1-mavzu. Falsafa fanining asosiy maqsadi va bo’LG’usi pedagoglarda o’qitilishining nazariy-amaliy ahamiyati


Download 1.91 Mb.
bet111/155
Sana21.01.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1106211
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   155
Bog'liq
Falsafa maruzalar majmuasi

ABSTRAKT TUSHUNCHA – buyumlarning ayrim belgilari munosabatlarini fikran ajratib,tushunchada aks ettirilishi. Masalan, «botirlik», «tozalik» kabi.
ABSURD – (lot. bema’ni, behuda) – biror tezisni isbotlashda uchraydigan mantiqiy xato. Bunday xato (redictio ad absurdum) biror mantiqqa zid bo’lgan bema’ni hulosaga kelish deb ataladi.
AVTOMATIK MANTIQ – matematik mantiqning maxsus soxasi bo’lib, diskret boshqarish sistemasi haqidagi ta’limotni beradi.
AGNOSTISIZM (grek. a – yo’q, gnosis – bilish, bilib bo’lmaydigan) dunyoni bilib bo’lmaydi, degan ta’limot bo’lib, bu ta’limotga ko’ra inson narsalarning mohiyatini bilishga, ular xaqida aniq bilimga ega bo’lishga qodir emasdir.
AJRATIB KO’RSATUVCHI HUKM – ma’lum belgi faqat o’sha predmetga tegishli ekanini ko’rsatadigan hukm.
AYLANTIRISH (lot. abversio) bevosita hulosa chiqarish bo’lib, bunda tasdiq hukm inkorga yoki inkor tasdiq hukm holiga keltiriladi. Aylantirish natijasida hukmning sifati o’zgaradi.
AYIRUVCHI (DIZ’YUNKTIV) HUKM – bir necha hukmlar yoki (v) bog’lovchi orqali murakkab hukmni tashkil etadi. Bu ikki xil: qat’iy ayiruvchi hukm va oddiy ayiruvchi ko’rinishda bo’ladi.
AYIRUVCHI (DIZ’YUNKTIV) SILLOGIZMkatta asos ayiruvchi hukmdan, kichik asos va hulosa esa qat’iy hukmdan iborat bo’ladi. Bu ikki xil modusdan iborat.
AYNIYAT QONUNI (lot. Lex indentitatis) formal mantiqning asosiy qonunlaridan bo’lib, bu qonunga ko’ra muhokama jarayonida ma’lum predmet to’g’risidagi fikr xajm jixatidan barqaror muayyanlikni saqlashi kerak. Bu qonun fikrni aniq ifodalash talab qiladi. Muhokamada har bir tushuncha aynan bir ma’noda ishlatilmog’i lozim. Uning formulasi A=A dir.
AKSIOMA (grek. axioma – qabul qilingan holda) – ma’lum nazariyani isbotlash uchun keltiriladigan isboSiz qabul qilingan tushunchalardir. Mantiqda aksioma isboSiz qabul qilingan haqiqat ma’nosida ishlatiladi. Hozirgi zamon ilmiy tekshirish shlarida aksiomatik metod juda katta ahamiyatga ega. U ilmiy nazariyalarning deduktiv hulosalar chiqarish yordamida tashkil topish sullaridan biri. Shuning uchun «deduktiv metod» va aksiomatik metod ko’pincha aynan tushunchalar sifatida ishlatiladi.
ALTERNATIVA (lot. Alternare – almashmoq, navbat bilan qilmoq) – mumkin bo’lgan qarama – qarshi ikki yoki bir necha holdan tanlab olish zaruriyati. antiqda ayiruvchi hukmning har bir qismi alternativa bo’la oladi.

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling