1-mavzu: falsafa fani predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli
Download 0.65 Mb. Pdf ko'rish
|
Falsafa 1-mavzu
Rushddir (1126—1198-yillar).
Ibn Rushd Arastuning falsafiy qarashlarini davom ettirdi va, shu asosda, o’ziga xos falsafiy tizimni yaratdi. U o’z qarashlarida Xudoning mavjudligini e’tirof etsa-da, dunyoni Xudo yaratmagan, uning ibtidosi ham, intihosi ham yo’q, deydi. Uning fikricha, materiya benihoyat abadiy va azaliy bo’lib, moddiy dunyoda faqat zaruriyat hukm suradi, Xudo ham shu zaruriyatga boysunadi. Ibn Rushd „ikki haqiqat“ to’g’risidagi ta’limotni ham yaratdi. Bu ta’limotda aytilishicha, ilmiy-falsafiy fikr erishgan haqiqat — haqiqiy bilim, diniy ta’limotlar mavjud haqiqatlarga mos kelmasligi ham mumkin. Ibn Rushd o’zining Abu Hamid Muhammad G’azzoliy asari — „Taxofut al-falosifa“ („Faylasuflarni rad etish“) ga qarshi yozgan „Taxofut-ut-taxofut“ („Faylasuflarni rad etishni rad etish“) asarida G’azzoliy ta’limotini qattiq tanqid qiladi. U, kishi oliy kamolotga faqat zikr-u sano orqali emas, balki ilmiy-falsafiy bilimlami egallash orqali erishadi, deb ta’lim beradi. Ibn Rushdning bu ta’limoti O’rta asrdagi Yaqin va O’rta Sharq mamlakatlarida, keyinchalik esa, Uyg’onish davri Yevropa mamlakatlarida falsafiy qarashlar rivojlanishida katta rol oynaydi. U O’rta asr hurfikrliligining eng yirik namoyandalaridan biri bo’lgan. Kalom va Mu’tazila g’oyalari O’rta Osiyo mutafakkirlarining falsafiy qarashlarida ham o’z ifodasini topadi. X asrda yashagan Turkistonlik olimlar Abul-Qosim Samarqandiy va Abu Mansur as- Samarqandiy bergan ma’lumotlarga ko’ra, Mu’tazilagbyalari Samarqand, Buxoro madrasalarida ham keng tarqalgan, ular bilan Kalom falsafasi tarafdorlari o’rtasida katta munozaralar olib borilgan. Ray shahrining qozikaloni Qozi Abdujabbor mu ‘tazila falsafasi tarafdorlariga boshchilik qilgan. U har qanday bilimni mantiqiy dalillar asosida himoya qilish zarurligini ko’rsatgan. Shu bilan birga, u islom aqidalari, shariat talab va taqiqlariga ko’r-ko’rona rioya qilish mumkin emasligini ham ko’rsatgan. Xorazmlik olimlar Abu Mudar binni Jarir-al-Dabbiy alIsfahoniy, Abul-Qosim ibn Umar az- Zamaxshariy, Imom Tojiddin Muhammad Abdu-ul-Karim ash Shahristoniylar Mu’tazila ta’limotini ochiqdan-ochiq himoya qilib, falsafada ratsionalistik yo’nalishni ancha yuksak bosqichga ko’tardilar. O’z zamonining eng yirik, obro’-e’tiborli olimlaridan bin bofigan Abu Mudar Urganchda kuchli mu’tazila maktabini tashkil etgan. Uning shogirdi bo’lgan Zamaxshariy qattiq ta’qib va tazyiqlarga qaramay, mu’tazila e’tiqodidan yuz o l girmagan, mustaqil aqliy mulohazalar haqiqatni bilishning asosiy sharti ekanini ko’rsatgan, ratsionalizm — aqliy bilimlarni, mantiqiy dalillarni ko’r-ko’rona e’tiqoddan ustun qoygan. Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling