1-mavzu. Falsafa fanining asosiy maqsadi va bo’LG’usi pedagoglarda o’qitilishining nazariy-amaliy ahamiyati


Antropogen – inson faoliyati bilan bog’liq. Antropotsentrizm


Download 1.91 Mb.
bet105/155
Sana21.01.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1106211
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   155
Bog'liq
Falsafa maruzalar majmuasi

Antropogen – inson faoliyati bilan bog’liq.
Antropotsentrizm – dunyoni bilishda insonni ustun qo`yuvchi falsafiy yondashuv.
Aprior – tajribadan tashqarida. Inson tafakkurida tajribada ko`rilgunga qadar, tajribadan qat’iy nazar paydo bo`lgan obraz, g’oya, tushuncha.
Ateizm – xudoning borligini inkor etuvchi falsafiy nuqtai nazar.
Atribut – xossa.
Bashorat – kelajak haqidagi, ya’ni hali amalda mavjud bo`lmagan, lekin rivojlanishning kutilayotgan rivojini belgilovchi ob’ektiv va sub’ektiv omillar ko`rinishida hozirgi zamonda potentsial mavjud bo`lgan hodisalar va jarayonlar haqidagi bilim.
Belgi – boshqa bir predmet, xossa yoki munosabatni ifodalaydigan va muayyan xabarni uzatish, saqlash yoki unga ishlov berishda ishlatiladigan moddiy, hissiy idrok etiladigan predmet.
Garmoniya – bir butun narsa qismlarining o`zaro muvofiqligi.
Germenevtika – falsafada – tarix, madaniyatni, o`zga individuallikni tushunish san’ati.
Gipotetik – ehtimol tutilgan, faraz qilingan, taxmin (gipoteza)ga asoslangan.
Globallashuv – ijtimoiy hayotning turli jabhalarida yaxlit tuzilmalarning dunyo miqyosida shakllanish jarayoni.
Globalistika – globallashuv va uning oqibatlari mohiyatini anglab etishga qaratilgan ilmiy va falsafiy tadqiqotlar fanlararo sohasi.
Gnoseologiya – bilish nazariyasi.
Deduktsiya – tadqiqot yoki tavsiflash metodi, usuli bo`lib, bunda ayrim qoidalar umumiy xulosalar, aksiomalar, qoidalar, qonunlardan tadrijiy yo`l bilan keltirib chiqariladi.
Dezintegratsiya – butunning ayrim qismlarga parchalanishi.
Deizm – Xudo dunyoni yaratgach, unda ishtirok etmaydi va uning voqealari tabiiy kechishiga aralashmaydi, deb hisoblaydigan falsafiy nuqtai nazar.
Determinizm – barcha voqealar va hodisalarning qonuniyligi va sababiy bog’langanligi haqidagi falsafiy ta’limot.
Dialektika – harakat, rivojlanish, o`zgarish haqidagi falsafiy ta’limot.

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling