1-mavzu: falsafa fani predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli
Download 0.65 Mb. Pdf ko'rish
|
Falsafa 1-mavzu
XIX asr oxiridan XX asrning 20-yillarigacha bo ‘Igan davr — milliy ozodlik
kurashi avj olishi va keng yoyilish davridir. Bu davrning eng yorqin siymolari Sayyid Ahmadxon, Muhammad Iqbol, O.Tair, al-Afg’oniy, Muhammad Abdu, Ismoilbey G’aspirali, Domla Ikromcha, Behbudiy, Mirzo Siroj Buxoriy, Munawar Qori, Fitrat, Ziyo Go’kalp, Muso Jug’ulloh Qozoniy va boshqalar edilar. 2. XX asrning 20-yillaridan to 40-50-yillar. Bu davrda milliy ozodlik kuchlari milliy mustaqillikni qodga kiritish, milliy davlatchilik qurish, zamonaviy taraqqiyot yo’liga o’tish vazifalarini amalda hal qilish pallasiga kirgan edilar. Bu davrning eng yorqin siymolari — mutafakkirlari Mustafo Kamol Ota Turk, Ziyo Go’kalp, Alixon To’ra Sog’uniy, Mustafo Cho’qayev, Usmon Xo’ja, Xoja Pahlavonniyoz, Alixon Bukeyxonov, Mirsayyid Sultongaliyev, Z.V.To’g’on, Bekir Chodponzoda, Omonulla Hon, Fayzulla Xo’jayev, Turor Risqulov, Rashid Rido, Toqiy Eroniy, Mahmudbek Torziy, A.K.Ozod va boshqalar edilar. 3. XX asrning 60— 70-yillaridan to 90-yillarigacha bo ‘Igan davrda arab-musulmon Sharqi, sho’rolar mintaqasini istisno qilganda, qiyinchilik bilan bo’lsa-da, hozirgi zamon taraqqiyoti uchun iqtisodiy-texnik, siyosiy-huquqiy, ilmiy-ma’naviy va texnologik zaminni yarata boshladilar. Bu davrning eng yorqin mutafakkirlari, siyosiy rahnamolari: Jamol Abdul Nosir, Masodiq, Sukarno, Anvar Sadat, Muhammad va Sayyid Qutb,Turgut O’zol va boshqalar edilar. 4. XX asrning 90-yillaridan keyingi davrda arab-musulmon dunyosi, turkiy olam, nisbatan rivojlangan davlatlar va mintaqalar — Turkiya, Pokiston, Saudiya Arabistoni, Quvayt, Janubi Sharqiy Osiyo mintaqasi mamlakatlari jadal taraqqiyot yodiga kira boshlagan bo’lsalar, sho’rolar istibdodi ostida qolgan mintaqalar davlatlari — Ozarbayjon, O’zbekiston, Qozog’iston, Qirg’iziston, Turkmaniston, Tojikiston — milliy mustaqillikni qolga kiritish, mustahkamlash, milliy davlatchilikni vujudga keltirish, zamonaviy taraqqiyot yoliga chiqib olish va huquqiy, demokratik jamiyat qurish, jahon sivilizatsiyasiga tabiiy-tadrijiy kirib borishdan iborat „Milliy uyg’onish“ jarayonlarini boshidan kechirmoqdalar. Bu davrda arab-musulmon Sharq falsafasi Indoneziya, Malayziya, Singapur, Filippin kabi mamlakatlarda yuksak texnologik taraqqiyot sur’ati va sifatiga mos keluvchi G’arbga xos aqliy bilish usullari, texnologik tafakkurga zo’r berish va Sharqqa xos tadrijiy taraqqiyot va e’tiqodiy bag’rikenglikni o’zida jo qilayotgan (sintez) zamonaviy falsafa qaror topa boshladi. Ayni paytda Misr, Suriya, Iroq, Liviya, Yaman, Falastin, Jazoir, Livan, Sudan, Efiopiya, Eron, Afg’oniston kabi musulmon mamlakatlarida 60-80-yillardagi „Islom sotsializmi“ vasvasalaridan so’ng, asl arab-musulmon falsafasi o’zaniga qaytish roy bermoqda. Sobiq sho’rolar hududidagi yangi „Milliy Uyg’onish“ falsafasi g’oya, maqsad, qadriyat nishonalari Milliy Respublikalar Prezidentlari I.A.Karimov, M.Shaymiyev, B.N.Nazarboyev, A.Akayev va boshqa siyosiy arboblar tomonidan ilgari surildi. Mustaqillikning nazariy va amaliy muammolari boyicha Islom Karimov oldinga surgan g’oyalar ijtimoiy-falsafiy taraqqiyotga qo’shilgan muhim hissadir. Bunda ham asosiy qadriyat sifatida Sharq falsafasi an’analari e’tiqodiy bag’rikenglik va zamonaviy taraqqiyot prinsiplari bilan uyg’un bo’lishi zarurligi haqidagi asosiy g’oyalar ilgari surilmoqda. XX asr Sharq falsafasi sobiq mustamlaka mamlakatlarda roy bergan va berayotgan milliy uyg’onish, milliy tiklanish jarayonining nazariy asosiga aylandi. Sharqda о‘z tafakkur uslubida bilimlarni ifodalash va о‘zlashtirishning о‘z mexanizmlari va shakllari, bilim va haqiqatga eltuvchi yо‘lni yorituvchi о‘z mо‘ljallari mavjud. Sharq ta’limotlari va tafakkur uslubini Sharq amaliyoti va tajribasidan olingan Sharqqa xos usullar va metodlar yordamida tushunish va ichdan anglab yetish mumkin. Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling