1-mavzu. Falsafa fanining asosiy maqsadi va bo’LG’usi pedagoglarda o’qitilishining nazariy-amaliy ahamiyati


Download 1.91 Mb.
bet133/155
Sana21.01.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1106211
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   155
Bog'liq
Falsafa maruzalar majmuasi

MA’NAVIY-AXLOQIY TARBIYA. M.a.t. - yuksak ma’naviy-ahloqiy fazilatlarni shakllantirishga yo’naltirilgan tarbiya jarayoni. Ma’naviyat ¾tarbiyaning eng ta’sirchan quroli va ayni paytda uning natijasi. Axloq ¾ ma’naviyatning o’zagi. Axloq ¾ bu avvalo, insof va adolat tuyg’usi, imon, halollik degani. Qadimgi ajdodlarimiz komil inson tarbiyasi haqida butun bir axloqiy talablar majmuasini, zamonaviy tilda aySak, sharqona axloq kodeksini ishlab chiqqanlar. M.a.t.da axloq b-n ma’naviyat mezonlariga asoslanib, insonda ma’naviyat hamda axloqni shakllantirish va rivojlantirish, takomillashtirish uchun ta’sirni kuchaytirishga e’tibor qilinadi.
MAHALLA (arab tilidan, ma’nosi – jamoat, joy, makon, qishnichilik) – O’rta Osiyo, xususan O’zbekiston qududida X asrlardan boshlab mavjud bilganligi to’g’risida tarixiy manbalar guvohlik beradi. Mahalla - bu jamiyatshunoslar ta’biri b-n aytganda, tayyor andozaga ega bilgan, «mahalliy boshqaruvda xalqchil demokratiya instituti» nomini olgan tashkilotdir. U o’zining asosiy vazifasi, «birdamlik», «jamoaviylik», «hamkorlik» asosida mahalliy aholini birlashtiruvchi, uyushtiruvchi tashkilot bilganligi bois, hamma davrlarning boshqaruv organlari unga nisbatan alohida munosabatda bo’lib kelganlar.
MAHR – (turk. teng huquqli nikoh tuzilgan paytda xotiniga ajratib beriladigan mulk) nikohning asosiy sharti, nikoh paytida kuyov tomonidan kelinga sovg’a qilinadigan, keyinchalik faqat xotinga tegishli bo’lgan mulk. Mahr faqat islomga xos, qalin tashqi tomondan mahrga o’xshasa ham, qadimdan qolgan urf-odatdir
MUHABBAT VA NAFRAT — M. va N. ko’pgina ma’naviy axloqiy tushunchalar kabi juftlik xususiyatiga ega. M. insoniy mohiyatning erkin tarzda namoyon bo’lishi, zo’ravonlik yoki zo’rmaqzo’rakilik b-n chiqisha olmaydigan hodisa. U me’yorlar, an’analar, qonunlarga bo’ysunmaydi, lekin yuksak axloqiylik ifodasi tarzida insonga ulkan mas’uliyat yuklaydi, uni jasoratga chorlaydi, u – insonni tashqi va transdendental olam b-n bog’laydigan, uni yolg’izlikdan olib chiqadigan buyuk ma’naviy kuch. M. ning obyekti doimo go’zallik, manfaaSiz go’zallik. U – Allohmi, Vatanmi, yormi – M. egasiga undanda go’zalroq narsa yo’q. Ayni paytda bir ob’ektni sevgan kishi boshqa ob’ektlarni ham sevishi tabiiy. Deylik, yorga bo’lgan haqiqiy M. Vatanga, insoniyatga M.ni inkor etmaydi, aksincha, barqaror qiladi. Zero, «o’z-o’zicha», «yakka», «xudbin» M.ning bo’lishi mumkin emas. Inson o’zi o’zgaga aylanganida, o’zgani o’ziga aylantira olganida haqiqiy M. egasi hisoblanadi. Mana shu ob’ekt b-n sub’ekt orasidagi farqning «yo’qolishi» eng buyuk, eng mukammal ma’naviy lazzatdir.

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling