1-mavzu. Falsafa fanining asosiy maqsadi va bo’LG’usi pedagoglarda o’qitilishining nazariy-amaliy ahamiyati
Download 1.91 Mb.
|
Falsafa maruzalar majmuasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- ANTROPOLOGIK YONDOSHUV
- G’OYALAR MUAMMOSI
UPANISHAD - so’zi to’g’ridan-to’g’ri «davra», «davra olmoq» (ustoz atrofida) demakdir. Lekin uning ikkinchi botiniy ma’nosi - «sirli bilim», «yashirin bilim». Upanishadlar vedalarga borib taqaladigan, ularning sirlarini tushuntiradigan diniy-falsafiy tabiatga ega ta’limotdir. Aynan milodgacha bo’lgan VII asrlarda vujudga kela boshlagan ana shu upanishadlarda qadimgi hindlarning estetik tasavvur va qarashlari shakllangan. Upanishadlardagi nafosatli tasavvurlar ham axloqiy qarashlar bilan mustahkam bog’liq.
SHIS-ZIN («Qo’shiqlar kitobi») - U qadimgi Xitoy xalqi tarixini ko’pgina tarixiy, etnografik va boshqa yodgorliklarga nisbatan to’laroq, chuqurroq aks ettiradi, desak yanglishmaymiz. «Shiszin» 305 she’riy asarni o’z ichiga oladi. Ular to’rt qismga bo’lingan: «Gofun» («Saltanatlar odatlari»), «Syao ya» («Kichik qasidalar»), «Da ya» («Ulkan qasidalar») va «Sun» («Alqovlar»), «Shiszin»dagi she’riy asarlar asosan xalq og’zaki ijodining yozib olingan variantlaridir, to’g’rirog’i musiqaga solingan she’rlardir. Agar qadimda musiqa va raqs bir-biridan ajralib chiqmaganini nazarda tuSak, bu yodgorlikda ham so’z san’ati, ham musiqa san’ati, ham raqs san’ati ruhini, unsurlarini ko’rish mumkin. DAOCHILIK - ushbu yo’nalishining muhim belgisi,bu-fazo (kosmos) va tabiatning azaliy va abadiy go’zalligi; jamiyat va inson go’zalligi darajasi esa ana shu borliq go’zalligiga qanchalik o’xshash, yaqin ekanligi bilan belgilanadi. ANTROPOLOGIK YONDOSHUV - ungacha falsafaga faqat kosmologik yondoshuv hukmron edi. Suqrot diqqatni kosmos-fazoga emas, balki insonga qaratdi, insonni amaliy xatti-harakati, axloqiyligi nuqtai nazaridan o’rganishga kirishdi. Suqrot axloqshunoslik va estetikaning, axloq va go’zallikning uzviy aloqasini ta’kidlab ko’rsatadi. Uning ideali-ma’nan va jisman go’zal inson. U insonni san’atning asosiy obekti sifatida olib qaraydi, san’atning estetik va axloqiy me’zonlari masalasini o’rtaga tashlaydi hamda shular orqali ijodiy jarayonni ochib berishga o’rinadi G’OYALAR MUAMMOSI Aflotunning nazdida asl borliq ana shu g’oyalardan iborat. Umumiy tushunchalar qancha bo’lsa, g’oyalar ham shuncha. G’oyalarning o’rni narsalarga nisbatan birlamchi; avvalo g’oyalar, undan keyin narsalar. Atrof-tevarakdagi his etiluvchi narsalar hissiyotdan yuksak turuvchi g’oyalarning in’ikosidir. Aflotunning fikriga ko’ra, asl go’zallik his etilguvchi narsalar dunyosida bo’lmaydi, u g’oyalar olamiga taalluqli. Go’zallik ham haqiqiy borliqqa taalluqli. Unga hissiyotlar yordamida etishish mumkin emas, faqat aql orqaligina uni anglash mumkin; u-o’zgarmas, zamon va makondan tashqarida. Bu o’rinda Aflotunning haqiqiy go’zallik sifatida Xudoni nazarda tutayotganini ilg’ash qiyin emas Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling