1-mavzu. Falsafa fanining asosiy maqsadi va bo’LG’usi pedagoglarda o’qitilishining nazariy-amaliy ahamiyati


Download 1.91 Mb.
bet37/155
Sana21.01.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1106211
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   155
Bog'liq
Falsafa maruzalar majmuasi

Matematik mantiq – an’anaviy formal mantiq taraqqiyotining ikkinchi bosqichi bo’lib, tafakkurni simvollar sistemasi yordamida o’rganadi. Matematik mantiq o’ziga xos alifboga ega bo’lib, bular yordamida mantiqiy hisoblash ishlarini olib boradi. Matematik mantiqning asoschisi XVII asrda yashagan nemis faylasufi G. Leybnits bo’lgan.
XIX asrga kelib, matematik mantiq fan sifatida shakllana boshladi.
Matematik mantiq ham formal mantiq singari fikrning mazmunidan mavxumlashgan holda berilgan to’g’ri bilimlardan yangi to’g’ri bilimlarni keltirib chiqarish qonunlarini o’rganadi.
Dialektik mantiq tushunchasini birinchi bo’lib, XIX asrning boshlarida Gegel kiritgan. Dialektik mantiq tafakkur orqali amalga oshirilgan bilimlarning shakllanishi va rivojlanishini, tafakkur genezisini (paydo bo’lishini) o’rganadi. . Tafakkur ko’p qirrali jarayon bo’lib, uni turli tomondan, xususan, mazmuni va shakli (strukturasi) bo’yicha, tayyor holida yoki kelib chiqishi va taraqqiyotida olib o’rganish mumkin. Bularning barchasi mantiq ilmining vazifasini tashkil etadi, uning turlicha metodlardan foydalanishiga, har xil yo’nalishlarga ajralishiga sabab bo’ladi.
Hozirgi paytda uning formal mantiq, dialektik mantiq va matematik mantiq kabi yo’nalishlarini farq qilish mumkin. Formal mantiq tafakkurning strukturasini fikrning konkret mazmuni va taraqqiyotidan chetlashgan holda, nisbatan mustaqil ravishda olib o’rganadi. Uning diqqat markazida muhokamani to’g’ri qurish bilan bog’liq qoidalar va mantiqiy amallar yotadi.
Ko’p ma’noli mantiq hozirgi zamon noklassik mantig’ining bir tarmog’i bo’lib, fikrlashni “chin”, “hato”, “qisman chin”, “qisman xato” kabi tushunchalar orqali ifodalaydi. Agar umumiy formal mantiqda mulohazalar ikki qiymatli (chin yoki xato) bo’lsa, ko’p ma’noli mantiqda mulohazalar uch va undan ortiq ma’nolidir.
Intuitiv mantiq (lotincha intuition – diqqat bilan e’tibor barish, diqqat bilan kuzatish) – hozirgi zamon noklassik mantig’i tarmog’i bo’lib, matematik intuitsiya printsiplaridan kelib chiqadi va h.k..
Mantiq fani bilish, to’g’ri fikrlash metodlarini o’rganuvchi fandir...
2. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, tafakkur keng ma’noda mantiqni tafakkur shakllari va qonunlarini o’rganuvchi fan, deb atash mumkin. Tafakkur shakllari haqida so’z yuritishdan avval tafakkurning quyidagi asosiy xususiyatlariga to’xtalmoq joiz:
1) Unda voqelik abstraktlashgan va umumlashgan holda in’ikos qilinadi. Hissiy bilishdan farqli o’laroq, tafakkur bizga predmetning nomuhim, ikkinchi darajali (bu odatda bilish oldida turgan vazifa bilan belgilanadi) belgilaridan abstraklashgan (fikran chetlashgan, mavhumlashgan) holda, e’tiborimizni uning umumiy, muhim, takrorlanib turuvchi xususiyatlariga va munosabatlariga qaratishimizga imkon beradi.
2) Tafakkur borliqni bilvosita aks ettiradi. Unda yangi bilimlar tajribaga har safar bevosita murojaat etmasdan, mavjud bilimlarga tayangan holda hosil qilinadi. Fikrlash bunda predmet va hodisalar o’rtasidagi aloqadorlikka asoslanadi. Masalan, bolaning xulq-atvoriga qarab, uning qanday muhitda tarbiya olganligi haqida fikr yuritish mumkin. Tafakkurning mazkur xususiyati, ayniqsa, xulosaviy fikr hosil qilishda aniq namoyon bo’ladi.
3) Tafakkur insonning ijodiy faoliyatidan iborat. Unda bilish jarayoni borliqda real analogiga ega bo’lmagan narsalar-yuqori darajada ideallashgan obyektlarni (masalan absolyut qattiq jism, ideal gaz kabi tushunchalar) ni yaratish, turli xil formal sistemalarni qurish bilan kechadi. Ular yordamida predmet va hodisalarning eng murakkab xususiyatlarini o’rganish, hodisalarni oldindan ko’rish, bashoratlar qilish imkoniyati vujudga keladi.
4) Tafakkur til bilan uzviy aloqada. Fikr ideal hodisadir. U faqat tilda-moddiy hodisada (tovush to’lqinlarida, grafik chiziqlarda) reallashadi, boshqa kishilar bevosita qabul qila oladigan, his etadigan shaklga kiradi va odamlarning o’zaro fikr almashish vositasiga aylanadi. Boshqacha aytganda, til fikrning bevosita voqe bo’lish shaklidir.
Tafakkur 3 shaklda: tushuncha, hukm (mulohaza) va xulosa chiqarish shakllarida namoyon bo’ladi .

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling