1-mavzu: falsafa fani predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli
Download 0.65 Mb. Pdf ko'rish
|
Falsafa 1-mavzu
Bahouddin Naqshband. asos solgan sо‘fiylik ta’limotining nazariy asoslaridan birini Xudo,
dunyo va insonning о‘zaro nisbati muammosi tashkil etadi. Bu bosh muammo talqinida sо‘fiylarni ikki yо‘nalish – teistik va panteistik yо‘nalishlarga ajratish mumkin. Alloh hamma narsaning yaratuvchisi deb e’tirof etilgan, insondan tashqarida turgan, dunyo uzra yuksalgan va bilish mumkin emas deb e’lon qilingan bо‘lsa, sо‘fiylar ta’limoti monoteizm shakl-shamoyilini kasb etgan, dunyo va Xudo tushunchalari tenglashtirilgan taqdirda bunday ta’limot panteistik deb hisoblangan 3 . Bahouddin Naqshband hayotning mazmunini Haqiqat (Alloh)ga erishishga intilishda kо‘rgan va Haqiqat (Alloh)ga erishish tashqi narsalar haqidagi bilim – shariatga asoslanadi va ichki narsalar haqidagi bilim – tariqat jarayonida yuz beradi, deb hisoblagan. U shariat Qur’oni karim va hadislarni bilishdan kelib chiquvchi diniy qonun-qoidalar tо‘plami ekanligidan kelib chiqqan. Tariqat odam Haqiqatga erishish uchun qaysi bosqichlardan о‘tishi, Allohni anglash va u bilan birikish uchun qanday tо‘siqlarni yengishi lozimligini belgilaydi. Bunda bilish jarayonida shariatdan tariqatga о‘tish darhol yuz bermaydi. Faqat shariatni о‘zlashtirish va uning talablarini bajarish orqali Haqiqat yо‘lidan jadalroq va samaraliroq borish mumkin. Odam bilishning har bir bosqichi (mistik yо‘l manzillari)dan oldinma-ketin о‘tib о‘z maqsadiga yaqinlashadi. Sо‘fizm nazariyasi va amaliyoti ongning tashqidan ichkiga, ochiqdan yashiringa sayohatini nazarda tutadi. Bahouddin Naqshband tariqat ezoterik (yashirin, mistik) fan, u hammaga ochiq emas, uni faqat о‘zini Haqiqatga baxshida etgan odamlar anglab yetishi mumkin, deb hisoblagan. Sо‘fizmda mistik bilish zamirida «О‘zini bilgan odam о‘z Allohini biladi» degan tamoyil yotadi. О‘zini о‘zi bilish orqali Allohni bilish maqsadga erishishning eng qisqa yо‘lidir. 3 Shayx Baxovuddin Nakshband: yego znacheniye dlya religioznogo mirovozzreniya, vliyaniye yego ucheniya na etiku i politiku. – T.: Movarounnaxr, 1997. – S 13 Bahouddin Naqshband yaratgan ta’limotning asosida «Dil ba yor-u, dast ba kor», ya’ni «Kо‘ngil yorda, qо‘l – ishda», degan shior yotadi. Diniy ilmlar sohalarida imom Buxoriy, imom Termiziy, imom Abu Hanifa, imom Moturidiy va imom Burhoniddin Marg‘inoniylar peshqadamlik qilganlar. Imom Buxoriy (810—870) yirik ilohiyotchi, muhaddis sifatida 60 mingga yaqin hadis tо‘plagan, ulardan ishonchli deb topganlarini maxsus tо‘plam holiga keltirgan. Bu tо‘plam “Sahihi Buxoriy” nomi bilan mashhurdir. Imom Iso Termiziy (824—892)dan “Payg‘ambarning alohida fazilatlari”, “Hadislardagi ixtilof va bahslar haqida risola”, “Tarix” va boshqa asarlar meros bо‘lib qolgan. Imom Termiziy hadislarni muntazam ravishda tо‘plab, muayyan tartibga solgan va yaxlit bir kitob shakliga keltirgan. Temur va temuriylar davri xuddi ana shunday, mo’g’ul bosqinchilaridan ozod bo’lgan xalqimizning milliy dahosi eng yuksak cho’qqiga ko’tarilgan davrdir. Bu davr falsafasi xalqimizning sohibqiron Temur boshchiligida ozodlikka erishgan va mustaqillikni saqlash hamda mustahkamlash uchun amalga oshirgan buyuk ishlarining ifodasidir. Bu xalqimizning markazlashgan davlat tuzish, milliy davlatchiligini tiklash va barqaror qilish, mustaqil yashash orzularining ushalgan davridir. Mo’g’ullar o’rnatgan mustabid tuzumning Amir Temur dunyoga kelgan davrida yerli aholi o’rtasida chuqur ijtimoiy va ma’naviy uyg’onish jarayoni borayotgan edi. Bu jarayon, «Tarixi, o’sha davrdayoq, ming yilliklar qa’riga ketgan buyuk xalq mustamlakachilik azobida yotaveradimi?» yoki «Mustaqillik uchun kurash olib borishda davom etadi va ozodlikka erishadimi?» degan asosiy savollar atrofida roy berayotgan edi. Mo’g’ullar mamlakatimizni siyosiy va harbiy jihatdan istilo qilgan edilar, ammo uni ma’naviy boysundirish, madaniy jihatdan mo’g’ullarning ustunligi to’g’risida gap ham bolishi mumkin emas edi. Ko’chmanchilik va shaharlarni g’orat qilishdan boshqasiga yaramaydigan, o’troq hayotga mensimay qaraydigan Chingiz avlodlari ma’naviy va madaniy jihatdan o’zlaridan ustun bo’lgan xalqqa nima ham bera olar edilar? Ular o’z hukmronligining oxirigacha ham Vatanimizda birorta tuzukroq yashash mumkin bo’lgan yangi shahar barpo etmadilar, madaniyat o’choqlarining yuksalishi uchun imkon bermadilar, yerli aholi orasidan chiqqan barkamol kishilarni qilichdan o’tkazib turdilar. Ammo xalq irodasini buka olmadilar, uning ozodlik va mustaqillikka intilishini to’xtatib qoya olmadilar. Amir Temur ana shu harakatning natijasi, xalqining milliy g’oyalarini royobga chiqarish uchun tarixiy shakllangan zaruriyat, o’sha paytda har biy uyushqoqlik, siyosiy hushyorlik, fidokorlik jihatidan jahonda tengi yo’q millatga aylangan xalq dahosi yaratgan buyuk jahongir edi. Xalq jahongirga aylanganida o’zining jahongirini yaratadi. Gohida bir jahongir millat boshqasini uyg’otib yuboradi. Bu esa tarixning muayyan hududdagi eng burilish nuqtalariga to’g’ri keladi. Ba’zilar Temug falsafiy asarlar yozmagan-ku, uning falsafaga aloqasi bormi, deb o’ylaydi. Aslida Temurning hayoti va faoliyati falsafadan iborat emasmi? U falsafiy xulosalar chiqarish uchun boshqa kishilarning hayoti va asarlaridan ham mazmunliroq hayot emasmi? Falsafani faqat kitoblardangina o’rganish mumkinmi? Aslida, falsafani to’la-to’kis kitobga tushirib bo’lmaydi. Kitobga tushirilgan falsafa muayyan tizimga keltirilgan falsafiy bilimlar sistemasi xolos. Temur va temuriylar davrini tarix falsafasi va falsafa tarixini uyg’un tarzda yozish orqali nisbatan to’g’ri ifodalash mumkin. Amir Temurning hayoti, uning faoliyati, temuriylar davridagi madaniy jarayonlar, ilm-fan rivoji kabi masalalar esa bir necha falsafiy kitoblar, o’nlab tadqiqotlar uchun mavzu ekanligi aniq. Qolaversa, Temur va temuriylar kabi ilm-fan, madaniyat va san’atni, falsafa va adabiyotni nozikta’b tushungan, o’zlari ham bu sohalarda ajoyib yutuqlarga erishgan siyosiy sulolalarni jahon tarixidan topish qiyin. Bu sulola vakillari orasida she’r yozmagan, adabiy mashqlar qilmagan, fan-madaniyatga qiziqmagan biror temuriyzoda bo’lmasa kerak. Tarix shundan dalolat beradiki, yurt boshliqlari fan va madaniyatga qiziqqan, ma’naviyatni yuksaklikka ko’tarish uchun kurashgan o’lkada bu sohalarda haqiqiy yuksalish bo’ladi. Siyosiy ta’minlanganlik, boshqa sohalar bilan birgalikda, madaniy taraqqiyotning eng asosiy omili ekanligini rad qilish unchalik o’rinli emas. Madaniyatparvar va millatparvar Amir Temur va temuriyzodalar o’sha davr ma’naviy taraqqiyoti uchun siyosiy va iqtisodiy asoslarni to’la-to’kis yaratgan arboblar edi. Xalqimizning asrlar osha ular ruhiga minnatdorlik tuyg’usi bilan yondashuvi, haligacha o’z farzandlariga bu sulola vakillari nomlarini qo’llab yurishi, bugungi kunlarda ham o’sha zamondan tashbehlar izlayotganining sabablaridan biri ham ana shunda 4 . Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling