1-mavzu: falsafa fani predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli


Download 0.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/28
Sana22.11.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1794464
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   28
Bog'liq
Falsafa 1-mavzu

Bahouddin Naqshband. asos solgan sо‘fiylik ta’limotining nazariy asoslaridan birini Xudo
dunyo va insonning о‘zaro nisbati muammosi tashkil etadi. Bu bosh muammo talqinida sо‘fiylarni 
ikki yо‘nalish – teistik va panteistik yо‘nalishlarga ajratish mumkin. Alloh hamma narsaning 
yaratuvchisi deb e’tirof etilgan, insondan tashqarida turgan, dunyo uzra yuksalgan va bilish 
mumkin emas deb e’lon qilingan bо‘lsa, sо‘fiylar ta’limoti monoteizm shakl-shamoyilini kasb 
etgan, dunyo va Xudo tushunchalari tenglashtirilgan taqdirda bunday ta’limot panteistik deb 
hisoblangan
3
.
Bahouddin Naqshband hayotning mazmunini Haqiqat (Alloh)ga erishishga intilishda 
kо‘rgan va Haqiqat (Alloh)ga erishish tashqi narsalar haqidagi bilim – shariatga asoslanadi va 
ichki narsalar haqidagi bilim – tariqat jarayonida yuz beradi, deb hisoblagan. U shariat Qur’oni 
karim va hadislarni bilishdan kelib chiquvchi diniy qonun-qoidalar tо‘plami ekanligidan kelib 
chiqqan. Tariqat odam Haqiqatga erishish uchun qaysi bosqichlardan о‘tishi, Allohni anglash va 
u bilan birikish uchun qanday tо‘siqlarni yengishi lozimligini belgilaydi. Bunda bilish jarayonida 
shariatdan tariqatga о‘tish darhol yuz bermaydi. Faqat shariatni о‘zlashtirish va uning talablarini 
bajarish orqali Haqiqat yо‘lidan jadalroq va samaraliroq borish mumkin.
Odam bilishning har bir bosqichi (mistik yо‘l manzillari)dan oldinma-ketin о‘tib о‘z 
maqsadiga yaqinlashadi. Sо‘fizm nazariyasi va amaliyoti ongning tashqidan ichkiga, ochiqdan 
yashiringa sayohatini nazarda tutadi. Bahouddin Naqshband tariqat ezoterik (yashirin, mistik) fan, 
u hammaga ochiq emas, uni faqat о‘zini Haqiqatga baxshida etgan odamlar anglab yetishi 
mumkin, deb hisoblagan.
Sо‘fizmda mistik bilish zamirida «О‘zini bilgan odam о‘z Allohini biladi» degan tamoyil 
yotadi. О‘zini о‘zi bilish orqali Allohni bilish maqsadga erishishning eng qisqa yо‘lidir. 
3
Shayx Baxovuddin Nakshband: yego znacheniye dlya religioznogo mirovozzreniya, vliyaniye yego 
ucheniya na etiku i politiku. – T.: Movarounnaxr, 1997. – S 13


Bahouddin Naqshband yaratgan ta’limotning asosida «Dil ba yor-u, dast ba kor», ya’ni «Kо‘ngil 
yorda, qо‘l – ishda», degan shior yotadi.
Diniy ilmlar sohalarida imom Buxoriy, imom Termiziy, imom Abu Hanifa, imom Moturidiy 
va imom Burhoniddin Marg‘inoniylar peshqadamlik qilganlar. 
Imom Buxoriy (810—870) yirik ilohiyotchi, muhaddis sifatida 60 mingga yaqin hadis 
tо‘plagan, ulardan ishonchli deb topganlarini maxsus tо‘plam holiga keltirgan. Bu tо‘plam “Sahihi 
Buxoriy” nomi bilan mashhurdir. 
Imom Iso Termiziy (824—892)dan “Payg‘ambarning alohida fazilatlari”, “Hadislardagi 
ixtilof va bahslar haqida risola”, “Tarix” va boshqa asarlar meros bо‘lib qolgan. Imom Termiziy 
hadislarni muntazam ravishda tо‘plab, muayyan tartibga solgan va yaxlit bir kitob shakliga 
keltirgan. 
Temur va temuriylar davri xuddi ana shunday, mo’g’ul bosqinchilaridan ozod bo’lgan 
xalqimizning milliy dahosi eng yuksak cho’qqiga ko’tarilgan davrdir. Bu davr falsafasi 
xalqimizning sohibqiron Temur boshchiligida ozodlikka erishgan va mustaqillikni saqlash hamda 
mustahkamlash 
uchun 
amalga 
oshirgan 
buyuk 
ishlarining 
ifodasidir. 
Bu 
xalqimizning 
markazlashgan davlat tuzish, milliy davlatchiligini tiklash va barqaror qilish, mustaqil yashash 
orzularining ushalgan davridir. 
Mo’g’ullar o’rnatgan mustabid tuzumning Amir Temur dunyoga kelgan davrida yerli aholi 
o’rtasida chuqur ijtimoiy va ma’naviy uyg’onish jarayoni borayotgan edi. Bu jarayon, «Tarixi, 
o’sha davrdayoq, ming yilliklar qa’riga ketgan buyuk xalq mustamlakachilik azobida 
yotaveradimi?» yoki «Mustaqillik uchun kurash olib borishda davom etadi va ozodlikka 
erishadimi?» degan asosiy savollar atrofida roy berayotgan edi. 
Mo’g’ullar mamlakatimizni siyosiy va harbiy jihatdan istilo qilgan edilar, ammo uni 
ma’naviy boysundirish, madaniy jihatdan mo’g’ullarning ustunligi to’g’risida gap ham bolishi 
mumkin emas edi. Ko’chmanchilik va shaharlarni g’orat qilishdan boshqasiga yaramaydigan, 
o’troq hayotga mensimay qaraydigan Chingiz avlodlari ma’naviy va madaniy jihatdan o’zlaridan 
ustun bo’lgan xalqqa nima ham bera olar edilar? Ular o’z hukmronligining oxirigacha ham 
Vatanimizda birorta tuzukroq yashash mumkin bo’lgan yangi shahar barpo etmadilar, madaniyat 
o’choqlarining yuksalishi uchun imkon bermadilar, yerli aholi orasidan chiqqan barkamol 
kishilarni qilichdan o’tkazib turdilar. Ammo xalq irodasini buka olmadilar, uning ozodlik va 
mustaqillikka intilishini to’xtatib qoya olmadilar. Amir Temur ana shu harakatning natijasi, 
xalqining milliy g’oyalarini royobga chiqarish uchun tarixiy shakllangan zaruriyat, o’sha paytda 
har biy uyushqoqlik, siyosiy hushyorlik, fidokorlik jihatidan jahonda tengi yo’q millatga aylangan 
xalq dahosi yaratgan buyuk jahongir edi. Xalq jahongirga aylanganida o’zining jahongirini 
yaratadi. Gohida bir jahongir millat boshqasini uyg’otib yuboradi. Bu esa tarixning muayyan 
hududdagi eng burilish nuqtalariga to’g’ri keladi. 
Ba’zilar Temug falsafiy asarlar yozmagan-ku, uning falsafaga aloqasi bormi, deb o’ylaydi. 
Aslida Temurning hayoti va faoliyati falsafadan iborat emasmi? U falsafiy xulosalar chiqarish 
uchun boshqa kishilarning hayoti va asarlaridan ham mazmunliroq hayot emasmi? Falsafani faqat 
kitoblardangina o’rganish mumkinmi? Aslida, falsafani to’la-to’kis kitobga tushirib bo’lmaydi. 
Kitobga tushirilgan falsafa muayyan tizimga keltirilgan falsafiy bilimlar sistemasi xolos. Temur 
va temuriylar davrini tarix falsafasi va falsafa tarixini uyg’un tarzda yozish orqali nisbatan to’g’ri 
ifodalash mumkin. Amir Temurning hayoti, uning faoliyati, temuriylar davridagi madaniy 
jarayonlar, ilm-fan rivoji kabi masalalar esa bir necha falsafiy kitoblar, o’nlab tadqiqotlar uchun 
mavzu ekanligi aniq. Qolaversa, Temur va temuriylar kabi ilm-fan, madaniyat va san’atni, falsafa 
va adabiyotni nozikta’b tushungan, o’zlari ham bu sohalarda ajoyib yutuqlarga erishgan siyosiy 
sulolalarni jahon tarixidan topish qiyin. Bu sulola vakillari orasida she’r yozmagan, adabiy 
mashqlar qilmagan, fan-madaniyatga qiziqmagan biror temuriyzoda bo’lmasa kerak. Tarix 
shundan dalolat beradiki, yurt boshliqlari fan va madaniyatga qiziqqan, ma’naviyatni yuksaklikka 
ko’tarish uchun kurashgan o’lkada bu sohalarda haqiqiy yuksalish bo’ladi. Siyosiy 
ta’minlanganlik, boshqa sohalar bilan birgalikda, madaniy taraqqiyotning eng asosiy omili 
ekanligini rad qilish unchalik o’rinli emas. Madaniyatparvar va millatparvar Amir Temur va 


temuriyzodalar o’sha davr ma’naviy taraqqiyoti uchun siyosiy va iqtisodiy asoslarni to’la-to’kis 
yaratgan arboblar edi. Xalqimizning asrlar osha ular ruhiga minnatdorlik tuyg’usi bilan 
yondashuvi, haligacha o’z farzandlariga bu sulola vakillari nomlarini qo’llab yurishi, bugungi 
kunlarda ham o’sha zamondan tashbehlar izlayotganining sabablaridan biri ham ana shunda
4


Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling