1-mavzu: falsafa fani predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli


Download 0.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/28
Sana22.11.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1794464
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   28
Bog'liq
Falsafa 1-mavzu

xanafiylik yangi diniy oqim islom sifatida shakllandi. 
Islom Arabistonda arablarning sinfiy jamiyatga o’tish va Arab davlatining tashkil topishi 
davrida paydo bo’ldi. Ilk islomning bosh yodgorligi bo’lgan Qur’onda mutlaq yakkaxudolik asosiy 
aqida bo’lib, arab qabilalarining yagona davlat hokimiyatiga birlashishini ifodalar edi. 
Qur’on (arabcha qara’a o’qimoq) musulmonlarning asosiy muqaddas kitobi bo’lib, ular uni 
eramizning VII asrida Muhammad s.a.v. payg’ambar tomonidan yetqazilgan ilohiy vahiy, deb tan 
oladilar. Bizgacha yetib kelgan ko’rinishda Qur’on 114 suraga (boblar) bo’lingan bo’lib, 
suralarning uzunidan qisqa tomonga borishi tartibida tuzilgan. Har bir sura sarlavhaga ega: 
masalan, «Baqara» («Sigir»), «Yunus», «Hadid» («Temir»), «Shams» («Quyosh»). Qur’on 
Muhammad (s.a.v.) vafotlaridan keyin to’plashga boshlandi. Rivoyat qilishlaricha, uning birinchi 
rasmiy matni xalifa Usmon (644-656) davrida tahrirdan chiqqan. O’rta asrlarda muomalada 
bo’lgan Qur’onning boshqa nusxalari bizgacha yetib kelmagan. Qur’onning rasmiy Usmon matni 
VII asrning boshlarigacha o’zgarishlarga (qisqartirishlar va qo’shimchalarga) duchor bo’ldi. Unli 
belgilar unga VII asrning oxirlarida kiritildi. 


Qur’on mazmuni xilma-xil bo’lib, undagi materiallarni quyidagi guruhlarga bo’lish 
mumkin: 
1) afsungarlik (shemanlik) o’qishlari; 2) narigi dunyo, ya’ni oxirat; 3) qadimgi arablar 
og’zaki ijodi; 4) yahudiylik va xristianlikning mazhabiy aqidalari va afsonalar; 5) huquqiy 
meyorlar. Bu materiallarning barchasi Qur’onda tizimga solinmagan holda joylashtirilgan. Qur’on 
xususiy mulkni saqlash va qo’riqlashga alohida diqqat-e’tibor qaratadi. Shuning uchun Qur’onda 
mulkni merosga olish, vasiylik va boshqalar haqida aniq ko’rsatmalar bor. Mulkiy va ijtimoiy 
tengsizlikni (jumladan, qullikni) Qur’on Alloh tomonidan o’rnatilgan tartib hisoblaydi. 
Qur’on va Muhammad (s.a.v.) payg’ambar hadislari amriga ko’ra, insonlar o’rtasida haqiqiy 
va adolatli munosabatlar o’rnatishning asosiy va zaruriy sharti tinchlikdir. Bundan tashqari, 
haqiqiy musulmon bu hamma vaqt adolat uchun murosasiz ravishda dadil kurashadigan 
kurashchidir. Ammo buning uchun, uning dini bu oliy tushunchaga qanday ma’no sig’dirganligini 
bilish uchun, uning o’zi yetarli darajada yaxshi bilimlar bilan qurollangan bo’lmog’i lozim. 
Masalan, u shuni bilmog’i lozimki, ijtimoiy adolat ostida islom odamlar orasida qandaydir majhul 
va mutlaq tenglikni emas, balki hayotning barcha muhim sohalarida, ya’ni ijtimoiy foydali mehnat, 
ta’lim-tarbiya olish, ijtimoiy himoyalanish, tibbiy yordamdan foydalanish va boshqa ijtimoiy 
xizmatlar boyicha barcha uchun teng imkoniyatlar yaratishni ko’zda tutadi. Odilona yo’l tutgan 
xalifalar davri umumiy tarzda ana shunday alomatlar bilan belgilangan edi. Ma’lumki, xalifa Umar 
ibn al-Xattob Islom amr qilgan kishilar jamoasi hayot tarzidagi axloqiy munosabatlarning asosiy 
meyorlarini hayotga tatbiq qilishda ayniqsa mashhur bo’lgan edi. U hech ikkilanmasdan 
qudratmand va boy kishilar adolatsizlik qilganda ojizlar tomonini olar edi. Muhammad (s.a.v.) 
payg’ambarning ko’plab boshqa sahobalari ham bunday mustahkam qoidalarga tayanar va unga 
rioya etar edilar. 
Qur’onga qo’shimcha sifatida Muhammad (s.a.v) payg’ambarga nisbat beriladigan, u 
kishining hatti-harakatlari va hukmlarini hikoya qiluvchi juda ko’p xadislardan iborat sunna 
(musulmoncha muqaddas rivoyatlar) vujudga keltirildi. Sunnada xalifatdagi qarama-qarshi 
ijtimoiy munosabatlar va ijtimoiy kurash, hamda islomga boshqa dinlar va qadimgi ellinistik 
falsafiy tizimlar ta’siri o’z aksini topgan. 
Ma’lumki, Qur’on islom qonunchiligining asosidir. Hadislar esa, uning murakkab joylarini 
qisqacha tushuntirib, yangi qirralarini ochib, umumiy joylarini muayyanlashtirib, uni to’ldiradi. 
Hadislar Muhammad (s.a.v.) nasihatlari ham bo’lib, musulmonlarni hayotning barcha sohalariga 
yo’naltiradi. U kishi shunday degan: «Men sizlarga ikki narsani qoldirdim, agar sizlar uni mahkam 
ushlasangizlar, hech qachon adashmaysizlar, bu -Qur’on va mening sunnatimdir»
2

Muhammad (s.a.v) payg’ambarning birinchi sahobalaridan boshlab, haqiqiy musulmonlar 
hamma vaqt u kishining rivoyatlari va aytganlari haqida ishonchli bilimga ega bo’lishga va uni 
o’rganishga alohida e’tibor berdilar. Ularni esda saqlab, ehtiyotkorlik bilan boshqa odamlarga 
yetkazishga harakat qildilar. Muhammad (s.a.v.) hayotlari vaqtida islom shariatining asosi Qur’on 
va u kishining o’zlarining namunaviy hayoti sunna edi. Muhammad (s.a.v.) vafotlaridan keyin 
islomning juda tez va keng tarqalishi diniy ilmlar qonun-qoidalarini rivojlantirishni dolzarb 
zaruriyatga aylantirdi. Bu maqsadda juda tezlik bilan turli-tuman joylarda ko’plab markazlar 
shakllana boshladi. 
Hadislar ishonchli deb faqat shundagina tan olinishi mumkin ediki, uni rivoyat qiluvchilar 
zanjirining barcha bo’g’inlari aniqlangan bo’lsa, hadislar to’plamining eng ishonchlisini bizning 
vatandoshimiz imom va al-Buxoriy yozgan. U kishi hadislarni fiqh boyicha, unga muvofiq 
keladigan boblarga bo’lib, joy-joyiga qoyib tasnif qildi. Shunday usuldan imom Muslim ham 
foydalandi. Keyinchalik ularning har ikkisi izidan mashhur muhaddislar Abu Dovud, An-Nasam, 
at-Termiziy va Ibn Mojalar bordilar. 
Olimlar bu olti muhaddis to’plamlariga katta e’tibor berib, ularni talqin va sharhlash bilan 
shug’ullandilar. Hijriy uchinchi asr (X asr) hadislar to’plash tarixida oltin davr hisoblanadi. Hadis 
ilmi taraqqiyotining ana shu noyob, sermahsul davridagina yuqorida aytilgan olti buyuk muhaddis 
2
Falsafa. Darslik. M.Axmedova umumiy tahriri ostida. T.: O’FMJ, 2006. 339 b 


va ko’plab boshqa olimlarning asarlari o’zining butun go’zalligini namoyon qildi. Bu ajoyib islom 
fidokorlari zumrasi o’zlarining asarlarida Payg’ambar hadislarining mutlaq ko’pchiligini qamrab 
olib, keyingi keladigan butun musulmon avlodlariga rivoyatlarning ishonchliligini o’rganishda 
mustahkam asos soldilar. 
Markaziy Osiyo – sivilizatsiyaning qadimgi о‘choqlaridan biri. VIII-IX asrlarda markaziy 
Osiyo arab xalifaligi tarkibiga kirgan. Bu davrda xalifalik markazlari – Bag‘dod va Damashqda 
madaniyat va fan ravnaq topdi.

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling