1-mavzu: falsafa fani predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli
Zahiriddin Muhammad Bobur
Download 0.65 Mb. Pdf ko'rish
|
Falsafa 1-mavzu
Zahiriddin Muhammad Bobur (1483—1530) o’sha davrning eng ma’rifatli podsholaridan
biri edi. Andijonda Umarshayx Mirzo xonadonida tug’ilgan Bobur keyinchalik Hindistonda ulkan saltanatga asos soldi. Bobur davrida hind diyori gullab-yashnadi, undagi madaniyat yuksak darajaga ko’tarildi. Hindistonning XX asrdagi eng atoqli kishilari Maxatma Gandi va Javoharlal Neru ham Bobur va boburiylar — Shoh Jahon, Avrangzeb va Akbar kabi temuriyzodalarga juda katta baho berganlar. Ichki kelishmovchiliklar natijasida o’z yurtini tashlab ketishga majbur bo’lgan Bobur avval Qobulda, so’ngra esa 1526-yilgi Panipat jangida Ibroxim Lo’di ustidan g’alaba qozonib, Hindistonda o’z hukmronligini o’rnatdi. «Boburiylar sulolasi» Hindistonda 300 yildan ortiq hukmronlik qilib, temuriylar davlati va madaniyatining davomchisi sifatida mashhur bo’ldi. Boburning xizmati shundaki, u Hindistonni markazlashgan davlatga aylantirdi, mamlakatda tinchlik o’rnatdi, obodonlashtirish va qurilish ishlarini rivojlantirdi, karvonsaroylar, me’moriy yodgorliklar, bog’chalar, kutubxonalar barpo qildi, madaniyat, san’at, adabiyot va ilm-fanni yuksaltirdi. Bobur ilm-fan, san’atga katta qiziqish bilan qaragan, yuksak aql egasi, qomusiy bilimga ega bo’lgan davlat arbobi, olim va shoirdir. Boburiylarning ko’pchiligi ma’rifatchilik bilan mashg’ul bo’ldilar, olimu fuzalolar bilan maslahatlashib turdilar. Ularning yana bir xizmati islom va budda diniga e’tiqod qiluvchi musulmon va hindularni kelishtirishga, ahil yashashga chaqirishda bo’ldi. Boburning mashhur tarixiy asari «Boburnoma»dir. Bulardan tashqari, u huquqshunoslikka oid «Mubayyin», aruz ilmiga oid «Mufassal», musiqa boyicha «Musiqiy», harbiy ishlarga oid «Harb ishi» risolalarini yozgan. «Boburnoma» o’sha davrdagi Markaziy Osiyo, Hindiston, Afg’oniston, Eronning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy hayotini, savdo munosabatlari, jug’rofiyasi, hayvonot va nabotot olamini, iqlimi, qabila va elatlarning urf-odatlari, marosimlari, turmush tarzini va marosimlarini aks ettirgan asardir. Bobur o’zining lirik she’rlarida ishq, muhabbat, Vatan sog’inchi, mehr, vafo, insoniylik, do’stlik, yaxshilik va mehr-oqibatni kuyladi. Javoharlal Neru Boburning Hindistondagi faoliyatiga katta baho bergan edi. Neru Boburning dilbar shaxs ekanligi, mard va tadbirkorligini, san’atni sevganini va umuman, Hindiston uchun ko’p ish qilganligini ta’kidlagan edi. Bobur va boburiylarning siyosiy, madaniy faoliyatlari Hindiston va O’zbekiston o’rtasidagi do’stlik rishtalarini mustahkamlashda hozir ham muhim rol oynamoqda. Shunday qilib, XIV—XV asarlarda Movarounnahr va Xurosonda madaniy yuksalish yuz berdi. Buni olimlar Renessans davri ham deb atamoqdalar. Ba’zi olimlar esa, bu atamaning Sharq mamlakatlariga to’g’ri kelmasligi to’g’risida o’z fikrlarini aytmoqdalar. Nima bo’lganda ham Yevropada XV—XVI asarlardagi ko’tarinkilik, Renessansning muhim xususiyatlari Markaziy Osiyoda roy bergan madaniy yuksalish bir-biriga ko’p tomonlari bilan o’xshab ketadi. Bular orasida mushtarakliklar ko’p. XVIII asrning oxiri XIX asrning boshlarida Markaziy Osiyoda uch davlat — Qo’qon va Xiva xonligi hamda Buxoro amirliklari paydo bo’ldi. Ular davrida ham ilm-fan, adabiyot va san’atni rivojlantirgan ba’zi mutafakkirlar yashadilar. Bu davrda Xorazmda Komil Xorazmiy, Ogahiy va Munis kabi shoirlar ijod qildilar: Ogahiy — Muhammadrizo Erniyozbek o’g ’ li 1809-yilda Qiyot qishlog ’ ida tug ’ ilib, 1874-yilda vafot etgan. Shoirning muhim asarlari «Gulshani davlat», «Riyoz ud-davla», «Jome’ ul voqeoti Sultoni», «Zubdat ut-tavorix», «Shoxidi iqbol», «Bayozi mutafarriqai forsiy», «Firdavs ul-iqbol» va boshqalardir. Bulardan tashqari, Ogahiy, Sa’diy Sheroziy, Nizomiy, Kaykovus, Jomiy va Koshifiyning badiiy, tarixiy, falsafiy, axloqiy-didaktik asarlarini o’zbek tiliga tarjima qilgan. XIX asrning ikkinchi yarmida ijod etgan qoraqalpoq shoiri va mutafakkiri Berdaq (1827- 1900) «Omongeldi», «Xalq uchun», «Ahmoq podsho», «Yaxshiroq», «Bo’lgan emas», «Ernazarbiy» kabi asarlarning muallifidir. Ushbu asarlarda mutafakkir qoraqalpoq xalqining turmush tarzini, o’sha zamondagi hayotini mohirona tasvirlaydi. Berdaq asarlarida axloq va xulq- odob, nafosat va go’zallik, vatanparvarlik, insonparvarlik, tenglik, qahramonlik va mardlik, mustaqillik, haqiqat uchun kurash kabi milliy va umuminsoniy qadriyatlar keng o’rin olgan. Uning ijtimoiy-falsafiy va axloqiy qarashlari yoshlar ongida ma’naviyat va milliy mafkurani shakllantirishda muhim tarbiyaviy kuchga ega. Mintaqamiz XIX asr oxirlarida Chor Rossiyasi tarkibiga zo’rlik bilan qo’shib olindi va bu ijtimoiy tafakkurda chuqur iz qoldirdi. Turkistonda ma’rifatchilik harakatining avj olishi jadidchilik g’oyalarining vujudga kelishida muhim o’rin egalladi. Lekin Sho’rolar davrida jadidchilik ko’pincha bir tomonlama talqin qilindi, uning g’oya va maqsadlarini soxtalashtirish va hatto uni millatchilik harakati deb baholash hollari ham bo’ldi. Mustaqillikka erishilgandan so’ng bu harakatni xolisona va ilmiy nuqtayi nazardan tadqiq qilish imkoniyati tug’ildi. Jadidchilik harakatining yirik namoyandalari Turkistonda mustaqillik, milliy taraqqiyot uchun, xalqning manfaatlari uchun kurash olib bordilar. Jadidchilik harakatining muhim xususiyati uni milliyozodlik harakati va Turkistonda milliy burjuaziyani vujudga kelishi bilan chambarchas bogliqligi edi. O’sha davrda jadidchilik harakatining qator vakillari yetishib chiqdi. Bular Munavvar qori, Avloniy, Behbudiy, Fitrat, Cho’lpon va boshqalardir. Mahmudxo’ja Behbudiy (1875—1919) jadidchilik harakatining asoschilaridan biri bo’lib, yangi maktablar qurish, yosh avlodni mustaqillik ruhida tarbiyalash, ularni ilmli qilish, ma’rifat va taraqqiyot uchun kurashga katta hissa qo’shgan mutafakkirdir. Behbudiy yangi maktablar uchun «Risolayi asbobi savod», «Risolayi jug’rofiyai umroniy», «Kitobat ul-atfol», «Amaliyoti islom», «Risolai jug’rofiyai rusiy» va boshqa darsliklarni yozadi. Uning asosiy asari «Padarkush» dramasidir. Bulardan tashqari, Behbudiy ko’plab publitsistik maqolalar yozdi, matbuotda xizmat qildi, nashr ishlari bilan mashg’ul bo’ldi. Uning maqolalarida millat va Vatan taqdiri, mustaqillik g’oyasi, axloq va ta’lim-tarbiya va boshqa masalalar o’rin olgan. Jadidchilik harakatining yirik namoyandalaridan biri Abdulla Avloniydir (1878—1934). U pedagogik faoliyat va badiiy ijodni qo’shib olib bordi. Avloniy ochgan maktablarda dunyoviy fanlarni bolalarga o’qitish yo’lga qoyildi. Mutafakkir «Ikkinchi muallim», «Birinchi muallim», «Alifbedan so’nggi o’quv kitobi» kabi darsliklarni yaratdi. Ayniqsa, olimning «Turkiy guliston yoxud axloq» darsligi bolalar dunyoqarashi, milliy ongi va mafkurasining shakllanishida muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Unda bolalarga ilmfan sirlarini o’rgatish, yaxshi xulq-odob qoidalarini singdirish, Turkiston xalqini asriy qoloqlikdan qutqarish yo’llari, iqtisod, tadbirkorlikni rivojlantirish, mamlakatni xon iashyo qaramligidan xalos etish, ma’rifat va ma’naviyatni yuksaltirish masalalari yoritilgan. Avloniy «Advokatlik osonmi», «Biz va Siz», «Portugaliya inqilobi», «Ikki sevgi» va boshqa dramatik asarlar yozib, o’zbek teatri va dramaturgiyasi rivojiga munosib hissa qo’shdi. Jadidchilik harakatining yana bir yorqin vakili Abdurauf Fitrat (1884—1939) bo’lib, ilmning ko’p sohalarida ijod qilgan mutafakkirdir. Olim «Sayxa» («Bong»), «Hind sayyohining qissasi», «Uchqun» to’plami, «Chin sevish», «Hind ixtilochilari», «O’zbek tili grammatikasi», «Chig’atoy adabiyoti» va boshqa ko’plab asarlar yozdi. Fitratning asarlarida xalqni jaholat va nodonlikdan qutqazish, ilm-ma’rifatga chorlash, milliy mustaqillikka erishish, xalqning o’zligini tanishi, ongining o’sishi, kuchli va rivojlangan davlat tuzish, xalqning bilimdon bolib, tijorat va tadbirkorlik bilan shug’ullanishi, Yevropaning fan va texnika yutuqlarini o’rganish kabi g’oyalar ilgari suriladi. Uning yuqoridagi millatparvarlik va vatanparvarlik ruhi bilan sug’orilgan g’oyalari hozir ham tadbirkorlik, ma’naviyat va ma’rifatni ravnaq toptirishda, milliy g’oya va mafkurani shakllantirishda, xalqning o’zligini anglashida muhim ahamiyatga ega. XX asr Sharq falsafasi o’z taraqqiyotida quyidagi tadrijotni — asosiy bosqichlarni bosib o’tdi: 1. Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling