1-mavzu. Falsafa fanining asosiy maqsadi va bo’LG’usi pedagoglarda o’qitilishining nazariy-amaliy ahamiyati


Download 1.91 Mb.
bet102/155
Sana21.01.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1106211
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   155
Bog'liq
Falsafa maruzalar majmuasi

Al-Ixvon al-muslimun. XIX asr dastlabki yillaridan islom dini tarqalgan mamlakatlar iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy hayotida katta tarixiy o’zgarishlar yuz bera boshladi. Bu o’zgarayotgan yangi sharoitlarga diniy-falsafiy, huquqiy normalarning XIX asr yarmidan boshlangan moslashuvi fanda «islomiy islohotlar» nomini oldi. Lekin bu jarayon haddan tashqari cho’zilib ketdi va ko’p sohalarda ziddiyatli hollarni keltirib chiqardi. Ular orasida panislomizm va musulmon jamoalarining boshqa konfessiyalardan ajratish g’oyasini aytishimiz mumkin. Panislomizm g’oyasini birinchi bo’lib ilgari surgan Jamoliddin al-Afg’oniy (1839-1897) hisoblanadi. U diniy-siyosiy arbob bo’lib, 1884 yili Parijda Muhammad Abduh (1849-1905) bilan birgalikda «al-Urvat al-vusqo» jurnalini nashr etdi va unda panislomizm g’oyalarini targ’ib qila boshladi. Al-Afg’oniyning g’oyalarini keyinchalik «Musulmon birodarlar» (al-Ixvon al-muslimun) radikal shakllarda rivojlantirdilar.
Al-Ixvon al-muslimun 1928 yili Misrning Ismoiliya shahrida shayx Hasan al-Banno tomonidan tashkil etilgan diniy-siyosiy tashkilotdir. Hasan al-Banno Jamoliddin al-Afg’oniy, Muhammad Abduh, Rashid Rizo asarlaridan ta’sirlanib, panislomizm g’oyasida jihod, islomiy millatchilik, islomiy davlat ta’limotlarini ishlab chiqdi. Al-Ixvon al-muslimun bu ta’limotlar asosida islom dini tarqalgan mamlakatlarda Qur’on va shariatda ifodalangan qoidalarga to’liq rioya qiluvchi, «islomiy adolat» tamoyillari o’rnatilgan jamiyat qurish uchun siyosiy kurashni boshlab yubordi.
Al-Ixvon al-muslimun o’z tarixida bir necha bosqichlarni bosib o’tdi. 1928-1936 yillardagi davrni xayriya va ma’rifatchilik bosqichi deb atasa bo’ladi. Keyinchalik u kurash uslubi sifatida terrorni qo’llash darajasiga etgan siyosiy tashkilot sifatida maydonga chiqdi. Ko’plab davlatlarda uning faoliyati taqiqlandi. Keyingi davrda al-Ixvon al-muslimun orasida bo’linish yuz berib, ular 3 yo’nalishga ajralib ketdi:

  1. «mo’’tadillar» – Hasan al-Banno va Sayyid Qutb tarafdorlari;

  2. «islom demokratlari» – «islom sosializmi» ta’limoti tarafdorlari;

  3. «at-Takfir va-l-hijra», «al-Jihod», «Hizb at-tahrir al-islomiy» kabi terror uslubini qo’llovchi tashkilotlar.


Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling