1-mavzu. Falsafa fanining asosiy maqsadi va bo’LG’usi pedagoglarda o’qitilishining nazariy-amaliy ahamiyati


Download 1.91 Mb.
bet11/155
Sana21.01.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1106211
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   155
Bog'liq
Falsafa maruzalar majmuasi

Tafakkur va uning mohiyati. Inson hamisha nimalar haqidadir o’ylaydi. O’ysiz holat ham, psihologlar fikriga ko’ra, amalda hech bo’lmasa hech narsa haqida o’ylamaslikni o’ylash holatidir. Bilishning dialektik yo’li sezgi a’zolari orqali bilish, dalillarni aniqlashdan mantiqiy tafakkur sari olib boradi. Tafakkur– bu insonning narsalar muhim xossalari va munosabatlarini izchil, bilvosita va umumiy aks ettirishidir. Ijodiy tafakkurlash amaliyot, fan, texnikada yangi natijalar olishga qaratiladi. Tafakkurlash – muammolar qo’yish va ularni echishga qaratilgan faol jarayon. Mantiqiy qonunlar – narsalarning obyektiv munosabatlarini amaliyot asosida umumlashtirish. Demak inson tafakko’rining barkamollik darajasi uning mazmuni obyektiv borliq mazmuniga qay darajada muvofiqligi bilan belgilanadi.
Tafakko’rning asosiy shakllari. Tafakkur jarayonining oqilona mazmuni tarixiy rivojlanish jarayonida yaratilgan mantiqiy shakllar qobig’iga o’raladi. Tafakkur o’zining asosiy shakllari – tushunchalar, mulohazalar va xulosalar ko’rinishida yuzaga kelgan, rivojlanmoqda va amalga oshirilmoqda.
Tushuncha – narsalar va hodisalarning umumiy, muhim xossa va aloqalari aks etuvchi fikr. Tushuncha – tafakkur, tushunish faoliyatining mahsuli.
Mulohaza – fikrning shunday bir shakliki, unda tushunchalarni bog’lash yo’li bilan biror narsa haqidagi biron-bir fikr tasdiqlanadi (yoki rad etiladi).
Xulosa – mushohadaning nisbatan tugallangan birligi. Mushohada yuritish jarayonida mavjud mulohazalardan yangi mulohaza – xulosa chiqariladi. Xulosa chiqarish tafakko’rning shunday bir amaliki, unda ayrim fikrlarni taqqoslash yo’li bilan yangi mulohaza yaratiladi.
Haqiqat – bilish nazariyasining bosh kategoriyasi. U borliqning bilishdagi ideal ifodasi, chunki haqiqat ongdan, bilayotgan subyektdan tashqarida va undan qat’iy nazar mavjuddir. Haqiqat – bilimlarning obyektiv borliqqa muvofiq bo’lgan mazmuni. U bilish jarayoni, bilish in’ikosining natijasidir.
Obyektiv haqiqat – bilimlarimizning inson insoniyatga bog’liq bo’lmagan mazmuni. Bizning bilimlarimizda doim yo muayyan odamga, yo muayyan ijtimoiy guruhga bog’liq bo’lgan unsur mavjud bo’ladi. Binobarin, o’z bilimlarimizda subyektiv unsurlarga bog’liq bo’lmagan va shu sababli obyektiv hisoblanadigan mazmunni qayd etishimiz lozim. Obyektiv haqiqat rivojlanib, ikki shakl: nisbiy va mutlaq haqiqat shakllarida amal qiladi.

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling