1-mavzu. Falsafa fanining asosiy maqsadi va bo’LG’usi pedagoglarda o’qitilishining nazariy-amaliy ahamiyati


Download 1.91 Mb.
bet148/155
Sana21.01.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1106211
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   155
Bog'liq
Falsafa maruzalar majmuasi

Diniy tashkilot – bu ma’lum dinga ishonuvchilar va ularning jamoalarining uyushmasidir (masjid, cherkov, sinagoga, diniy o’quv yurtlari va h.k.).
Abxidxarma­pitaka ­ buddizmning muqaddas kitobi tripitakaning falsafa va psixologiyaga oid qismi.
Avesto ­ (qad. eron-pahlaviy. «o’rnatilgan, qat’iy qilib belgilangan qonun-qoidalar») zardushtiylikning muqaddas kitobi.
Altar ­ (lot. «baland») xristian cherkovida ibodatxonaning mehrob va minbar o’rnatilgan eng baland qismi.
Al-Hajar Al-Asvad ­ (arab. «qora tosh») ka’baning janubiy-sharqiy burchagida yerdan 1, 5 m. balandlikda o’rnatilgan muqaddas tosh.
Ansorlar – (arab. «yordam beruvchilar») ilk islom tarixida makkadan hijrat qilgan payg’ambar va muhojirlarga yordam bergan madinalik musulmonlar.
Arafot – (arab. «tanimoq, bilmoq» fe’lidan) makka shahrining sharq tomonidagi tepalik. rivoyatlarga ko’ra, jannatdan tushirilgan odam ato va momo havvo yerda ilk bor mana shu tepalikda uchrashganlar. shuning uchun ham uni «arafot» - «tanishuv» deb ataganlar. haj mavsumida barcha hojilar qurbon hayitidan oldingi kun tongdan kun qaytgunga qadar shu tepalik atrofidagi maydonda turishlari farz. shu sababli hayitdan oldingi kun «arafa kuni» deb ataladi.
Atarxurra (ozarxurra) - zardushtiylikning muqaddas olovi.
Axriman ­ zardushtiylikdagi yovuzlik ilohiyati.
Axura-Mazda ­ zardushtiylikdagi eng oliy yaxshilik ilohiyati.
Bibliya ­ (qad. yunon. «kitoblar») xristianlikning muqaddas kitobi.
Braxman ­ hindistondagi oliy kasta (tabaqa) vakili. braxmanlik va hinduizmdagi din arbobi.
Budda ­ (sanskr. «nurlangan, oliy haqiqatga erishgan») buddizm asoschisi siddxartxa gautamaga berilgan nom.
Varna – (sanskr. «sifat, rang») qadimiy hind jamiyatidagi diniy-sinfiy kasta.
Vasaniya ­ (arab. «vasan» – «yog’ochdan ishlangan but») butparastlik.
Vahy ­ ilohiyat bilan insonlarning payg’ambarlar orqali muloqot yo’li.

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling