MANTIQIY QONUNLAR – to’g’ri tafakkur qonunlari.
MANTIQ QONUNLARI – inson tafakkuriga xos qonunlardir. Mantiq qonunlari obyektiv olamning inson ongidagi in’ikosidan iboratdir. Formal mantiqning to’rttaasosiy qonuni bor: ayniyat, nozidlik, uchinchisi istisno, yetarliasos qonunlari. Bu qonunlar to’g’ri fikrlashning zaruriy shartidir.
MATEMATIK MANTIQ – matematikaning bir yo’nalishi bo’lib, u fikrlash jarayonini o’rganishga matematik metodni qo’llaydi. Matematik mantiq formal mantiq rivojining yangi bosqichi bo’lib, u an’anaviy mantiqdan so’ng mustaqil soha bo’lib maydonga keldi.
MODUS (lot. modus – usul, o’lchov) formal mantiqda sillogizm figuralaridagi hukmlarning miqdor va sifat jihatdan birlashgan turlari tushuniladi.
MURAKKAB HUKM – Mantiqiy bog’lovchilar orqali ikki va undan ortiq oddiy qat’iy xukmlardan tashkil topgan xukm. Murakkab hukmlar ayiruvchi, birlashtiruvchi, shartli va ekvivalent bo’ladi.
MUHIM BELGI – predmet va hodisalarning mavjudligi uchun zarur bo’lgan belgidir.
MANTIQIY KVADRAT – hukmlar o’rtasidagi munosabatni esda saqlab qolish uchun yaratilgan ko’rgazmali diagramma
NATIJA – asosdan zaruriy ravishda kelib chiqadigan fikr. SHartli hukm qismlaridan biri: shartli aytilgan qism asos, shart asosida vujudga keladigan qism natijadir. Bir necha hukmdan chiqarilgan hulosa ham natija deyiladi.
NEGO – lotincha «inkor qilaman» degan so’z bo’lib, birinchi unli harfi (E), muminkor hukmning, ikkinchi unli harfi esa (O) juz’iy inkor hukmining simvolik ifodasi.
NEOLOGIZM (grek. neos – yangi, logos so’z) – tilda yangi so’zlarning paydo bo’lishi. Bu so’zlar inson amaliy faoliyati, ilmiy bilimlarining rivojlanishi asosida paydo bo’ladi.
NOM – predmet, hodisa, jarayonlarning tildagi ifodasi. Nom yakka predmetlarni (Toshkent, Al- Xorazmiy), bir guruh predmetlarni (halq, o’rmon), hodisa va jarayonlarni (tinchlik, sezgi) aks ettirishi mumkin. Nom problemasi bilan mantiqda G. Frege batafsil shug’ullangan.
NOMINAL TA’RIF – (lot. definitio nominalis) – tushunchada ifodalangan so’zning ma’nosini aniqlash. Nominal chetdan kirgan so’zlarning ma’nosini aniqlash, ilmiy aylanmaga yangi terminlar kiritish uchun ham ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |