1-Мавзу: Etnomadaniyat fanining predmeti, maqsad va vazifalari


Birinchidan, o’z zaminlari, imkoniyatlari va salohiyatlariga; Ikkinchidan


Download 108.5 Kb.
bet3/4
Sana10.03.2023
Hajmi108.5 Kb.
#1257576
1   2   3   4
Bog'liq
Etnomadaniyat va milliy g’oya mushtarakligi. (1)

Birinchidan, o’z zaminlari, imkoniyatlari va salohiyatlariga;
Ikkinchidan, turli millatlar bilan bo’ladigan o’zaro hamkorlik va o’zaro yordam kabilarga tayanadi.
Har bir millat imkoniyatlarini yuzaga chiqarish, uning muqaddasligini e’tirof etish va huquqlarini ta’minlash umummilliy taraqqiyotning asosiy sharti hisoblanadi.
Har bir millat yaratganning mo’jizasidir.Jahon dinlarining muqaddas kitoblarida qayd etilishicha, Olloh asli insonni bir ota, bir onadan yaratgan, lekin ular bir-biri bilan muloqot qilishi, tanishishi uchun millatlarga bo’lib qo’ygan. Davlatlar bu borada ko’pmillatli (polietiik) va birmillatli (monoetnik) tarkibga ega bo’lib,har biri o’ziga xosligi bilan bir-biridan farq qilad. Har bir mamlakatda turlimillat vakillarining mavjudligi azal-azaldan unga o’ziga xos tabiiy rang-baranglik baxsh etib kelgan. Har bir millatning umumiy manfaatlari bilan birga o’z qadriyatlari ham bor. Umumiy qadriyat va xususiy manfaatlar bir-biriga zid kelib qolishi yoki uyg’un bo’lishi mumkin. Bunda muayyan mamlakatdagi milliy siyosat muhim ahamiyatga ega bo’ladi.
O’zbekiston kabi polietnik mamlakatda turli millatlar manfaatlarini uyg’unlashtirish, ular orasida totuvlikni ta’minlash taraqqiyotning hal qiluvchi omillaridan biri hisoblanadi. Zero, millatning istiqboli boshqa xalqlar va mamlakatlarning taraqqiyoti, butun jahonda vaziyat va imkoniyatlar bilan ham bog’liqdir. Xalqimizning «qo’shning tinch - sen tinch» degan maqolida ana shu haqiqat nazarda tutilgan. Bugun dunyoda,birinchi navbatda, qo’shni mamlakatlarda yonma-yon yashayotgan etnoslar orasida tinchlik osoyishtalik barqarorlik hamkorlik hamjihatlik teng huquqli munosabat bo’lmasa, ulardan hech biri o’zining porloq istiqbolini ta’minlay olmaydi.
Shu bilan birga, bir mamlakat doirasida milliy manfaatlarni teng qondirish, ular rivojini ta’minlash juda murakkab masala ekanini ham anglamog’imiz darkor. Millatla­raro totuvlik g’oyasi ana shu masalani to’g’ri hal qilishga yordam beradi. Bu g’oya - bir jamiyatda yashab, yagona maqsad yo’lida mehnat qilayotgan turli millat va elatlarga mansub kishilar o’rtasidagi o’zaro hurmat, do’stlik va hamjihatlikning ma’naviy asosidir. Bu g’oya - har bir millat vakilining istedodi va salohiyatini to’la ro’yobga chiqarish uchun sharoit yaratadi va uni Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi kabi ezgu maqsadlar sari safarbar etadi.
Mamlakatimizda ushbu g’oyani amalga oshirishga katta e’tibor berilmoqda. Prezidentimiz Islom Karimov O’zbekistonning bu boradagi o’ziga xos siyosatini bayon etib, quyidagicha takidlagan: «Respublika aholisi o’rtasida ko’pchilikni tashkil qiladi­gan o’zbek millatining muqaddas burchi ona tilini, o’z mil­liy madaniyati va tarixini tiklashdangina iborat emas, bal­ki birgalikda hayot kechiruvchi kam sonli xalqlarning taqdiri uchun, ularning o’ziga xos madaniy-ma’naviy xususiyatlarini saqlab qolish uchun, kamol topishi va o’zligini namoyon etishi uchun ularga teng sharoit va imkoniyatlar yaratib berish borasida masul bo’lishdan ham iboratdir». Bunday muxit millatlararo munosabatlarda turli muammolar tug’ilishiga aslo yo’l qo’ymaydi va Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi kabi umummilliy g’oyalarni hamkor va hamjihat bo’lib amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 8-moddasida «O’zbekiston xalqini millatidan qat’i nazar O’zbekiston Respublikasining fuqarolari tashkil etadi», deb aniq belgilab qo’yilgan. «O’zbekiston xalqi» tushunchasi mamlakatmizda yashab, yagona maqsad yo’lida mexnat qilayotgan turlimillat va elatlarga mansub kishilar o’rtasidagi o’zaro hurmat, do’stlik va hamjihatlik uchun ma’naviy asos bo’lib xizmat qiladi. Bundan tashqari Konstitutsiyamizda «O’zbekiston Respublikasi o’z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an’analarini hurmat qilinishini ta’minlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi», deb ta’kidlangan. Bu borada hayotimizda ko’plab tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, 1992 yildayoq milliy-madaniy markazlar faoliyatini muvofiqlashtirish va ularga ko’maklashish maqsadida O’zbekiston Respubli­kasi «Baynalminal madaniyat» markazi tashkil etilgani bunga misol bo’ladi. O’shanda 12 ta milliy-madaniy markaz fao­liyatini birlashtirgan bu jamoat tashkiloti bugun 100 dan ortiq markazlar ishini muvofiqlashtirib turibdi. Mamlakatimizda istiqomat qilayotgan barcha millat va elatlarning o’z ona tilida o’qishi uchun keng imkoniyatlar yaratilgani, oliy o’quv yurtlari va maktablarda bunga amal qilinayotgani, ko’plab tillarda gazeta va jurnallar chop etilib, teleko’rsatuv va radioeshittirishlar olib borilayotgani va boshqa ishlar ham bu boradagi samarali faoliyatning yaqqol dalilidir.
Qayerdaki millatlararo totuvlik g’oyasining ahamiyati anglab yetilmasa, jamiyat hayotida turli ziddiyatlar, muammolar vujudga keladi - ular tinchlik va barqarorlikka xavf soladi. Bugungi kunda jahonning ayrim mintaqalarida sodir bo’layotgan milliy nizolar shundan dalolat berib turibdi.
Respublikamizda ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta’minlashda millatlararo omillarning ahamiyati katta. Qadimdan mamlakatimizda turli madaniyat va sivilizatsiyalar vakillari — turli xalqlar, etnik guruhlar aralashib, do'stlik va hamjihatlikda yashab kelgan. Chor Rossiyasi, so‘ngra esa sobiq Ittifoqning migratsiya siyosati aholining polietnik tarkibi yanada xilma-xil bo’lishiga olib keldi.
Mustaqillik qo‘lga kiritilgan paytda O‘zbekistonda 120 dan or­tiq millat va elat vakillari yashar edilar. O‘zbekiston barcha millatlar o’rtasida totuvlikni ta’minlash, ko‘p millatli jamiyat tizimini saqlab qolish va mustahkamlash yo’lidan bordi.
Millatlararo totuvlikni ta’minlovchi huquqiy zaminlar yaratildi.
O‘zbekiston Respubiikasining Konstitutsiyasida ,,O‘zbekiston xalqinimillatidan qat’iy nazar, O‘zbekiston Respubiikasining fuqarolari tashkiletadi“, ,,O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq vaerkinliklarga ega bo’lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi,e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeyidan, qat’iy nazar, qonun oldida tengdirlar“, deb belgilab qo‘yilgan.
O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi.8, 18- moddalar.
O‘zbekistonda istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an’analari birdek hurmat qilinadi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratildi. Oqilona milliy siyosat tufayli O‘zbekistonda yashayotgan barcha millatlarning vakillari orasida etnik-madaniy asoslarda jipslashish jarayoni sodir bo’ldi.
1989- yildayoq O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan millat va elatlarning jamoat tashkilotlari — milliy-madaniy markazlari tuzila boshlangan va shu yili ularning soni 12 taga yetgan edi. 1989- yilda Madaniyat vazirligi qoshida Respublika millatlararo madaniyat markazi tuzildi. Mustaqillik yillarida yaratilgan imkoniyatlar tufayli bu jarayon tez rivoj topdi. 2002-yilda respublikamizda 120 ta milliy madaniyat markazlari faoliyat ko‘rsatdi.
Milliy-madaniy markazlar uch asosiy yo‘nalishda faoliyat ko‘rsatdilar:

  • har bir millatning tili, madaniyati, urf-odatlari va rasm-rusumlarini tiklash, tarixiy Vatani bilan aloqani jonlantirish;

  • O‘zbekiston davlatiga nom bergan o‘zbek xalqi bilan do‘stlikda, hamkorlikda va totuvlikda yashash, uning tilini, madaniyatini va tarixini bilish.

Milliy-madaniy markazlarning ishi yil sayin boyib, yangilanib bordi. Ularning tashabbusi va rahbarligida turli yo‘nalishdagi to‘garaklar ishlay boshladi. Jumladan:

  • o‘z milliy madaniyatini, tilini, urf-odatlari, tarixini o‘rganish to‘garaklari;

  • O‘zbekiston tarixini, madaniyatini va tilini o‘rganish to‘garaklari;

  • milliy musiqa, raqs va hunar to‘garaklari faoliyat ko‘rsatdilar.

1992-yil yanvarida Millatlararo madaniyat markazi Respublika Baynalminal madaniyat markaziga aylantirildi. Uning faoliyatida millatlar va elatlarni jipslashtirishga asosiy e’tibor qaratildi. O‘zbekiston davlati ko'magida Baynalmilal madaniyat markazi va milliy-madaniy markazlar 1996-yilda „Bobur“ ko'chasidagi muhtasham saroyga ko‘chib o‘tdilar, bu majmua Millatlar saroyi degan nom oldi.
O‘zbekiston davlat delegatsiyasining xorijiy mamlakatlarga rasmiy tashrifi chog‘ida tegishli milliy-madaniy markazlarning rahbarlari hukumat delegatsiyasi safida bormoqdalar. Xorijiy mamlakatlardan kelgan davlat delegatsiyalari vakillari esa O‘zbekistondagi o‘z millatiga mansub milliy-madaniy markazlarda bo‘lib, uchrashuvlar, qiziqarli suhbatlar va muloqotlarda bo‘lmoqdalar. Milliy-madaniy markazlarning O‘zbekistondagi elchixonalar va diplomatik korpuslar bilan aloqalari mustahkamlandi, hamkorlikda tadbirlar o‘tkazilmoqda. Barcha millat va elatlarga xos milliy bayram kunlari nishonlanmoqda, festivallar uyushtirilmoqda. Har bir millatning nomdor rassomlari, yozuvchilari, shoirlari, olimlari, madaniyat va san’at arboblariga bag‘ishlangan badiiy ko‘rgazmalar tashkil etilmoqda.
O‘zbekistonda yashayotgan barcha millat va elat vakillari respublika miqyosidagi bayramlar — Mustaqillik kuni, Navro‘z bayramlarida faol ishtirok etmoqdalar. Bu bayramlarda rus, ukrain, ozarbayjon, qozoq, tatar va boshqa xalqlar badiiy havaskorlarining chiqishlari qiziqish, xursandchilik bilan kutib olinmoqda.
Barcha millat va elat vakillari O‘zbekistonni o‘zining umumiy uyi, Vatani deb bilib, uning ravnaqi yo’lida sidqidildan xizmat qilmoqda. Bu O‘zbekistonda yuritilayotgan oqilona milliy siyosatning mevasidir.
Xulosa qilib aytganda, O‘zbekistonda yashayotgan millatlar o‘rtasidagi do‘stlik va o‘zaro hamjihatlik rishtalari yangicha mazmun bilan boyib bormoqda, millatlararo totuvlik ta’minlandi. Bu O’zbekistonning yanada barqaror o’sishiga mustahkam zamin bo’lib xizmat qilmoqda.



Download 108.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling