1-mavzu: falsafa fani predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli
Download 0.65 Mb. Pdf ko'rish
|
Falsafa 1-mavzu
Xalifalar al-Mansur (754-776), Horun ar-Rashid (786-809), Ma’mun (813-833)
hukmronligi davrida hind va yunon adabiyotlaridan qilingan tarjimalarga qiziqish ayniqsa kuchaydi, Aristotel, Galen, Gippokrat, Arximed, Yevklid kabi yunon faylasuflarining ilmiy merosi о‘rganildi. IX asr boshida Bag‘dodda «Dor ul hikmat» «Bilim uyi» tashkil etildi. Bu dargohda xalifalikning turli shaharlaridan taklif qilingan olimlar astronomiya, tibbiyot, tarix, geografiya, kimyo, falsafa va boshqa fanlarni sinchiklab о‘rgandilar. IX asrlar boshlangan arab istilosiga qarshi kurash mustaqil davlat qurish va xalifalikka qaramlikdan xalos bо‘lish uchun kurashga aylandi. Natijada Markaziy Osiyo mо‘g‘ullar istilosini boshdan kechirdi va unga qarshi kurash jarayonida XIII asr boshlarida bir necha davlatlar – Tohiriylar, Somoniylar, Saljuqiylar va G‘aznaviylar davlatlari paydo bо‘lib, ular keyinchalik tor- mor qilindi. IX asr boshlarida dastlab Somoniylar davlati vujudga kelgan bо‘lsa, XIII asrning 20-yillarida Xorazmiylar davlati mо‘g‘ullarning uzluksiz hujumi ostida qoldi. Biroq, kо‘p asrlik urushlarga qaramay, Markaziy Osiyoda madaniyat, fan, san’at va adabiyot rivojlanishda davom etdi. Bu davrda al-Xorazmiy, Forobiy, Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy va boshqa buyuk allomalar yashab ijod qildilar. Ular yaratgan asarlar ahamiyatiga kо‘ra о‘sha davrni Markaziy Osiyo uyg‘onish davri deb nomlash mumkin. Uyg‘onish davri fani va madaniyatining о‘ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat: 1. Barcha odamlarni ma’rifatli qilishga intilish, bu yо‘lda о‘tmish merosidan, va qо‘shni mamlakatlarning fan, madaniyat yutuqlaridan foydalanish, tabiiy-falsafiy va ijtimoiy fanlarni rivojlantirish; 2. Tabiatni о‘rganish, tabiiy-ilmiy bilimlarni, oqilonalikka tayanib rivojlantirish, aqlning kuchiga ishonish, asosiy e’tiborni haqiqatni bilishga qaratish, haqiqatni inson bilimining negizi deb bilish; 3. Insonga xos tabiiy, badiiy, ma’naviy fazilatlarini yuksaltirish, insonparvarlikni ulug‘lash, barkamol avlodni tarbiyalashda oliy ma’naviy qonunlarga rioya qilish. 4. Universalizm – borliq va ijtimoiy hayotning barcha muammolariga qiziqish bu davr madaniyatining muhim jihatlaridir. Bu davr madaniyati umuminsoniy qadriyatlarning rivojlanishiga xizmat qilgan. Savdo- sotiqning rivojlanishi, iqtisodiy aloqalarning kengayishi, xalifalikning turli viloyatlari о‘rtasida madaniy qadriyatlar almashinuvi va uning boshqa mamlakatlar bilan aloqalarining kuchayishi, tabiiy va madaniy boyliklar, turli xalqlarning an’analari, tili va tarixini о‘rganish bilishning eng tо‘g‘ri yо‘llari va usullarini yaratish, bilish jarayonining butun apparatini takomillashtirishga bо‘lgan ehtiyojni kuchaytirdi. Fanning optika, matematika, astronomiya kabi tarmoqlarining jadal rivojlanishi tabiatni chuqur о‘rganish va tadqiqot metodlarini kengaytirishga imkoniyat yaratdi. О‘rta asrlarda Sharq falsafasi mifologiya va din qо‘ynidagina emas, balki fan qо‘ynida ham rivojlanadi. Sharq olimlari matematika, astronomiya, geografiya, tibbiyot, tarix, alximiya sohasida qо‘lga kiritgan yutuqlar ma’lum. Odatda tabib, munajjim, sayyoh bо‘lgan Sharq faylasuflari asbtrakt mulohazalardan kо‘ra kо‘proq tabiatshunoslik va tajribaga tayanganlar. Sharq falsafiy tafakkurining yirik namoyandalari orasida о‘rta osiyolik mashhur faylasuf, qomuschi-olim, Yaqin va О‘rta Sharqda aristotelizm asoschilaridan biri Forobiy, buyuk faylasuf va tabib Ibn Sino (Avitsenna), atoqli astronom, matematik, shoir va mutafakkir Umar Xayyom, tabib va faylasuf Ibn Rushd (Averroes) bor. Forobiy (870-950) falsafa va tabiiy fanlar tarixiga oid yuzga yaqin asar muallifidir. U fanlar bilish vositalari ekanligidan kelib chiqqan. Bunda mutafakkir nazariy (mantiq, falsafa, tabiiy fanlar) va amaliy (axloq, siyosat) fanlarni farqlagan. Fanlar tizimida u insonga haqiqiy bilimni soxta bilimdan farqlash imkonini beruvchi mantiqni birinchi о‘ringa qо‘ygan. Ayni shu sababli faylasuf inson tafakkuriga alohida e’tibor bergan. Aynan falsafa insonga borliqning mohiyatini tushunish imkonini beradi. Borliq «yagona» va ayni vaqtda «kо‘p»dir. Borliqning mazkur holati emanatsiya, ya’ni «yagona» muhitdan borliqning turli muhitlari kelib chiqishi mahsulidir. Forobiy asarlarida dunyo bir-biriga kiruvchi tо‘qqiz gumbaz kо‘rinishida namoyon bо‘ladi. Bu gumbazlarda ularning Yer atrofida aylanishi sababi hisoblangan jonlar yashaydi. Gumbazlar о‘z harakatini dastlabki turtkidan boshlagan. Forobiy dunyoning rang-barangligini tushuntirish uchun Aristotelning shakl va materiya haqidagi ta’limotidan foydalangan. U jonning umrboqiyligi haqidagi masalada Platon fikriga qо‘shilmagan, chunki uning paydo bо‘lishi va о‘limi tananing paydo bо‘lishi va о‘limi bilan bir vaqtda yuz beradi, deb hisoblagan. Ayni shu sababli Forobiyda bilish nazariyasi Platondagi kabi xotirlash nazariyasi emas, balki dunyoni sezgi va aql birligi sifatida anglab yetish nazariyasidir. Bunda aqlli jon narsalar tabiatini sezgilar idrokidan foydalanib anglab yetadi. Narsalarning mohiyati aql bilan anglab yetiladi. Bunda aql avvalo mantiqqa tayanishi, lekin sezgi a’zolari beruvchi materialdan foydalanishi lozim. Forobiy borliqning birinchi sababi va harakat manbai sifatida Xudo mavjud deb hisoblagan bо‘lsa-da, uning falsafasi bilish va borliqning murakkab masalalarini yechishga intilish bilan tavsiflanadi. Ayni shu sababli faylasuf borliqning holatlarini, uning shakllarini: oddiy elementlar – havo, olov, yer, suvni; shuningdek minerallar, о‘simliklar, hayvonlar, inson va osmon jismlarini sinchiklab о‘rganadi. Shu tariqa u tashqi dunyoning obyektiv mavjudligiga urg‘u beradi. Forobiyning falsafiy qarashlari Sharq falsafasining rivojlanishiga kuchli ta’sir kо‘rsatdi. Forobiyning gnoseologiyasi tabiatshunoslik, matematika, musiqa, tilshunoslik va boshqa fanlar sohasidagi bilimlarga asoslanadi. U tabiat insondan tashqarida va unga bog‘liq bо‘lmagan holda mavjuddir, deb hisoblaydi. Farobiy fikricha, obyekt subyektga qadar mavjud bо‘lgan. Seziladigan narsalar sezgilardan oldin paydo bо‘lganidek, bilish mumkin bо‘lgan narsalar ham bilishdan oldin paydo bо‘lgan. Forobiy fikricha, inson bilimlarni tashqi dunyodagi hodisalarni bilish jarayonida о‘zlashtiradi. Bu jarayon sezish, idrok etish, xotira, tasavvur qilish va eng muhimi – mantiqiy mulohaza yuritish, tafakkur kabi usullarni qamrab oladi. Bu vositalar yordamida inson fanni о‘rganadi. Forobiy «Fan va san’atning о‘ziga xos xususiyatlari» asarida tabiatni bilishning uzluksizligini, bilish – bu bilishdan bilimga, sababni bilishdan oqibatni bilishga, hodisani bilishdan mohiyatni bilishga eltuvchi yо‘l ekanligini qayd etadi. Forobiy fikricha, inson paydo bо‘lganidan sо‘ng avvalo «oziqlantiruvchi kuch» paydo bо‘ladi, uning yordamida oziqlanish jarayoni yuz beradi. Sо‘ngra sezgi organlari paydo bо‘ladi, ular insonga sezish, tasavvur qilish qobiliyatvaxotirani beradi. Shundan keyingina inson «orzu kuchi» yordamida bilim va hunarlarni о‘zlashtiradi, foydali narsalarni foydasiz narsalardan farqlaydi, о‘z xulq-atvorini tartibga soladi. Forobiy insonning barcha kuchlari ma’lum sezgi organlari bilan moddiy sabab orqali bog‘lanadi, bu kuchlarning birortasi ham moddiy sababsiz mavjud bо‘la olmaydi, deb hisoblaydi. Forobiy inson ruhining bir tanadan boshqa tanaga о‘tishini qat’iyan rad etadi va ruh ham, tana kabi substansiyalarning individual birligidan iborat, deb hisoblaydi. Uning fikri noizchil bо‘lgan. Bunday noizchillik Aristotelning bilish nazariyasida ham kuzatiladi. Aristotelga ergashib Forobiy ham ayrim narsalar birlamchi, mavjud tushunchalar va g‘oyalar – ikkilamchidir va ular aqlda muayyan narsalarning mavhumlashishi natijasida paydo bо‘ladi, deb hisoblaydi. Forobiyning bu g‘oyalari universaliyalar va umumiy tushunchalar haqidagi qarashlarida yanada aniqroq namoyon bо‘ladi. Universaliyalar mavjud bо‘lgani uchun ham umumiy tushunchalar mavjuddir, deb hisoblaydi buyuk mutafakkir. Bilish bosqichlari о‘rtasidagi farqlarni tushunish Forobiyga bilish yо‘llari tо‘g‘risida mulohaza yuritish imkonini beradi. Bilishning fiziklar foydalanuvchi birinchi yо‘li sezishdan boshlanishi lozim, chunki tana sezgiga yaqinroqdir. Bu hol sezgilar muayyan narsalarni aks ettirishi bilan izohlanadi. Narsalar sezgi organlarida aks etgach, jismni va uning yuzasi, chiziqlari va nuqtalarini mavxum о‘rganishga о‘tishi lozim. Matematiklar jismning u yoki bu jihatlarini teranroq bilish uchun foydalanuvchi bilishning ikkinchi yо‘li mavhumlashtirishdan boshlanishi darkor. Bilishni mavxum nuqtadan boshlagan aql muayyan jism bо‘ylab harakatlana boshlaydi, mavxum chiziq, yuza, jismni anglaydi va sо‘ngra muayyan jismni tushunib yetadi. Forobiy g‘oyalari nafaqat Sharq fanining, balki G‘arb ijtimoiy-falsafiy tafakkurining rivojida ham muhim rol о‘ynadi. Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling