Modernizm dinni hozirgi zamon voqeligiga moslashtirishni yoqlab chiquvchi oqim.
Monoteizm (qad. yunon. «mono» – «yagona», «teo» – «ilohiyat») yakkaxudolik.
Mujtahid ijtihod qilish darajasiga yetgan faqih olim.
Murid (arab. «xohlovchi») sufizm yo’liga kirib, murshidga qo’l bergan shogird.
Murshid (arab. «to’g’ri yo’lga boshlovchi») sufizm yo’liga kirganlarni hidoyatga boshlovchi ustoz, shayx.
Musulmon (arab-fors. «muslimlar») islom diniga e’tiqod qiluvchi kishi.
Mus`haf (arab. «sahifalangan») qur’oni karimning nomlaridan biri.
mutaassiblik o’z g’oyasini «to’g’ri» deb, boshqacha fikr egalarini tan olmaslik va ularni buzg’unchilikda ayblash.
Mushrik ko’pxudolikda ayblangan odam.
Muqaddas ruh xristianlikdagi xudoning uch ko’rinishidan biri.
Muhaddis (arab. «hadis so’zlovchi») hadislar bilan shug’ullanuvchi olim.
Muhojirlar – (arab. «muhojir, emigrant») ilk islom tarixida payg’ambar bilan madinaga hijrat qilgan makkalik musulmonlar.
Nirvana (sanskr. «so’lish») buddizm va jaynizm diniy falsafalariga ko’ra, ruhning sansara kishanlaridan to’la ozod bo’lishi va oliy maqomga erishish.
nom - mil. av. iv asrlarda qadimgi misrda qabilalar nom deb atalgan.
Oxirat – (arab. «boshqa, oxirgi, ikkinchi») bu dunyo oxiriga yetganidan keyin barcha qayta tirilib, bu dunyoda qilgan amallariga yarasha mukofot yoki jazo oladigan ikkinchi hayot.
Oyat (arab. «belgi; mo’’jiza») qur’on suralarini tashkil etuvchi qism, «jumlalar».
Pergament qog’oz kashf etilguniga qadar yozuv materiali sifatida ishlatilgan teri.
Panislomizm xix asrning oxirlarida o’rta sharqda vujudga kelgan islom mamlakatlarini yagona bayroq ostida birlashtirish g’oyasini ko’tarib chiqqan siyosiy oqim.
Papa – katolik oqimining bosh ruhoniysi.
Pasxa xochga mixlangan iso masihning qayta tirilishi xotirasiga bag’ishlab o’tkazildigan xristianlikdagi yirik bayram.
patriarx (qad. yunon. «ota, asos soluvchi») ortodoksal cherkovdagi (pravoslavie) oliy diniy martaba bo’lib, undagi 14 ta avtokefal – mustaqil cherkovlar boshliqlari shu nom bilan ataladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |