1-mavzu. Falsafa fanining asosiy maqsadi va bo’LG’usi pedagoglarda o’qitilishining nazariy-amaliy ahamiyati


Download 1.91 Mb.
bet144/155
Sana21.01.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1106211
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   155
Bog'liq
Falsafa maruzalar majmuasi

SAN’ATNING BILISH TABIATI- Arastu u bilishning o’ziga xos turi ekanini ta’kidlaydi va bu bilan ustozi Aflotunga raddiya bildiradi. «Birinchi muallim»ning fikriga ko’ra, badiiy asarning mazmuni aniq-ravshan unda aks ettirilgan voqea-hodisa esa bilib olinishi oson bo’lishi kerak, xuddi hayotdagidek idrok qilinishi lozim. Biroq, badiiy idrok etish uchun estetik masofa zarur. Ana shu masofa tufayli badiiy reallik muxtor tarzda, amaliy hayotdagiga aynan bo’lmagan tarzda idrok etiladi. Bunday masofa badiiy til, musiqiy kompoziSiya v. h. vositasida yaratiladi. Boshqacha aytganda, badiiyat olamining o’z zamoni, o’z makoni, o’z tili mavjud. Faqat undagi o’ziga xos mantiq haqiqiy hayot mantiqini aks ettirishi lozim. SHu bois badiiy asar inson tomonidan qandaydir qalbga yaqin, tanish hodisa sifatida idrok etiladi va masofa tufayli idrok etuvchida mushohada qilish erki saqlanib qoladi
FORIG’LANISH-KATARSIS - bu tushunchani mohiyatan diniy ma’noda qo’llagan edi. Arastu esa uni san’atga nisbatan ishlatadi. Forig’lanish, Arastu talqiniga ko’ra, san’at o’z oldiga qo’ygan maqsad, xususan, fojea (tragediya)ning maqsadi. U mohiyatan qo’rquv yoki achinish tufayli inson qalbini salbiy hissiyotlardan forig’lantiradi. Natijada inson, bir tomondan, taqdir ko’rgiliklariga xotirjam qaray boshlasa, ikkinchi tomondan, baxtsizlik girdobiga tushganlarga o’zida hamdardlik hissini tuyadi. Ya’ni, san’at insonni olijanob qilish, yaxshilash, go’zallashtirish xususiyatiga ega.
DINIY-BADIIY ASARDA RAMZ -. Ramzning o’ziga xos xususiyati shundaki, u o’z mazmuniga emas, butunlay boshqa mazmunni anglatadigan shakl, o’z mohiyatini emas, butunlay boshqa mohiyatni ifodalaydigan hodisa, qisqasi, butunlay boshqa botinni ifodolovchi zohirdir. SHu bois ham u sirli, yashirin hodisa: uni muayyan bilimga ega bo’lmay turib anglash mumkin emas.
IDEAL - Diniy-badiiy janrda o’ziga xos tarzda talqin etiladi. Umuman olganda, idealni ma’lum ma’noda, antiqa holat-paradoks deyish mumkin: unda bor narsa yo’q narsaning mezoni bilan o’lchanadi, ya’ni mavjud narsaga yoki hodisaga o’sha paytda mavjud bo’lmagan narsa yoki voqelik talablari bilan yondashiladi. Masalan, axloqiy idealni olaylik. U, shubhasiz, insonni kelajakda erishilishi lozim bo’lgan axloqiy yuksaklikka, ya’ni oldinga chorlaydi. Lekin uning uchun o’tmishdagi axloqiy qiyofa xizmat qiladi. Buning ustiga, diniy-badiiy ideal hayotiy idealdan keskin farq qiladi-u hech qachon o’zgarmaydi: hech qachon biz uchun - Muhammad alayhisalomdan, nasroniylar uchun - hazrati Isodan, yahudiylar uchun - hazrati Musodan o’zga ikkinchi payg’ambar paydo bo’lmaydi

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling