1-mavzu: falsafa fani predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli
Amir Temur ibn Tarag’ay Bahodir
Download 0.65 Mb. Pdf ko'rish
|
Falsafa 1-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nizomiddin Mir Alisher Navoiydir
Amir Temur ibn Tarag’ay Bahodir (1336—1405) Kesh (Shahrisabz) shahri yaqinidagi
Xo’ja ilg’or qishlogbda dunyoga keldi. Uning eng asosiy tarixiy xizmatlari shundan iboratki, u mo’g’ullarning bosqinchilik va vayronkorliklariga qarshi kurashib, O’rta Osiyoni ulardan xalos etdi. Mayda feodal va mulkdorlarning o’zaro nizolariga barham berib, kuchli markazlashgan davlat barpo qildi. Mamlakatda tartib-intizom va qonun ustuvorligini ta’minladi. Uning davrida «Kuch — adolatda» tamoyili amalga oshdi, iqtisod va madaniyat yuksaldi, o ’ zga mamlakatlar bilan mustahkam aloqalar o’rnatildi. Amir Temur mohir harbiy sarkarda sifatida nom qozondi. U o’z hayotini Movarounnahr xalqining farovonligi, yurt obodonchiligi uchun sarfladi, uning davrida hashamatli binolar, qurilish inshootlari, go’zal bog’Iar bunyod qilindi, maktab va madrasalar, masjidlar qurildi, mamlakatimiz Sharqning go’zal hududiga aylandi. Temurning yana bir ulkan xizmati shuki, u madaniyat va ilmfan homiysi sifatida mashhur bo’ldi, o’z saroyiga olimu fuzalo va din arboblarini to’pladi. Xoja Afzal, Jalol Xokiy, Mavlono Xorazmiy, Mavlono Munshiy va boshqalar uning saroyida ilm-fan va badiiy ijod bilan mashg’ul bo’ldilar. Bobur Mirzoning xabar berishicha, o’sha davrda Samarqand eng go’zal shahar edi. Ispan sayyohi R. G. Klavixo Samarqandning go’zalligiga qoyil qolgan edi. Temur hukmronligi davrida ichki va tashqi savdo kuchaydi. Ayniqsa, Hindiston, Xitoy, Rusiya, arab mamlakatlari bilan aloqalarning kuchayishi Temur saltanati iqtisodiy qudratini oshirdi. Temur va temuriylar davrida islom dini va tasavvufga katta e’tibor berildi. Islom dini o’sha davrda asosiy mafkura bo’lib, markazlashgan davlat barpo etishda, iqtisod, madaniyat va ilm-fan sohasidagi maqsad va vazifalarni amalga oshirishda nazariy asos bo’lib xizmat qildi. Temur o’z faoliyatida unga tayanib ish ko’rdi. Temuriylar davrida tasavvuf ta’limoti keng quloch yoydi. Sohibqiron tasavvuf qoidalaridan mamlakatdagi salbiy illatlarni yo’qotishda, turli janjal va nizolarni bartaraf qilishda, haqiqat va adolat o’rnatishda, insonparvarlik g’oyalarini tarqatishda foydalangan. Temur tasavvufdagi poklanish, to’g’ri va sofdil bo’lish, zino va fahsh ishlar bilan shug’ullanmaslik, harom-xarish ishlardan qochish, halol mehnat qilish, biror kasbni egallash, muhtojlarga mehr-shafqat ko’rsatish kabi g’oyalarni xalqqa singdirish uchun kurash olib bordi. Naqshbandlik tariqatining yirik shayxlari bo’lmish Sayyid Amir Kulol, Shayx Abu Bakr Tayobodiy, Mir Sayyid Barakalar Temurning pirlari bo’lib, sohibqiron ular bilan tez-tez muloqot qilib turgan. Temuriylardan Shohruh, Ulug’bek, Xusayn Boyqaro, Bobur Mirzolar davlatni boshqarishda, din va tasavvuf qoidalariga amal qilishda, ilm-fan va madaniyatni rivojlantirishda uning an’analarini izchil ravishda davom ettirdilar. Bu davrda me’morchilik san’ati yuksak darajaga ko’tarildi. Amir Temur Ko’ksaroy masjidi, Shoxizinda, Bibixonim madrasasini qurdirdi. Keshda (Shahrisabz) Oqsaroy barpo qila boshladi. Mirzo Ulug’bek davrida 1417—1420-yillarda Registonda, keyinchalik Buhoroda, 1432—1433-yillarda G’ijduvonda madrasalar qurildi, Bibixonim masjidi, Go’ri Amir maqbarasi qurib bitkazildi. 1429-yili esa Ulug’bekning falakiyot rasadxonasi nihoyasiga yetdi. Xirotda ham ko’plab me’morchilik binolari barpo qilindi. Ular jumlasiga masjid, madrasa va xonaqohlardan iborat bo’lgan Gumbazi sabz, Alisher Navoiy qurdirgan «Ixlosiya», «Nizomiya», «Shifoiya» madrasalari, Marv shahridagi «Xusraviya» madrasasi va boshqalar kiradi. Navoiy yashagan zamonda Xirotda «Sharq Rafaeli» deb nom olgan Kamoliddin Behzod (1456—1535) va shoh Muzaffar kabi dunyoga mashhur rassomlar ijod qildi. Behzod «Zafarnoma» kitobiga, Xusrav Dehlaviyning «Xamsa», Sa’diyning «Bo’ston» asarlariga naqsh bergan va Xusayn Boyqaro, Xotifiy, Jomiy va boshqalarning rasmini chizgan, xalqning mehnatini, tabiat manzaralarini haqqoniy tasvirlagan. 4 Falsafa asoslari: o‘quv qo'llanma / Q.Nazarov va boshq. — Toshkent: O’zbekiston faylasuflari milliy jamiyati, 2018. - 380 b. Jahon madaniyati ravnaqiga ulkan hissa qo’shgan siymolardan biri, ulug’ o’zbek shoiri va mutafakkiri Nizomiddin Mir Alisher Navoiydir (1441—1501). Uning otasi G’iyosiddin kichkina Shahrisabzdan Hirotga borib qolgan barlos beklaridan edi. Navoiy Hirotda Husayn Boyqaro saroyida turli lavozimlarda ishladi, 1472 yildan boshlab vazir etib tayinlandi. Mamlakat obodonchiligi, xalq ravnaqi va osoyishtaligi yo’lida ko’p ishlar qildi. Navoiy ijodi boy bo’lib, asarlari turli mavzularga bag’ishlangan. «Xamsa» ya’ni «Hayratul abror», «Farhod va Shirin», «Layli va Majnun», «Sab’ai sayyor», «Saddi Iskandariy» dostonlari hamda «Xazoyin ul maoniy» («Ma’nolar xazinasi»), «Lison ut-tayr», «Majolis un nafois», «Mahbub ul qulub», «Mezon ul-avzon», «Muhokamat ul-lug’atayn» va boshqalar. Navoiyning ijodi falsafiy fikrlarga boy bo’lib, unda jamiyat va inson munosabati, insonning baxt-saodati, komil inson va fozil jamoa, ta’lim-tarbiya haqidagi fikr-oylari o’z ifodasini topgan. Shoir ijtimoiy-falsafiy qarashlarining muhim xususiyati shundan iboratki, unda falsafiy fikrlar majoziy tarzda, badiiy o’xshatish va ramziy iboralar yordamida, zohiriy va botiniy ma’nolarda bayon qilinadi. Navoiyning ijodiy merosida insonparvarlik va komil inson g’oyasi muhim o’rinni egallaydi. Navoiyning yaxshilik, ezgulik, muhabbat, do’stlik, adolat, tinchlik, osoyishtalik va boshqa go’zal fazilatlar, ma’naviy-axloqiy qadriyatlar to’g’risidagi qimmatli fikrlari, nasihatomuz so’zlari respublikamiz mustaqillikka erishgandan so’ng ham barkamol insonni tarbiyalashga xizmat qilmoqda. Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling