1-mavzu: falsafa fani predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli
Muhammad ibn Muhammad al-G’azzoliydir
Download 0.65 Mb. Pdf ko'rish
|
Falsafa 1-mavzu
Muhammad ibn Muhammad al-G’azzoliydir (1058-1111-yillar), G’azzoliy mashhur islom
ilohiyotchisi, Kalom falsafasining yirik vakilidir. Abu Hamid G’azzoliy islomiy ilmlarning turli sohalarini dunyoviy ilmlarga qo’shib chuqur egallaydi. U nimani o’rgansa, shu sohani to’ldirishga, rivojlantirishga harakat qilib, har bir o’rgangan narsasini islom tarozisiga qoyib, o’lchab ko’rish asosida baholashga harakat qiladi. Oqibatda, islomning turli sohalariga oid yuzdan ortiq asarlar yaratadi. U fikx ilmiga oid ,,Bosit“, ,,Vajid“ va „Kosit“, ,,Kalom“ ta’limotiga doir „Tavxid ul A’qoid“, ,,ArRisolat-ul-Qudsiya“, ,,Al- iqtisod-u fil-e’tiqod“ kabi asarlarni yozgan. G’azzoliyni jahonga mashhur qilgan va dunyo tan olgan faylasuflar qatoriga qo’shgan asarlari — mu’tazilachilar, botiniylar (ular ko’proq aqlga tayanganlar)ning yo’ldan ozganini asoslashga va islomni zaiflashtirishlariga qarshi yozgan „Fadoix al-Botiniya“, „Al-Qismoi-aI- Mustaqim“, „Hujjatul-Haq“, ,,Mufasiul-Xilof’ va „Ad-Diras al-Marqum“ nomli kitoblaridir. Abu Hamid G’azzoliy jahon faylasuflari, xususan, yunon faylasuflari asarlari bilan ham tanishib chiqqan. U Forobiy va Ibn Sinolarning Platon va Arastuning falsafasi ta’sirida qolganliklarini, ularga ergashganliklarini tanqid qilib, „Taxofut-ul-falosifa“ („Faylasuflarga qarshi“) asarini yozgan. Bu asarida u Islomni, Qur’onni insoniyatning aqliy bilimlari mezonlari bilan o’lchab bo’Imasligini ta’kidlaydi. Insoniyatning aqliy bilimlarini Qur’on nuqtayi nazaridan ko’rib chiqish lozimligiga e’tibomi qaratadi. Agar shunday qilinmasa, Islomni yanglish tushunish davom etaveradi, biz buning oldini olishimiz kerak, deydi u. G’azzoliy o’z ta’Iimotida Islom falsafasi nuqtayi nazaridan kelib chiqib, kishilar haqiqatni tanish uchun awal Ollohni tanishi kerakligini, aks holda ular his-tuyg’uda ham, aqliy bilimlarda ham adashishlari mumkin, deydi. Xullas, G’azzoliy o’zining asarlarida islom ilohiyoti tizimini ishlab chiqib, uni falsafiy jihatdan asoslab beradi. U islomning eng yirik nazariyotchisi hisoblanadi. G’azzoliy islom ilohiyotiga oid falsafiy qarashlariga qarshi chiqqan faylasuf — Ibn Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling