari tez bo’lmasada, ammo asta sekinlik bilan bo’lsada, o’z “iz”larini qoldiradi. Bunday turdagi “ta’sirlar”ga eng beriluvchan, uni oldida hali zaifroq bo’lgan kuch bu yoshlar hisoblanadi. Shulardan kelib chiqqan holda, globallashuv jarayonida turli g’oya va mafkuralarni aynan yoshlar orqali “ko’prik” sifatida foydalanishlariga yo’l qo’ymasliklari uchun, millatparvar, xalqchil, umuminsoniy tamoyillarga asoslangan milliy g’oya asosida qurollantirish bugun ushbu masalaning qanchalik muhimlik darajasini belgilab beradi. Mamlakatimizning jahon maydonida olib borayotgan siyosati qo’proq samara va muvaffaqiyat keltirishini istasak va eng avvalo yosh avlodni kelajakda davlatimizni tayanchi sifatida tarbiyalashga qaratilgan ishlarni kuchaytirishimiz, globallashuvning mohiyati, yo’nalishlari, xususiyatlarini chuqurroq tadqiq va tahlil qilish zarur. Aynan shu jarayonni chuqurroq tahlil etish orqali siyosatchilar uchun to’g’ri yo’l tanlashi va qarorlar qabul qilinishi uchun imkoniyat yaratilishi mumkin. Download 108.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling