1-mavzu: falsafa fani predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli


Download 0.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/28
Sana22.11.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1794464
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   28
Bog'liq
Falsafa 1-mavzu

Ibn Arabiy falsafasi Yevropa falsafiy an’anasida foydalanilgan tilga juda yaqin bо‘lgan 
tilda yaratilgan filosofema. Uni ayni holda ratsionalistik filosofema deb nomlash mumkin (u birlik, 
kо‘plik, sabab, oqibat, birinchi asos, jism, makon, zamon kabi kategoriyalar va atamalardan 
foydalanadi); tilini badiiy til deb belgilash mumkin bо‘lgan, biroq nafaqat estetika jabhasini, balki 


ontologiya va naturfalsafaning ratsionalistik tili bilan bir borliqni tavsiflovchi filosofema (uning 
kategoriyalari – muhabbat, intilish, ehtiros, muhtojlik, gо‘zallik va sh.k.); nihoyat, «mistik» tilda 
yaratilgan filosofema (kategoriyalari: zavq, hol, fano, baqo, jon, rо‘yo va h.k.). 
Har bir filosofema, Ibn Arabiyda bilishning alohida usuliga tayanadi. Shu sababli 
yechimlarning har biri bо‘yicha tegishli bilish usulining qisqacha tavsifini keltirish о‘rinli bо‘ladi 
deb о‘ylaymiz.
1. Bilishning birinchi usuli – oqilona-mantiqiy bilish. Uning vositasi – aql, amalga oshirish 
usuli – sillogizmlar yoki dalillar orqali chiqarilgan xulosalar tarzidagi mantiqiy mulohazalar. 
Kо‘rib turganimizdek, Ibn Arabiy Aristotel mantiqi bilan tanish: u tо‘g‘ri sillogizmni tuzish uchun 
zarur shartlarni tavsiflaydi, mantiqan tо‘g‘ri mulohaza yuritish uchun dalillar va xulosalar zanjiri 
izchil bо‘lishi, biron-bir bо‘g‘inda uzilmasligi lozimligini kо‘rsatadi va о‘zi isbotlashning 
mantiqiy metodlarini kо‘p karra qо‘llaydi.
Mantiqiy bilish Ibn Arabiy uchun qimmatsiz emas, u dunyoni bilishga xizmat qiladi. 
«Faylasufning barcha bilimi ham soxta emas, u nimadadir haq bо‘lishi mumkin, ayniqsa, 
payg‘ambar ham shu haqda sо‘z yuritgan bо‘lsa. Sen faylasuf dinsiz yashaydi, deb aytishing 
mumkin, biroq unda dinning yо‘qligi faylasufning butun ta’limoti soxta ekanligini isbotlamaydi: 
buni aql asoslari bilan har qanday aql egasi anglab yetadi». «Aql asoslari» (avval al aql) – bu 
keyinchalik Dekart qayd etuvchi intuitiv jihatdan aniq va shak-shubhasiz oqilona haqiqatlardir.
Ibn Arabiy fikriga kо‘ra, oqilona bilim inson tanasini boshqaruvchi inson joniga kerak: u 
jonning dunyo haqidagi bilimi muqarrar unsuridir. Oqilona bilim (ilm)ning qimmati Ibn Arabiyda 
shubha uyg‘otmaydi: «Narsani bilish, hech shubhasiz, uni bilmaslikdan ma’qulroqdir». 
Sillogizmlar orqali oqilona bilish bizga dunyo haqida tо‘g‘ri bilim beradi: u, masalan, rangli oyna 
orqali о‘tgan yorug‘lik oyna rangini kasb etsa-da, о‘z holicha rangsiz ekanligini, Quyosh kо‘zga 
kichkina bо‘lib kо‘rinsa-da, aslida Yerdan bir necha marta kattaligini aniqlash imkonini beradi. 
Tо‘g‘ri sillogizm tuzib, dunyoning borlig‘i zamirida sabab yotishini aniqlaymiz.
Bilishning oqilona-mantiqiy metodidan faylasuf bizni qiziqtiruvchi muammoni yechish 
uchun foydalanadi, biroq uning uchun mantiqiy mulohazalar zanjirida mutlaqo boqiy ilohiy 
mohiyat tushunchasi «boshlang‘ich nuqta», dunyoda bо‘lib turgan о‘tkinchi nomukammal 
mohiyat kategoriyasi esa – «pirovard nuqta» hisoblanadi yoki aksincha. Xudodan dunyoga yoki 
dunyodan Xudoga bunday mantiqiy harakat qilish natijasida muammoning ratsionalistik yechimi 
topilishi lozim: dunyoga nisbatan transsendent ilohiy mohiyat ayni vaqtda unga ichdan xos 
bо‘lishi, uning borlig‘i substansional asosini tashkil etishi darkor. Bu biz yo dunyoni tavsiflovchi 
muhim kategoriyalarni transsendent ilohiy mohiyat tushunchasidan chiqarishimiz, yo dunyoda 
mavjud о‘tkinchi mohiyat kategoriyasini asos qilib olib, transsendent ilohiy mohiyat borlig‘ini 
keltirib chiqarishimiz lozimligini anglatadi. Shunday qilib, muammoning yechimi oqilona-
mantiqiy metodlar yordamida topilishi mumkin.
2. Bilishning ikkinchi usuli – muammoni mushohada yuritish yо‘li bilan yechish: yechimdan 
shartlar sari. Mushohada yuritishni bilish usuli sifatida о‘rganar ekanmiz, dunyo va ilohiy 
mohiyatning uzviy birligi va ayni vaqtda ilohiy mohiyatning transsendentligi uning uchun 
muqarrar holdir, deb aytishimiz mumkin. Shuni ta’kidlash lozimki, bu birlik ayniylik emas: 
boshqacha aytganda, bu dunyo va ilohiy mohiyatning farqlangan birligidir. Har qanday narsa va 
hodisada mushohada yuritish seziluvchi va idrok etiluvchi tashqi – zohir jihatlarni va sezgilarga 
ham, aqlga ham yashirin ichki (botin) ma’noni aniqlash imkonini beradi. Bu yashirin ma’no 
borliqning birinchi asosi, ilohiy mohiyatning dunyoga ichdan xosligining negizi va ayni vaqtda 
mushohada obyekti hisoblanadi. Yashirin ma’noni anglash narsalarda, dunyoda Xudoni bevosita 
kо‘rish demakdir.
Mushohada yuritish jarayonida bilish subyekti о‘zining bilish obyektidan ontologik 
mustaqilligini saqlagan holda u bilan birikadi, uni butun vujudi bilan anglab yetadi. Bunga bilish 
subyekti bо‘lgan insonda ham «yashirin ma’no» mavjudligi imkoniyat yaratadi. U yagona va uzviy 
bо‘lgani uchun bilish obyekti bilan «ichki mohiyat» jihatidan birikish imkoniyati yuzaga keladi, 
«tashqi mohiyat»da esa subyekt va obyektning alohidaligi saqlanib qoladi.


Mushohada yuritish yо‘li bilan olingan bilim ratsionalistik tildan farq qiluvchi alohida tilda 
bayon etiladi. Mushohada yuritish, mohiyat e’tibori bilan, butundan qism sari harakatdan iborat 
bо‘lgani uchun bu tilni badiiy til deb atash mumkin. Bu tilda yozilgan matnda qismning 
mazmunini anglab yetish uchun (har qanday badiiy asarda bо‘lganidek) avval butunning 
mazmunini anglab yetish lozim. Vaholanki, fan tilida yozilgan matnda qismlarni tushunmasdan 
butunni tushunish mumkin emas. Ibn Arabiy filosofemasi «badiiy» tilda yozilgan bо‘lib, 
mushohada yuritishga asoslanadi va uni biz shu til nomi bilan estetik filosofema deb ataymiz.
3. Bilishning uchinchi usuli – muammoni mistik yо‘l bilan yechish: shartlar va yechim 
ayniydir. Bu yerda bilish oqilona-mantiqiy va mushohada yuritish yо‘li bilan bilishdan mutlaqo 
boshqacha shartlardan kelib chiqadi. Bu bilish subyekti va obyektining ayniylik shartidir. Bilish 
subyekti bu ayniylikka erishgach, о‘zining subyektlik mohiyatini yо‘qotadi; subyekt va obyekt 
о‘rtasidagi tafovut yо‘qoladi, biluvchi bilinuvchiga aylanadi, biluvchi ham, bilinuvchi ham 
yо‘qolib, faqat yagona universal qoladi. Bu holat «fano» holati, subyektiv о‘zlikning «halok 
bо‘lish», yо‘qolish holati deb ataladi.
Biz ilohiy mohiyatning dunyoga nisbatan transsendentligi va immanentligi muammosi 
yechimining uch variantini kо‘rib chiqdik. Yechimning birinchi yо‘lini qismdan butun sari yо‘l, 
mantiqiy mulohaza yuritishdan boshlanuvchi yо‘l deb belgilash mumkin. Bunda ilohiy mohiyat 
yoki dunyo «qism» deb, muammoning izlanayotgan yechimi esa – «butun» deb olinishi mumkin. 
Ikkinchi yо‘l butundan qism sari harakatdan iborat: biz yechim mavjudligini faraz qildik, u qanday 
bilishi lozimligini («butun»ni) kо‘rsatdik va sо‘ng uni tahlil qildik, transsendent-immanent 
muammo yechilgan sharoitda ilohiy mohiyat va dunyo qanday bо‘lishi lozimligini kо‘rishga 
harakat qildik. Nihoyat, yechimning uchinchi varianti qismlar va butunning ayniyligini, mutlaqo 
va barcha yо‘nalishlarda ayniylikni: qismlarning bir-biri bilan, ularning har biri va ikkalasining 
butun bilan ayniyligini qayd etadi. Birinchi holda transsendentlik va immanentlik muammosining 
yechimi topilmadi, ikkinchi holda u о‘z yechimini topish uchun dualizmni qabul qilishni talab etdi
uchinchi holda esa u yechilmaydi, balki о‘z asosini yо‘qotadi.

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling