1-mavzu. Falsafa fanining asosiy maqsadi va bo’LG’usi pedagoglarda o’qitilishining nazariy-amaliy ahamiyati


Download 1.91 Mb.
bet130/155
Sana21.01.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1106211
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   155
Bog'liq
Falsafa maruzalar majmuasi

ANDISHA —yuksak ma’naviyatga xos, axloqiy tarbiya natijasida shakllanadigan ma’naviy-axloqiy tushuncha, Etika fanining meyoriy tushunchasi, “Ma’naviyatshunoslik”, “Ma’naviyat asoslari” fanlarining asosiy kategoriyalaridan biri. Kishilar b-n bo’lgan munosabatda oqibatini atroflicha o’ylab munosabatda bo’lish, mulohaza qilish A.ning o’ziga xos xususiyatlaridandir. A.li inson o’z xatti-harakati, ma’naviy-ruhiy qarashlarida yuksak axloqiy tamoyillardan kelib chiqqan holda faoliyat yuritadi. Bunday inson o’zgalarni olijanob axloqiy me’yorlarga asoslangan holda qadrlaydi.
BAXT- ma’naviy axloqiy tushuncha. Kishi o’z faoliyati natijalaridan hayotda qo’lga kiritilgan yutuqlaridan to’la qoniqish, yashash tarzidan mamnunlik, muayyan maqsadga etganlik, orzu-umidning ushalishi, bearmonlik holati sifatida namoyon bo’ladi. Baxt nisbiy tushuncha, mutloq baxt yo’q. Baxtni qanday ma’noda tushunishning shaxsning ijtimoiy o’rniga, bilimi, yoshi, dunyoqarashiga bog’liq. Baxt haqidagi kishilarning tasavvurlari ijtimoiy tuzim va undagi ijtimoiy munosabatlar majmuasi b-n uzviy bog’liq.
BAG’RIKENGLIK– mehr-muruvvat, g’amxo’rlik, himoya, panoh, makon, saxiy, eshigi hamma uchun ochiq, dargohi keng; kengfe’llik. Bag’rikenglik – o’zgalarning dunyoqarashi, diniy e’tiqodi, milliy va etnik xususiyatlari, an’ana-marosimlariga hurmat-ehtiromda bo’lish, muomala-munosabatda kamsitishlar, tahqirlashlarga yo’l qo’ymaslik, insoniylikni hamma narsadan ustun hisoblab, jamoada, ish joylarida, mahalla-kuyda bunga rioya etish. Xullas, turli dindagi, turli millat va elatlarga mansub kishilarning bir mamlakat doirasida, yagona davlat tarkibida bahamjihat, osoyishta yashashidir. Bag’rikenglik ayrim shaxslarga yoki butun bir xalqqa xos xususiyat bo’lishi mumkin. Bag’rikenglik – o’zbek xalqining eng olijanob fazilatidir.
BARKAMOLLIK– kamolot, balog’atga erishgan, bekamu ko’st, etuk, mukammal, nuq-sonsiz, kamoli xirad – aql komilligi, kamoli ma’rifat – ilmu ma’rifatda mukammallik, kamol ahli – ilmu hikmat egalari, olimlar. Barkamollik insonning aqliy axloqiy va bilimdonlik jihatidan etukligi, o’zi tanlagan kasbu hunarning ustasi bo’lishi, shaxs sifatida shakllanib, vatan taraqqiyoti, el-yurt farovonligi uchun jon kuydirishi, ezgu g’oya va niyatlar b-n bunyodkorlik va yaratuvchanlik qobiliyatiga ega bo’lishi.

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling