1-mavzu. Falsafa fanining asosiy maqsadi va bo’LG’usi pedagoglarda o’qitilishining nazariy-amaliy ahamiyati


Axloq normalari – «Pancha shila» (Buddaning besh nasihati)


Download 1.91 Mb.
bet73/155
Sana21.01.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1106211
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   155
Bog'liq
Falsafa maruzalar majmuasi

Axloq normalari – «Pancha shila» (Buddaning besh nasihati):

  1. qotillikdan saqlanish;

  2. o’g’rilikdan saqlanish;

  3. gumrohlikdan saqlanish;

  4. yolg’on, qalbaki narsalardan saqlanish;

  5. mast qiluvchi narsalardan saqlanish.

  1. Meditasiya.

  1. to’g’ri tushunish (to’g’ri e’tiqod qilish) – Buddaning birinchi da’vatida so’z yuritilgan to’rt haqiqatni bilish va unga ishonish;

  2. to’g’ri niyat qilish – dunyoviy lazzat-halovatlardan xalos bo’lishga, keraksiz fikrlar va boshqalarga zarar etkazib qo’yishdan saqlanishga intilish;

  3. o’zini to’g’ri tutish – o’ziniki bo’lmagan narsaga ko’z olaytirmaslik, ortiqcha hissiyotga berilmaslik;

  4. to’g’ri anglash – o’z tanasi va ruhiga o’zini yo’qotib qo’ymaydigan darajada nazoratda bo’lish hamda bunda ehtiroslar va iztiroblarga chek qo’yish;

  5. to’g’ri harakat qilish – o’zidagi yomon tuyg’ularni jilovlash hamda ezgu tuyg’ular va harakatlarni rivojlantirish;

  6. to’g’ri hayot kechirish – noma’qul hayot tarzidan saqlanish;

  7. to’g’ri fikr yuritish – kamolotning to’rt bosqichini ketma-ket bosib o’tish;

  8. to’g’ri gapirish – yolg’ondan, tuhmatdan, haqoratdan va befoyda gaplardan saqlanish.

  1. Donishmandlik – bu buddizmning asosiy maqsadi bo’lib, narsalar tabiatini to’g’ri tushunishdan iborat.

Yuqorida ko’rsatilgan uch amaliyot bosqichini o’tagan inson oxir-oqibat oliy saodatga, ya’ni nirvana holatiga erishadi. Nirvana so’zining lug’aviy ma’nosi – «o’chish, so’nish». Unda hayotning har qanday ko’rinishiga intilish yo’qoladi.
Mil. av. 273-232 yillarda hukmronlik qilgan imperator Ashoka davrida buddizm keng hududlarga jadal tarqaldi. U buddist monaxlarga (rohiblar), ularning Hindiston bilan chegaradosh davlatlarga qilgan missionerlik harakatlariga xayrixohlik bildirardi. Buddist missionerlari o’z prinsiplarida mahkam turib, yumshoqlik va kelishuvchanlik bilan harakat qildilar.
Buddizm milodning I asrida Xitoy, IV asrda – Koreya, VI asrda – YAponiya, VII asrda – Tibet, XIII – XVI asrlarda – Mongoliya, XVII – XVIII asrlarda – Buryatiya va Tuva, XIX – XX asrlarda esa Amerika va Evropa qit’alariga kirib borgan.
Buddizm boshqa xudolarga sig’inishni taqiqlamaydi. Budda, ularga ibodat qilish insonga vaqtincha tasalli berishi mumkin, biroq ular nirvana holatiga olib bormaydi, deb ta’lim bergan. SHu sababli buddizm ta’limoti turli joylarda yoyilishi bilan ular ibodat qilib kelgan ilohiyotlari yoki ulug’langan shaxslari timsollari ibodatxonalarni egallagan.

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling