1-mavzu: falsa


Download 392.44 Kb.
bet11/19
Sana27.02.2023
Hajmi392.44 Kb.
#1234805
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19
Bog'liq
1 мавзууу

DINIY DUNYOQARASH dunyoqarashning tarixan ikkinchi shakli dindir.
(Din so‘zi arabchadan tarjimada etiqod, ishonch, ishonmoq degan manolarni anglatadi.) Mif kabi, din zamirida ham e’tiqod, tuyg‘ular va emotsiyalar yotadi. Garchi din kurtaklari «aqlli odam» dunyoqarashi shakllanishining dastlabki bosqichlarida, ya’ni taxminan 40-60 ming yil muqaddam paydo bo‘lgan bo‘lsa-da, umuman olganda u dunyoqarashning mustaqil shakli sifatida keyinroq, jumladan mif ta’sirida insonning mavxum fikrlash qobiliyati sezilarli darajada kuchaygan davrda vujudga kelgan.
Diniy dunyoqarash odamlarning gayritabiiy narsalar (xudolar, «oliy aql», qandaydir absolyut va sh.k.)ga bo‘lgan e’tiqodiga asoslanuvchi tegishli xulq- atvori va o‘ziga xos harakatlaridir. Agar mifologiyada ananaga, rivoyat qiluvchining, yani oqsoqolning obrosiga e’tiqod kuchli bolsa, dinda gayritabiiy
narsalarga etiqod birinchi orinda turadi, oliy kuchlar nomidan rivoyat qiluvchi ruhoniylar obrosi esa ikkinchi darajali rol o‘ynaydi.
Xullas, din murakkab ma’naviy tuzilma va ijtimoiy-tarixiy hodisa bo‘lib, unda e’tiqod muqarrar tarzda birinchi o‘ringa qo‘yiladi va hamisha bilimdan ustun turadi.
Dinning asosiy funksiyalari. Mif bilan taqqoslaganda, din funksiyalari murakkabroqdir. Din funksiyalari orasida quyidagilarni farqlash mumkin:
Falsafiy dunyoqarash. Miloddan avvalgi VII-VI asrlarga kelib asosan mif va
din ta’sirida odamlar dunyoqarashi nafaqat kengaydi, balki ancha murakkablashdi. U mavxum nazariy fikrlash qobiliyati va (to‘plangan bilimlar ko‘rinishida) real asoslarga ega bo‘lishi natijasida o‘z rivojlanishining butunlay yangi darajasiga ko‘tarildi. Bunga, hech shubhasiz, mehnat taqsimotiga olib kelgan rivojlangan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, ma’lum miqdorda ortiqcha mavjudlik vositalari, bo‘sh vaqtning paydo bo‘lishi ham imkoniyat yaratdi. Bularning barchasi muayyan shaxslar doirasiga intellektual faoliyat bilan professional darajada shug‘ullanish imkonini berdi.
Shunday qilib, taxminan 2500 ming yil muqaddam dunyoqarashning uchinchi shakli –falsafa paydo bo‘lishi uchun zarur shart-sharoit Evropa va Osiyoda deyarli bir vaqtda yuzaga keldi. Dunyoqarashning avvalgi shakllari mif va dindan farqli o‘laroq, falsafa dunyoni e’tiqod va tuyg‘ularga tayanib emas, balki aql va bilimlarga tayangan holda tushuntiradi.
Falsafa Hindiston, Xitoy, Markaziy Osiyo va qadimgi Yunonistonda taxminan bir vaqtda avvalo dunyoni oqilona anglash usuli sifatida vujudga keldi. Bu vaqtga
kelib mif va din o‘zlarining tayyor va uzil-kesil javoblari bilan insonning bilimga nisbatan tinimsiz kuchayib borayotgan qiziqishini qondira olmadi. Shuningdek ular sezilarli darajada o‘sgan va murakkablashgan tajriba va bilimlarni umumlashtirish, tizimga solish va avlodlarga qoldirish vazifasining ham uddasidan chiqolmay qoldi.
Taniqli nemis faylasufi Karl Yaspers ta’biri bilan aytganda, bu davrda (uni faylasuf «dunyoviy vaqt» deb ataydi) insoniyat o‘z rivojlanishida katta burilish yasagan. Osoyishtalik va barqarorlik ruhi bilan yo‘g‘rilgan mifologiya davri nihoyasiga etdi, oqilonalik va oqilona tekshirilgan tajribaning mifga qarshi kurashi
natijasida u asta-sekin chekina boshladi. «Jahon tarixi o‘qini taxminan miloddan avvalgi 500, 800 va 200 yillar oralig‘ida yuz bergan ma’naviy jarayon bilan bog‘lash o‘rinli bo‘lsa kerak, - deb yozadi K.Yaspers. – Shu davrda tarixda eng katta burilish
yasaldi. Hozirgi tipdagi inson va ilk faylasuflar paydo bo‘ldi. Inson ayrim individuum sifatida o‘z-o‘zida tayanch izlashga jur’at etdi. Xitoy zohidlari, Sharq mutafakkirlari, Hindiston tarki dunyochilari, Yunoniston faylasuflari va Isroil avliyolari e’tiqodi o‘z ta’limotining mazmuni va ichki tuzilishiga ko‘ra bir-biridan qay darajada farq qilmasin, o‘z mohiyatiga ko‘ra yaqindir. Endi inson botiniy darajada o‘zini dunyoga qarshi qo‘yishi mumkin bo‘ldi. Inson o‘zida unga dunyodan va o‘z-o‘zidan yuksakroq ko‘tarilish imkonini beruvchi ichki salohiyatni kashf etdi»10.
Yuz bergan o‘zgarishlarning yana bir sababi shundaki, mifologiya olish, rivojlantirish va tushuntirish uchun navbatdagi miflar emas, balki tabiiy qonuniyatlar va tabiiy-sababiy bog‘lanishlarga murojaat qilish talab etilgan ilmiy bilim kurtaklari

  1. Yaspers K. Smыsl i naznachenie istorii. – M., 1991. – S.32-34.

bilan to‘qnashdi. Pirovardida odamlar dunyoqarashida nisbatan qisqa vaqt ichida tub o‘zgarishlar yuz berdi; unda bilim, tafakkur, tahliliy fikrlash tobora muhimroq rol o‘ynay boshladi, ular sirtdan olingan axborotni sezgilar va emotsiyalar darajasida idrok etishga asoslangan har xil e’tiqodlarni chetga chiqarib qo‘ydi. Faqat so‘zlariga ishonish kerak bolgan ota, kohin, ruhoniy ornini, savollar beruvchi va anglashga chorlovchi muallim faylasuf egalladi. U shubha urugini sochib, qiziqish uygotdi va:
«Ishonma, balki o‘zing fikr qil!», deya davat etdi.

Download 392.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling