1-mavzu: falsa


Download 392.44 Kb.
bet14/19
Sana27.02.2023
Hajmi392.44 Kb.
#1234805
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
1 мавзууу

Falsafaning asosiy masalalari. Falsafani o‘rganayotgan har bir odamda falsafada qolgan barcha muammolarga nisbatan ustunroq ahamiyat kasb etadigan,
ya’ni muhimroq, asosiyroq hisoblanadigan masalalar, muammolar mavjud yoki
mavjud emasligiga qiziqish ertami, kechmi albatta yuzaga keladi. Bu mavzu nafaqat boshlovchi, balki professional faylasuflar uchun ham diqqatga sazovordir. Ularning orasida kimdir bu mavzuga jiddiy e’tibor beradi, kimdir esa, aksincha, uni muhim deb hisoblamaydi. Falsafaning uzoq tarixiga umumiy nazar tashlasak, olam va insonning kelib chiqishi, rivojlanishi va mohiyatiga, shuningdek, hayotning ma’nosi, inson
bilishining tabiatiga tegishli «boqiy» falsafiy muammolar deyarli barcha falsafiy ta’limotlarda u yoki bu tarzda mavjudligini, turli falsafiy asarlarda, ular aynan kimga
qarashliligi va qaysi davrga mansubligidan qat’iy nazar, qisman yoki, aksincha, atroflicha muhokama qilinishining guvohi bo‘lishimiz mumkin.
Materialistlar va idealistlar. U yoki bu faylasuflar savolning birinchi qismiga qanday javob berishiga qarab, -dunyo azaldan moddiy, ong esa bu materiyaning
mahsulidir, deb hisoblovchilar materialistlar va dunyo zamirida materiyadan oldin paydo bolgan va uni yaratuvchi ideal narsalar va hodisalar yotadi, degan fikrni himoya qiluvchi idealistlarga ajratiladi.
Bunda idealizmning ikki turi – ob’ektiv va sub’ektiv idealizm farqlanadi.

Download 392.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling